1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga ko‘ra, necha yoshga to‘lgan


Download 15.99 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi15.99 Kb.
#120975
Bog'liq
Документ (4)


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va

qonunlariga ko‘ra, necha yoshga to‘lgan

fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga saylanish

huquqiga ega bo‘ladilar?

A) 21 yoshga B) 30 yoshga C) 25 yoshga

D) 35 yoshga

2. Quyidagi Angliya qirollaridan qaysi birining

hukmronlik yillari Amir Temur hukmronligi

davriga to‘g‘ri keladi?

A) Richard I Sheryurak B) Genrix IV

C) Genrix II D) Ioann

3. XIX asrda Fransiya Shimoliy Afrikadagi qaysi

davlatlarni bosib olgan?

1) Tunis; 2) Misr; 3) Liviya; 4) Jazoir

A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3

4. bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi

urush (AQSH va Ispaniya o‘rtasida) qaysi

AQSH prezidenti davrida bo‘lib o‘tgarnpa?

A) U.Mak-Kinli B) V.G.Taft C) T.Ruzvelt

D) V.Vilson

5. Quyidagi qaysi holat franklar imperiyasning

zaiflashuvi va parchalanishiga yo‘l ochib

bergan?

A)Vizantiya imperiyasining Franklar



imperiyasiga bosqini

B)Arab xalifaligining Franklar yerlarini bosib

olishi

C)Graflarning bor kuchi bilan graflikka



o‘rnashishga, uni o‘z avlodlariga meros

qoldirishga intilishi

D)Saroy xizmatchilari boshqa davlat

vakillaridan tayinlanishi

6. Qadimgi Misr tarixiga oid to‘g‘ri ma’lumotlar

berilgan javobni aniqlang.

1) Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali

o‘tadigan yo‘l Sinay yarimoroliga olib borgan;

2) Misrliklar xudolarning bir qancha joni

mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi

esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan;

3) Qadimgi Misr podsholigining poytaxti

Memfisning bosh xudosi Amon bo‘lgan;

4) Misrliklarda Fir’avnlar Quyosh xudosining

o‘g‘illaridir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining

samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi,

degan qarash mavjud bo‘lgan; 5) Piramidalar

qurilishi uchun toshlar Liviya tog‘idan olib

kelingan; 6) O‘rta podsholik davriga kelib

ehromlar o‘rniga fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan

tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 4 D) 3, 5, 6

7. Ahmad al-Farg‘oniyning qaysi asari XII asrda

lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib,

Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya

ilmining rivojini boshlab bergan?

A) "Baxt-saodatga erishuv haqida"

B)Arastuning "Metafizika" asariga sharh

C) "Geodeziya"

D) "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"

8. XX asr boshida Madero quyidagi qaysi

davlatda prezidentlik lavozimini egallagan edi?

A) Meksikada B) Argentinada C) Kubada

D) Braziliyada

1954892 Tarix

9. Toshkentda yuz bergan "Vabo isyoni"dan so‘ng

"Favqulodda muhofazada" deb e’lon qilingan

joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi?

A)Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va

Duma


B)shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i

yoki uyezd qo‘mondoni

C) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh

noib


D)viloyat harbiy gubernatori va volostnoy

10. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy

bo‘linma to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) beklik B) ovul boshliqlari C) tuman

D) amlokdorlik

11. Kushonlar davriga oid bo‘lgan qaysi

yodgorliklardagi buddaviylik ibodatxonalaridan

o‘sha davr devoriy tasvirlar va

haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari

topib o‘rganilgan?

A)Surxko‘tal, Zartepa, Teshiktosh

B)Surxko‘tal, Dalvarzintepa, Zamonbobo

C)Xolchayon, Jarqo‘ton, Fayoztepa

D)Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa

12. Rasmda tasvirlangan, insonlarni o‘rab turgan

olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb

tasavvur qilgan ijodkor qalamiga mansub asar

nomini belgilang.

A) "Qirol Lir" B) "Gulliverning sayohatlari"

C) "Don Kixot"

D) "Robinzon Kruzo sarguzashtlari"

13. XX asrning 20-30-yillarida quyidagi qaysi

davlatda "Madaniy inqilob" siyosati amalga

oshirilgan?

A) Buyuk Britaniya B) Germaniya

C) SSSR D) Fransiya

14. Quyidagi voqealarni yillari bilan moslashtiring.

1) Avstriya-Vengriya madadiga tayangan

Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil deb

e’lon qildi; 2) Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan

rasmiy hukmronligidan voz kechdi; 3) II Bolqon

urushi boshlandi.

a) 1884-yil; b) 1908-yil; c) 1913-yil.

A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a

C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a

15. Nechanchi yilda GDR va GFR yagona davlatga

birlashgan?

A) 1993-yilda B) 1988-yilda C) 1990-yilda

D) 1985-yilda

16. 1917-yil 16-aprelda quyidagi qaysi voqea bo‘lib

o‘tgan?

A)Turkiston Kommunistik partiyasi tuzildi.



B)Butunturkiston (Umumturkiston)

musulmonlarining I qurultoyi chaqirildi.

C)Turkiston ishchi va soldat deputatlari

Sovetlarining III o‘lka syezdi chaqirildi.

D) "Sho‘royi Ulamo" tashkilotiga asos solindi.

17. Quyidagilardan bir yilda sodir bo‘lgan

voqealarni aniqlang.

1) Lion shahrida to‘quvchilar qo‘zg‘olon

ko‘tardi; 2) Eronda Bobiylar qo‘zg‘oloni

boshlandi; 3) Prussiya qirolligida konstitutsiya

qabul qilindi; 4) London shahrida ishchilarning

"Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi

assotsiatsiyasi" tuzildi; 5) Fransiyada Ikkinchi

respublika e’lon qilindi; 6) Fransiyada Iyul

monarxiyasi quladi; 7) Xitoyda Birinchi afyun

urushi boshlandi.

A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 7 C) 1, 3, 5, 7

D) 2, 3, 5, 6

18. Quyidagi fransuz qirollari hukmronlik qilgan

yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni

aniqlang.

1) Filipp IV; 2) Lyudovik XI; 3) Karl VII;

a) 1285-1314-yillar; b) 1422-1461-yillar;

c) 1461-1483-yillar; d) 1377-1399-yillar

A) 1-d, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b

C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-d, 3-b

19. Quyida berilganlardan qaysi biri XVII asrda

Angliya tarixida sodir bo‘lgan?

A)reformatsiya

B)respublika tuzumining o‘rnatilishi

C)sanoat to‘ntarishining tugallanishi

D)parlament vakolatining 6 yil qilib belgilanishi



c Davlat test markazi, 2019 2
Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling