1. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi


Download 21.84 Kb.
Sana19.03.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1283898
Bog'liq
Behzod2


1- Variant
1. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi.
2. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari va ularning qo‘llanilishi
3. Masala. Mijoz bankga 300 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ni muddatli depozitga, 3 oy muddatga qo‘ydi. Agar qo‘yilgan depozit bo‘yicha yillik foiz stavkasi 21% ni tashkil qilsa, 3 oy davomida bank mijozga necha foiz to‘lovni amalga oshirgan?
Javoblar:
1.Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvofiq tashkil etilgan. O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta So‘mning muomalaga joriy etilishi bilan bog‘liq. So‘mning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda muhim ijtimoiy – iqtisodiy rol o‘ynadi.
Biroq mamlakatimizda tarixdan pul tizimlari amal qilgan va ular ham ichki bozorni bir muncha tartibga solib turgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak VII-VIII asrlarda arab xalifaligi mustamlakasidaligimiz paytida dirham va dinorlar muomalada bo’lgan va oldi sotdi ishlarida muomala vositasi bo’lib xizmat qilgan. Yoki Xorazmshohlar davrida, Temuriylar davrida yoki Xonliklar davrida ham bir qancha zarbxonalardan tangalar bosib chiqarilgan va pul siyosati olib borilgan. O’sha paytlarda ham zarurat tug’ilsa pul islohoti o’tkazilgan. Bunga misol qiladigan bo’lsak Mirzo Ulug’bekning 1428-yildagi pul islohotini keltirishimiz mumkin.
Milliy valyuta So‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini oladigan bo’lsak, 3 bosqichda ko’rib chiqamiz. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog‘liq edi. CHunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar Rossiya rubli bilan amalga oshirilar edi. o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar mamlakatimizga oqib kira boshladi va mamlakatimizdan ko’p miqdorda iste’mol uchun zarur tovarlar chiqib keta boshladi. bunday sharoitda iste’mol bozorini himoya qilishning yagona
to‘g‘ri yo‘li zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi. Lekin, mamlakatimizda yangi pul birligini muomalaga kiritish uchun ma’lum bir shart sharoitlar va vaqt talab qilinar edi. Shuning uchun ham bozorlarni qog’ozga aylangan rubldan himoyalash uchun passport va so’m kupon tizimi joriy etildi. 1993 yil 10 maydan boshlab, banklarga qo‘yiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy etildi, qiymati 25 ming rubldan yuqori bo‘lgan tovarlarni kuponlar asosida sotilishi belgilab qo‘yildi. 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq «so‘m – kupon»lar kiritildi. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi «Iste’mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab sobiq SSSR Davlat bankining 1961 – 1992 yillar namunasidagi 200, 500 va 1000 rubllik pul biletlarining muomalada to‘lov vositasi vazifasini bajarishi to‘xtatildi. 1994 yil 15 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining muomalada bo‘lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli to‘lovlarga qabul qilinishi ta’qiqlab qo‘yildi. Bu esa so’m kuponning xarid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmasligini bildirar edi. Bank muassasalari tomonidan 1994 yil 1 iyul holatiga ko‘ra mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublika hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning hisob – kitob va joriy hisobvaraqlaridagi barcha pul mablag‘larini, shuningdek, inventarlash va buxgalterlik hisobi ma’lumotlari asosida 1000 so‘m – kupon – 1 so‘m nisbatida barcha asosiy va aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari, byudjetga qarzdorlik hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari qoldiqlari, shuningdek, tashkil toppish manbalaridan qat’i nazar, byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari to‘lig‘icha qayta hisoblanadigan bo’ldi. 1994-yil 1-iyuldan to hozirgacha milliy valyutamiz so’m muomalada asosiy va yagona muomala vositasi bo’lib kelmoqda. Hozirgacha 100, 200, 500; 1 000; 5 000; 10 000; 20 000; 50 000; 100 000 va 200 000 so’mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi va ulardan hozir nominal 1000 so’mdan yuqori bo’lgan kupyuralar hamon muomalada. Mamlakatimizdagi pul tizimini Markaziy bamk boshqarib boradi va pul emissiya qilish vazifasi ham Markaziy bank zimmasiga yuk latilgan.

2. Tijorat banklarida foiz stavkalari. Tijorat banklari o’z faoliyatini olib borar ekan uning asosiy foydasi foizli va foizsiz daromaddan iborat. O’zbekiston tijorat banklari asosiy daromad manbai foizli daromad hisoblanadi. Bunda ular ssuda kapitalini jalb qiladi va uni ma’lum bir foiz hisobida qarzga beradi va foizli daromad oladi. Tijorat banklari foiz stavkalari qanday belgilash o’z ixtiyorida faqat Markaziy bank tomonidan foiz stavkasining yuqori chegarsi belgilab qo’yilibdi. Va uning maksimal chegarasi qayta moliyalashtirish stavkasining 3 barobaridan oshishi mumkin emas. Shu bilan birga tijorat banki kapitalni kreditga jalb qilayotganda inflyatsiyani va o’z foydasini hamda kapital egasining dividend shaklida ko’radigan foydasini ham hisobga olishi kerak. Aksincha bu narsalar hisobga olinmasa bank faoliyati mazmunsiz bo’lib qoladi ya’ni, uning ko’radigan foydasi 0 bo’lishi yoki zararga ketishi mumkin. Shu sababli ham bank foiz stavkasini belgilashi ko’p omilli sanaladi. Yana shuni ham nazarda tutishimiz kerakki kredit muddatiga qarab ham foiz stavkasi o’zgarishi mumkin, bunda kredit muddati qancha uzoq bo’lsa uning foizi past foizda bo’ladi. Qisqa muddatli kreditda foiz baland bo’ladi. Minimal darajadagi Bank foiz stavkasi stavkasi bankning harajatlarini qoplab, zarar koʻrmasligini taʼminlashi kerak, maksimali esa bankka el qatori foyda koʻrishni taʼminlashi lozim. Bank omonat (depozit)lar uchun toʻlaydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past boʻladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini taʼminlaydi. Bank foiz stavkasi qarzning vaqtida qaytarilishiga ham bogʻliq. Bunda qarz o’z vaqtida qaytarilishi foiz stavkasiga ijobiy, kechiktirilishi esa salbiy ta’sir qiladi. Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, kredit munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini bajaradi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Ssuda foizining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar va mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha sarflar ta’siri ostida shakllanadi. Bular esa, o‘z navbatida, kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mablag‘ uchun to‘lov salmog‘ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko‘taradi va aksincha.

3. Depozit miqdori 300 000 000; Qo’yilgan muddati 3 oy= 90 kun yil boshidan (shartli)
Yillik foiz stavkasi 21% bilan

S = (P x I x t / K) / 100qayerda:


S - hisoblangan foizlar miqdori
P - to'lanishi kerak bo'lgan miqdor
I - omonat bo'yicha yillik foiz stavkasi
t - foizlar hisoblanadigan davr, kunlarda
K - yil ichidagi kunlar soni (yangi yil ham sodir bo'ladi)
S=(300 000 000*90*21/365)/100 = 15 534 246,6
Jami 3 oyda 15534246,6 so’m foiz to’langan

S = (P x I x j / K) / 100qayerda:


S - hisoblangan foizlar miqdori
P - kapitallashtirish natijasida qo'shilgan summa, shuningdek keyingi barcha summalar
I - omonat bo'yicha yillik foizlar
j - kapitallashtirish davridagi kunlar soni,
K - yil ichidagi kunlar soni
Yil boshidan deb hisoblaymiz:
S=(300 000 000*21*31/365)/100 = 5 350 684,93 Yanvar
S=(305 350 684,93*21*28/365)/100 = 4 919 074,05 Fevral
S= (310 269 759*21*31/365)/100 = 5 533 852,41 Mart
Umumiy to’lanadigan foiz 15 803 611,4 so’mni tashkil etmoqda
Bundan ko’rinib turibdiki differensial usulda hisoblangan omonat egasiga ko’proq foyda olib kelar ekan. Faqat bank bunga rozi bo’larmikan!!!!!
Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling