1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar?


Download 24.6 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi24.6 Kb.
#1250277
Bog'liq
marjona3


1 .O‘zbekiston Respublikasi Mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar?
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonun larning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:1) O‘zb Res Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi , 2) “Sanoatkonteznazorat” agentligi: 3) O‘zb Res Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiyaga nazorati: 4) Res Ichki Ishlar vazirligining Yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi: 5) O‘zb Res Energetika elektrlashtirish Davlat aksionyerlik jamiyati.

2. Mehnat muhofazasi qoidalari buzilgandagi javobgarlik turlari?

Mehnat muhofazasi insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qo‘llaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolaah profilaktika chora tadbirlar belgilab qo‘yiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sog‘lom mehnat sharoitlari yaratish kasb kasalliklarini yuz berish xavfini oldini olish mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini bo‘lishgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy, jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa, ma’muriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qo‘llanilishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.

3.Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirishning qonuniy asoslari?

Xavfsizlik texnikasi – mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui.
Asosiy bo’lim dasturi, bajariladigan ishning og’irligi va xavfliyligiga bog’liq bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: ishlab chiqarish jihozlari va dastgohlarini ishlatishda hamda texnologik jarayonlarni bajarishda, qonun-qoida va yo’llanmalarni yaxshi o’rganib, ish bajarish hamda xomashyodan foydalanishda, dastgohlarning tuzilishi va boshqa xavfsizlik qoidalariga o’rgatiladi.

4.Elektr tokining insonga salbiy ta’siri va jarohatlovchi faktlarga ta’rif bering?

Elektr toki inson organizmiga termik yani issiqlik elektrolitik va biologik taʼsirini ko’rsatadi. Elektrolitik tasir bu qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning tezlik ta’sirini va kimyoviy xususiyatlarining oʻzgarishiga olib keladi. Biologik taʼsiri natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to’lqinlashadi. Elektr toki taʼsiridan jarohatlanishdan asosiy sabablari kuchlanish ostida boʻlgan elektr tarmoqlari yoki elektr oʻtkazgichlarga tegib ketishi yoki xavf tug’diruvchi masofaga yaqinlashishi elektr tokini ochirb remont ishlarini bajarayotgan vaqtda tasodifan elektr tokini ulab yuborish kabi omillari.

5.Yonginga qarshi o’t o’chirishning asosiy vositalari?

Yongʻin ochirish vositalari olov va yonginni ochirish uchun ishlatiladi. Yong’in ochirish vositalari yonish jarayonini tog’ridan tog’ri ta’sir ko’rsatadigan moddalar va ular suv, ko’pik, kukun, yonginni ochirish uchun sharoit yaratadi. Olov va yongʻinlarni o’chirishning asosiy usullari quyidagilar. Yonayotgan sistemalarni sovutish, tarqatish va lokafizatsiyani oluvchini olish. Havodan izolatsiya qilish va oksidlovchi vositalarni to’sib qoyish.yonuvchan xonadan yonuvchan materiallarni olib tashlash va boshqalar kiradi.

6.Mikro iqlim parametrlarini ta’rif lang?

. Mikroiqlim yer yuzasida yaqin xavo qatlamlarining iqlimi sanoat binosining mikroiqlimligi bu ishlab chiqarish muhiti harorat, havo harorati issiqlik nuri mehnat jarayoniga ta’sir qilishiga ta’sir etuvchi mikroiqlimiy sharoitlar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki odam 560-950-mm simob ustunligining atmosfera bosimida yashashi mumkinligini ko’rsatadi. 548-96 atmosferadagi ishlab chiqarish muhiti bilan odamning termal muvozanatini saqlab qolish va optimal yoki tananing issiqlik holatini ishlab turish kerak.

7.Ishlab chiqarish sanitariya va mehnat gigiyenasi haqida tushuncha?

. Ishlab chiqarish sanitariyasi bu zararli ishlab chiqarish omillarining ishchilarining ta’sirining oldini oladigan yoki kamaytiradigan chora tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi. Mehnat gigiyenasi mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmning ta’sirini o’rganadi, hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meyorlari va tadbirlarini ishlab chiqaradi.

8.Favqulotda vaziyatlarning turlari va xususiyatlariga ta’rif bering?


O’zb.Res.Vazirlar Mahkamasining texnogen tabiiy va ekalogik turdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi togʻrisida 459-sonli qaroriga 1998-yil 27- oktabrga asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga kora Texnogen tabiiy va ekologik turdagi favqulodda vaziyatlarga bo’linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar korgan odamlar soniga middiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab Lokal Mahalliy Respublika Transchegara turlariga bo’linadi.

9.9.Ishlab chiqarishdagi zararli va zaharli omillar ularga ta’rif bering?

Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo’linadi. Fizikaviy, Kimyoviy, Biologik, Psixofiziologik. Ishlab chiqarishdagi zararlar db ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydo bo’lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalk mehnat faoliyatining yo’q otilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Ishlab chiqarishdagi chang hamda suyuq xolatidagi kimyoviy moddalar zaharli bug’larning kishi tanasiga nafas olish yo’li, ovqat hazm qilish yo’llari teri orqali ta’siri kimyoviy omillar deyiladi.

10.Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘tqaziladigan yo‘riqnomalar turlari va ularning ta‘riflari?

Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar besh xil bo‘ladi: 1)kirish yo‘riqnomasi, 2) ish joyidagi dastlabki o‘tkaziladigan yo‘riqnoma, 3) davriy yo‘riqnoma, 4) navbatdan tashqari yo‘riqnoma, 5) maqsadli yo‘riqnoma. Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo‘natilganlar ( ish malakasi va stajidan qat’iy nazar), hamda amaliyot o‘tayotganlar va shogirtlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalar ham olishi kerak. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad-har bir ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o‘rgatishtishdir. Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish xarakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma. Ishlab chiqarishda faoliyatni xavflilik darajasiga va bajarilish takroriyligiga qarab, ishchi-xodimning malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda, yoki har mavsumda, yoki-yilida bir marotaba o‘tkazib turiladigan yo‘riqnoma davriy yoki mavsumiy deb yuritiladi. Yo‘riqnomalarni davriy yoki mavsumiy tarzda o‘tkazishdan asosiy maqsad ishchi –xodim va mutaxassislarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga doir bilimlarini yangilab va to‘ldirib turishdan iboratdir. Ish joyidagi navbatdan tashqari yo‘riqnoma quyidagi hollarda o‘tkaziladi: -texnologik jarayonlarda o‘zgarishlar yuzaga kelganda, -bo‘lim yoki hududlarda baxtsiz hodisa yoki halokay yuz berganda. Joriy yo‘riqnoma bo‘lim yoki hudud rahbari tomonidan o‘tkazilgandan keyin, maxsus shakldagi xavfi yuqori bo‘lgan ishni bajarish uchun ruxsat beruvchi dalolatnoma to‘ldiriladi.

11.Shaxsiy himoya vositalari turlari va ularga ta‘rif bering?

Shaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab qo’yidagi 11 turlarga bo’linadi:
1. Boshni himoya qilish vositalari – kaskalar, shlemlar, shapkalar, berertkalar, shlyapalar.
2. Ko’zni himoya qilish vositalari – himoya ko’zoynaklari.
3. Eshitish a‘zolarini himoya qilish vositalari- qo’loqchinlar.
4. Yuzni himoya qilish vositalari – himoya niqoblari.
5. Nafas a‘zolarini himoya qilish vositalari- gaznikoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo maskalari.
6. Ixotalovchi kostyumlar – pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar va skafandrlar.
7. Korjomalar – kombinezonlar, yarim kombinezonlar, ko’rtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar.
8. Qo’llarni himoya qilish vositalari – qo’lkoplar.
9. Maxsus poyafzallar – etiklar, kalta etiklar, botinkalar, kunjli botinkalar, tuflilar, kalish, botilar.
10. Extiyot moslamalari – extiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar,qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yelkani extiyot qilish moslamalari.
11. Himoyalovchi dermotologik vositalar – yuviladigan pastalar, kremlar, moylar.

12.Korxonalardagi sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish ularni rasmiylashtirish?

Ishlab chiqarish jarayonida korxona va tashkilotlar hududida sodir bo‘lgan tabiiy o‘lim,o‘zini o‘zi o‘ldirish,jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetqazishi,shuningdek jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi .
Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak.
13.Ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarni va ularning inson organizmiga ta‘siri?

Mehnat jarayonida ishlovchi mehnat qurollari, mehnat predmetlari va boshqa shaxslar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishidan tashqari unga har bir ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan parametrlar: temperatura, harorat,namlik,shovqin, tebranish, titrash, zararli moddalar va xar hil nurlanishlar.Ishlovchining sog‘ligi,ishlash qobilyati, mehnatga munosabati ko‘p jihatdan unga ta‘sir qiluvchi omillarga bog‘liq.


Insonga salbiy ta’sir ko’rsatadigan asosiy jismoniy omillar shovqin, elektromagnit nurlanish, tebranish, elektr tokidir.Shovqin – bu tanadagi buzilishlar yoki noqulayliklarni keltirib chiqaradigan, ba’zi hollarda hatto eshitish organlarini yo’q qilishga olib keladigan tovushlar va tovushlar majmuasidir.Vibratsiya – tebranish energiyasini uzatuvchi ba’zi mexanizmlar ta’siridan kelib chiqadigan keng chastota diapazoniga ega bo’lishi mumkin bo’lgan tebranish jarayonlari. Bu ham transport, ham korxonalar bo’lishi mumkin.Elektromagnit nurlanish, qoida tariqasida, radio yoki televidenie stantsiyalari, radar qurilmalari va turli sanoat qurilmalari orqali uzatiladi. Elektromagnit maydonlar yoki radioto’lqinlarning doimiy ta’siri asab yoki endokrin tizimda o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.

14.14.Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklar turlariga ta‘rif bering?

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar quyidagi omillar asosida kelib chiqadi: 1) Zararli odatlar 2) Fizikaviy omillar 3) Kimyoviy omillar. 4) Biologik omillar. 5)Psixofiziologik omillar. Kasb kasalliklari yoki iah bilan bog‘liq kasallanish xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfi ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi.
Kasb kasalliklarining fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar, brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida (zaharlanish), ba’zi changlar ta’sirida uzoq vaqt nafas olinganda ( pnevmokonioz, bronxit va b), shuningdek, jismoniy zo‘riqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladi. Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasalliklarga qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘ladi.

15.Favqulodda vaziyatlarda aholini evakuatsiya qilish turlari va ularga ta‘rif bering?



Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlar majmui;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘ligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Respublika hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va yujrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
Download 24.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling