1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli bhs) "Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar" ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Download 31.79 Kb.
|
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablag‘lari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi] [TSZ: 1.Moliya / Buxgalteriya hisobi] O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3145] O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Vazir D. KUChKAROV Toshkent sh., 2019-yil 5-fevral, 12-son O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 5-fevraldagi 12-son buyrug‘iga ILOVA O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (10-sonli BHS) “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon tashkilotlar deb yuritiladi) almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: almashuv operatsiyalari — bir tashkilot boshqa tashkilotdan aktivlar yoki xizmatlarni (ishlarni) qabul qilishi yoki majburiyatlarni bajarilishida, unga xuddi shu miqdordagi aktivlar (pul mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlar) bilan almashuvi; almashuv operatsiyasining haqiqiy qiymati — taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; almashuv bo‘lmagan operatsiyalar — aktiv yoki xizmatlarning (ishlarning) tashkilot tomonidan yoki tashkilotga bepul yoxud boshqa majburiyatlarsiz berilishi; tugallanganlik foizi bo‘yicha hisoblash usuli — almashuv operatsiyasidan olingan daromadlarning hisobot davrida tugallanganlik darajasi (foizi) bo‘yicha tan olinishi; to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli — belgilangan davr mobaynida ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) natijasida olingan daromadlarning bir maromda, teng ulushlarda tan olinishi. 2. Standart hisoblash metodi asosida moliyaviy hisobotlarni tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan daromadlari hamda tashkilot aktivlaridan foydalanish natijasidan yuzaga keladigan foizlar, litsenziya yig‘imlari va dividendlar bo‘yicha almashuv operatsiyalari natijasida olinadigan daromadlarning hisobini yuritishda foydalaniladi. 3. Standartdan quyidagilardan tushadigan daromadlarning hisobini yuritishda foydalanilmaydi: a) ijara shartnomasidan; b) asosiy vositalarni sotishdan; v) investitsiyalar natijasida olinadigan dividendlardan; g) sug‘urta shartnomalaridan; d) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning joriy narxi o‘zgarishidan yoki ularning sotilishidan; e) joriy aktivlarning qiymati o‘zgarishidan; j) biologik aktivlar haqiqiy qiymatining o‘zgarishidan va dastlabki hisobga olishdan; z) foydali qazilmalarning qazib olinishidan. 2-bob. Daromadlar va ularni baholash 4. Daromadlar tashkilotning foydasiga olinadigan yoki olinishi kutilayotgan iqtisodiy foydadan bo‘lgan yalpi tushumlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori turuvchi tashkilot hamda Hukumat topshirig‘iga asosan undirilgan zarar summasi tashkilot uchun iqtisodiy foyda hisoblanmaydi hamda ushbu tushumlar aktivlarning oshishi yoki majburiyatlarning kamayishiga olib kelmaydi. Shu sababli, ular daromad tarkibidan chiqarib tashlanadi. Bunda olingan yoki olinishi kutilayotgan tushumlarning tashkilotga komissiya yoki ulush sifatida qoladigan qismi daromad sifatida hisobga olinadi. 5. Moliyalashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar daromad sifatida e’tirof etilmaydi hamda bevosita moliyaviy hisobotlarning aktiv va majburiyatlar qoldig‘i yig‘indisi sifatida aks ettiriladi. 6. Tovarlar yoki xizmatlar xususiyatiga va qiymatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlarga almashtirilganda, bunday operatsiyalar daromad keltiruvchi operatsiyalar deb hisoblanmaydi. Almashuv operatsiyasidan olingan daromad tovar yoki xizmatning haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 7. Daromadlar tushganda yoki tushishi kutilayotganda haqiqiy qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 8. Xarajatning o‘rnini qoplash pul mablag‘lari yoki uning ekvivalenti ko‘rinishida bo‘ladi, bunda daromad summasi olingan yoki olinishi kutilayotgan pul mablag‘lari yoxud uning ekvivalenti hisoblanadi. Agar, pul mablag‘lari yoki uning ekvivalenti tushish vaqti kechiktirilgan bo‘lsa, undan olinadigan daromadning haqiqiy qiymati nominalda belgilanganidan ko‘ra pastroq bo‘lishi mumkin. 9. Almashuv operatsiyasidan hosil bo‘ladigan daromadlar miqdori xizmatlar va aktivlardan foydalanuvchilar yoki xaridorlar bilan tashkilot o‘rtasida bitimga asosan aniqlanadi. 10. Almashuv operatsiyasi hisoblanmagan maqsadli tushumlar tashkilot tomonidan tan olingan sof aktiv qiymatining o‘sishi hisobida baholanishi kerak. Tashkilot kelib tushgan daromadni majburiy to‘lov yoki soliqqa tortilmaydigan tushum sifatida qabul qilishi lozim. 3-bob. Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) 11. Ko‘rsatiladigan xizmatni (bajariladigan ishni) ishonchli baholash imkoniyati mavjud bo‘lganda, undan olinishi kutilayotgan daromad ushbu xizmat ko‘rsatiladigan (ish bajariladigan) hisobot davrida tugallangan deb hisobga olinishi kerak. Ko‘rsatiladigan xizmat (bajarilgan ish) quyidagi shartlar bajarilganda ishonchli deb baholanadi: a) daromad miqdori ishonchli deb hisoblanganda; b) almashuv operatsiyasidan tushadigan daromad tashkilotga kelib tushish ehtimoli bo‘lganda; v) hisobot davrida almashuv operatsiyasining tugallanishini ishonchli baholash imkoni bo‘lganda; g) almashuv operatsiyasi va uning tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniq baholash imkoni bo‘lganda. 12. Amalga oshirilgan har bir almashuv operatsiyasi tashkilot tomonidan alohida tan olinishi lozim. Bunda tashkilot daromadni tugallanganlik foizi metodi asosida tan oladi. Almashuv operatsiyasining mohiyatini ko‘rsatish maqsadida, uning alohida ajratilgan qismlari tan olinishi mumkin (misol uchun, tovar qiymati kelajakdagi xizmat qiymatini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bu qiymat keyingi ushbu tovarga xizmat ko‘rsatilgan davrga o‘tkazilib, ushbu davrdagi daromad deb tan olinadi). Tashkilot tomonidan bir yoki bir nechta amalga oshirilgan almashuv operatsiyalari umumiy tarzda tan olinishi mumkin (misol uchun, tashkilot bir tovarni sotishga va uni keyinchalik qayta sotib olish sharti bilan ikkita shartnoma tuzishi mumkin, bunda bu tovarning foydalilik qiymati ancha pasayadi va bunday holatda ikkita operatsiya ham bir paytda ko‘rib chiqiladi). 13. Daromad sifatida tan olingan mablag‘larni qabul qilish bo‘yicha noaniqliklar kelib chiqsa, qaytarilmagan yoki qaytarib olinishi ehtimoli mavjud bo‘lmagan pul miqdori xarajat sifatida qabul qilinadi. 14. Almashuv operatsiyalarining tugallanganlik darajasi turli metodlar orqali aniqlanishi mumkin. Bunda tashkilotlar ko‘rsatilgan xizmatlarni ishonchli baholashga imkon beruvchi metoddan foydalanadi. Operatsiyalarning tugallanganlik darajasini aniqlashda, operatsiyaning xususiyatiga qarab quyidagilar inobatga olinishi kerak: bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot; to‘liq ish hajmiga nisbatan ma’lum muddatgacha tugatilgan ishning foiz miqdori; bitim bo‘yicha umumiy hisoblangan xarajatlarning hisobot sanasigacha qoplangan xarajati. Hisobot sanasiga qadar hisoblangan xarajatlarga mazkur muddatgacha ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qilingan xarajatlar kiradi. Kelishuv bo‘yicha jami baholangan xarajatlarga ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilishi kutilayotgan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar kiradi. Almashuv operatsiyasidan kelib tushadigan oraliq to‘lovlar va avanslar ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) to‘liq miqdorini belgilamaydi. 15. Ma’lum bir davr mobaynida bir necha marotaba xizmat ko‘rsatilganda (ishlar bajarilganda), ulardan kelib tushgan daromadlar to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli asosida tan olinadi. 16. Xizmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi almashuv operatsiyasining kutilayotgan natijasini ishonchli baholash imkoni bo‘lmaganda, daromad qoplangan xarajatlar ko‘lamiga teng miqdorda tan olinadi. 17. Almashuv operatsiyasi amalga oshirilishining boshlang‘ich bosqichida ushbu operatsiyaning kelajakdagi natijasi baholanishi kerak. Tashkilot tomonidan almashuv operatsiyasini amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarning qoplanishi kutilayotgan miqdori aniqlanadi hamda ushbu xarajatlarning qoplanishi kutilayotgan darajasi tan olinadi. Almashuv operatsiyasining kelajakdagi natijasini ishonchli darajada baholash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda daromad tan olinmaydi. Qilingan xarajatlarni qoplash ehtimolligi bo‘lmagan taqdirda, ular zarar sifatida tan olinadi. 18. Almashuv operatsiyasidan olinadigan daromadlarning tan olinishi: a) xizmat ko‘rsatishdan (ishni bajarishda) olinadigan daromadlarni tan olish shartlari: tashkilot sotib oluvchiga tovar egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan foyda va tavakkalchiliklarni o‘tkazganda; tashkilotda egalik qilish huquqi mavjud bo‘lmaganda; daromad ko‘lami ishonchli baholanganda; tashkilotga operatsiya bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushganda; qilingan yoki qilinishi kutilayotgan xarajatlar ishonchli baholanganda; b) foizlar, litsenziya yig‘imlari va dividendlar bo‘yicha almashuv operatsiyalaridan tushadigan daromadlarning tan olish shartlari: dividendlar yoki ularning ekvivalentlari — aksiyadorlar yoki tashkilotning ushbu dividendlar yoki ularning ekvivalentlarini olish huquqiga egaligi aniqlanganda; foizlar — aktivlarning vaqtga mutanosib ravishda haqiqiy daromadliligi aniqlanganda; royalti va litsenzion to‘lovlar — shartnoma talablari bajarilganda. 19. Tashkilot egalik huquqi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni o‘zida saqlab qolganda, bunday operatsiya sotish operatsiyasi hisoblanmaydi va u bilan bog‘liq daromad tan olinmaydi. Tashkilot egalik huquqi bilan bog‘liq xavflarni turli sabablarga ko‘ra quyidagi hollarda o‘zida saqlab qolishi mumkin: daromadning tushishi sotilgan tovarlarning xaridor tomonidan qayta sotilishidan tushgan daromadga bog‘liq bo‘lganda; oldi-sotdi shartnomada ko‘rsatilgan sababga ko‘ra xaridor oldi-sotdi shartnomasini bekor qilsa va tashkilotning foyda olish ehtimolligi yo‘q bo‘lsa. 4-bob. Foizlar, litsenziya to‘lovlari va dividendlar bo‘yicha almashuv operatsiyalaridan tushadigan daromadlar 20. Tashkilotlarning aktivlaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishi quyidagi ko‘rinishdagi daromadlarni keltirib chiqaradi: foizlar — tashkilotning pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti hisoblangan vositalardan foydalanganlik uchun yoki tashkilotga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lardan foydalanganlik uchun; royalti — tashkilotning nomoddiy aktivlaridan foydalanganlik uchun (misol uchun, patentlar, savdo belgisi, mualliflik huquqi va dasturiy ta’minotlar); tashkilot ta’sischi hisoblangan yuridik shaxsning foydasini taqsimlashdan kelib chiqqan boshqa daromadlar. 21. Tashkilotning aktivlaridan foydalanishdan boshqa shaxslarga tushadigan foiz, royalti, dividend va boshqa daromadlar Standartning 18-bandiga asosan tan olinishi kerak. Bunda ushbu daromadlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: operatsiya bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tashkilotga kelib tushish ehtimolligi bo‘lganida; daromad miqdorini ishonchli baholash imkoniyati mavjud bo‘lganda. 22. Investitsiya kiritilmasdan hisoblangan, biroq ushbu investitsiya bo‘yicha foizlar to‘lanmagan hollarda, undan olingan foizlar ikki davr (investitsiya kiritilishidan oldin va uning kiritilishidan keyingi davr) bo‘yicha taqsimlanadi, bunda investitsiya kiritilgandan keyin tushgan foizlar daromad sifatida tan olinadi. 23. Daromad operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy foyda tashkilotga kelib tushishi ehtimoli bo‘lgan holatlarda tan olinadi. Daromadga kiritilgan summani undirish bo‘yicha noaniqlik mavjud bo‘lganda, qaytarilmagan yoki olish mumkin bo‘lmagan summa xarajat sifatida tan olinadi. 5-bob. Axborotni ochib berish 24. Tashkilot tomonidan quyidagi ma’lumotlar ochib berilishi lozim: a) daromadlarni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosatini, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq operatsiyaning tugallanganlik darajasini aniqlash uchun qo‘llangan metod; b) hisobot davrida tan olingan har bir ahamiyatga ega daromadlar toifasining ko‘lami, shu jumladan: xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish); tovarlarni sotish; foizlar; royalti; dividendlar yoki ularning ekvivalentidan kelib tushuvchi daromadlar; v) har bir ahamiyatga ega daromad toifasiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar (ishlar) almashuvidan daromadlar. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/3145/2809-son) Download 31.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling