1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


yil oktyabr davlat to’ntarishi. Turkistonda mustabid Sovеt xokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati


Download 0.65 Mb.
bet47/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
Tarix

50. 1917 yil oktyabr davlat to’ntarishi. Turkistonda mustabid Sovеt xokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati. 1917-yil boshlarida Petrogradda bo'lib o'tgan voqealar ta'siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlaro'rtasida ham ancha ommalashgan edi. 1917-yilning mart-aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar va islom ulamolarining yetakchilari bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurasliidxon o'g'li, UbaydullaXo'jayev, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jayev va o'lkada yangi tashkil qilingan «Sho'roiIslomiya», «Sho'roi Ulamo», «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o'ynadilar.Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha 1917-yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o'tkazildi. 1917yil 16—23aprelda Toslikentda bo'lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini taslikil etish g'oyasi olg'asurildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklasli yo'lidagi dastlabki qadami edi.
Butunturkiston musulmonlar I qurultoyining so'nggi majlisida Markaziy rahbar organ Turkiston o'lka musulmonlari kengashi tashkil etihshi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy-ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlaslitirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita va ittifoqlarni birlaslitirish edi. Shunday qilib, 1917-yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o'z an'analari, urf-odatlari va turmushtarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi. Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan jadidchilikdagi nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Chunki «Sho'roi Ulamo» jamiyati o'z dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo'yicha isliko'rishini ma'lum qilsada, aslida Lapin boshchiligidagi Toslikent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so'ngra bolshevizm g'oyalari bilan o'z harakatlarini muvofiqlaslitirishga behuda urindilar. «Sho'roi Ulamo» jamiyat io'z maqsadlari targ'iboti uchun Al-Izoh jurnalini chiqara boshladi. 1917-yil 10-sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. «Sho'roi Islomiya» tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o'zi tutadigan yo'lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo'lsa ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikr qat'iy qilib qo'yildi. 1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston va Qozog'iston musulmonlarining qurultoyida barcha siyosiy taslikilotlarni birlashtirish yo'li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo'lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumini belgilashi edi. Qurultoy muxtoriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nom qo'ydi.1917yil 25 oktabrda yuz bergan Petrograddagi oktabr to’ntarilishi 28oktabrda Toshkentda zo’ravonlik yo’li bilan sovet rejimi o’rnatildi.sovet hukumati mintaqada yevropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga qaratgan edi. Turkiston XKS 1917 yilning oxirlarida p’z qarori bilan “Sho’royi islomiya” va boshqa milliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yuboradi. Shunday qilib,Rossiya markazida qaror topgan sovet rejimi Turkiston o’lkasida ham o’rnatildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling