1 O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari


Download 124.22 Kb.
bet1/30
Sana05.01.2022
Hajmi124.22 Kb.
#233952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi Madernizatsiy va deversifikatsiyalash bo`yicha chora tadbirlar dasturi asoslar sector korxonalarida maxsulot raqobat bardoshligini oshirishning marketing taxlili


Mavzu: Madernizatsiy va deversifikatsiyalash bo`yicha chora tadbirlar dasturi asoslar sector korxonalarida maxsulot raqobat bardoshligini oshirishning marketing taxlili

Reja:

1 O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari

2. . IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH DOLZARBLIGI


3. dversifikatsiya nima

Foydalanilgan Adabiyot

O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari


 21/11/2017 - 17:03  17231

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita va komissiyalarining 2017-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq Byudjet va iqtisodiy islohiotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining majlislar zalida 2017-yilning 27-oktyabr kuni “O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yuqori texnologik tarmoqlar sanoatini rivojlantirish dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Sharipovning ma'ruzasi.

Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.

Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol integratsiya asosida rivojlanishi lozim.

Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. 

Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati, umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni tashkil etdi.


Download 124.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling