1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
19
yo’naltirilgan (forward-looking industry) 1 , ya’ni yangi korxonalar, ishlab chiqarishlar va ish joylari tashkil etishga mo’ljallangan. SHu bois transport yo’lagi kontseptsiyasiga nafaqat transport yo’llari loyihasi, balki «taraqqiyot yo’li» dasturi sifatida qaraladi. Bugungi kunda O’zbekiston jahon bozorlariga chiqish uchun quyidagi asosiy transport yo’nalishlaridan foydalanmoqda: -Vladivostokka (Toshkentdan qayta yuklash portigacha bo’lgan masofa – 8,730 km); - Shanxayga Xitoy hududi orqali (6,195 km); - Murmanskka (5,652 km); - Sankt-Peterburgga (4,047 km); - Brestga (4,257 km); - Chopga (5,280 km); - Odessaga (4,236 km); - Novorossiyskka (3,558 km); - Batumiga TRASEKA trassasi bo’ylab (2,950 km); - Istambulga Eron orqali (4,985 km); - Bandar-Abbosga (3, 885). 1 «Orqaga yo’naltirilgan sanoatlar» (backward-looking-industry) ham mavjud bo’lib, ularning rivojlanishi jamlovchi mahsulotlar yetkazib beradigan ta’minlovchi ishlab chiqarishlarning taraqqiy etgan tizimini taqozo etadi. 20 4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY ALOQALARI Tashqi iqtisodiy aloqalar jahon iqtisodiyotining, avvalo tashqi savdoning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Tashqi savdo juda qadim-qadimlarda vujudga kelgan bo’lib, natural xo’jalik yuritishga asoslangan jamiyatlarda uning taraqqiyoti juda past sur’atlarda yuz bergan. Xalqaro savdoning rivojlanishiga tovar-pul munosabatlari taraqqiyotning chuqurlashishi va kengayishi juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bunda mustaqil davlatlaring vujudga kelishi, ular o’rtasida va har bir mamlakat ichida savdo aloqalarining rivojlanishi muhim rol’ o’ynadi. Yirik sanoatning barpo qilinishi ishlab chiqarish kuchlarida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi va xalqaro savdoda yangi bosqichning boshlanishiga olib keldi. Yangi transport vositalari, shu jumladan, materiklararo yirik dengiz kemalarining barpo qilinishi tashqi savdo aylanmasini bir necha o’n va yuz barobar oshishiga sabab bo’ldi. Tashqi savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan shaklidir. 3-Rasm Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling