1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana03.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )

Mavzuning maqsadi:Nargisnamolar qabilasiga kiruvchi o`simliklarning 
tuzilishi va inson hayotidagi ahamiyatini o`rganish. 
Bu oila vakillari serbarg. Gullari ko'p yillik piyozli o't o'simliklardan iborat. 
Poyasi yashil rangli, voronkasimon. Shingilsimon to'pgul hosil qiladi. 
Gulqo'rg'onbargchalari 6 ta, changchisi 6 ta. Tugunchasi uch uyali, urug'kurtaklari 
ko'p. Bu oila bir turkum — Ixiolirion va 4—5 turdan iborat. Ular Falastin va Hron-
Turon hududlarida tarqalgan. O'rta Osiyoda ham bir turkum (Ixiolirion) va 3 turi 
uchraydi, O'zbekistonda esa shu turkumdan ikki turi o'sadi.
Tatar chuchmomasi — Ixiolirion tataricum. Ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi 
tuksiz, silliq, bo'yi 15-80 sm. Barglari ingichka, qalami, cni 2—10 mm. 
Gulqo'rg'oni qo'ng'iroqsimon, shingilsimon to'pgulda o'rnashgan, binafsha rangli, 
gulqo'rg'oni 6 bargchali, changchisi 6 ta. Mevasi ko'sakcha. Aprel-may oylarida 
gullab, may-iyunda urug' beradi. Bog'larda, dalalarda ekinlar orasida, adir va 
tog'ning pastki qismlarida uchraydi. 
Bu oilaga ko'p yillik o't, past bo'yli daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, butun, 
ensiz yoki enli, asosan qalami, seret, ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gulqo'rg'oni oddiy. 
Gulqo'rg'on bo'laklari va changchilari 6 tadan. Gul formulasi: P3f3 A3+3G(3) . 
Mevasi — ko'sakcha. Bu oila 46— 50 ta turkum va 1400—1450 ta turni o'z ichiga 
oladi. O'rta Osiyoda 1 turkum (Eremurus) va 45 turi, O'zbekistonda esa bitta 
turkum va 23 turi tarqalgan. 



Shirach (Eremurus) turkumi.Bu turkumga ildizpoyali o't o'simliklar kiradi. Ildiz 
yo'g'onlashgan, seret, panjasimon va yulduzsimon. Poyasi bargsiz, bo'yi 3 
metrgacha yetadi. Barglari qalami. uch qirrali, faqat ildiz bo'g'zidan chiqqan. 
Gulqo'rg'oni oddiy, gultojisi- mon, 6 bo'lakli, guli oq, pushti, sariq, och pushti 
rangli, 2 doirada o'rnashgan. 
Sug'd shirachi — Eremurus sogdianus. Ko'p yillik o't, bo'yi (35)-50—80(150) 
sm. Gulqo'rg'on bargchalari turlicha kattalikda. Gullari ko'p, uzunligi 30—40(70) 
sm li konussimon shingilga yig'ilgan, oq rangli, 3 tadan yashil tomirlari bor. 
Tugunchasi va ko'sagi silliq. 
May-iyun oylarida gullab, urug' beradi. Tog' yonbag'irlarida o'sadi. 
Nor shirach, Pushti shirach — Eremurus robustus. Ko'p yillik o't, bo'yi 100—
200 sm. Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4—8 sm, 
novsimon. Gulqo'rg'on bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dog'li. May-
iyul oylarida gullab, urug' beradi. Tog' mintaqasi soz tuproqli yonbag'irlarida 
o'sadi. O'zbekiston „Qizil kitob"iga kiritilgan. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling