1. O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida olib bo rilayotgan islohotlar
Axborot-kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ‘ib qilishda axborot-
Download 71.5 Kb.
|
1507564504 69182
Axborot-kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ‘ib qilishda axborot-
kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davrlarida kitob va uni jamiyatda tarqatish yo‘llaridan biri bo‘lmish axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi inson madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib kelgan. Madaniy-tarixiy davomiylik va vorisiylik jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi, ularni hozirgi kuni bilan o‘tmishi hamda kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlashda kitob va kutubxona benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma’naviy aloqasining uzviy bo‘g‘inidir. Ijtimoiy muloqot usuli sifatida kitob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta’minlovchi axborot-kutubxona – shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o‘stirish, shaxsning fikrlash tarzini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish va u ning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko‘lami kundan kun ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislarning oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni kitobxonlarga, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalarida ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini zamonaviy texnologiyalar asosida aniq va tez qondirishni talab qilmoqda. Shu o‘rinda, axborot-kutubxona texnologiyalari mutaxassislarga, kutubxonachilarga yaqindan yordam beradi. Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni kitobxonlarga yetkazishda turli xil usullardan, turli xil texnika vositalaridan foydalaniladi. Targ‘ibot ishlarida quyidagi axborot texnika vositalarini ko‘rishimiz mumkin: I. Ommaviy axborot vositalari:
kino-video; radio;– televideniye; Internet va boshqalar. II. Axborot fondi: kinofilmlar; videofilmlar; slaydlar; CD-DVD disklardagi axborotlar; audiokassetalar; elektron darsliklar; elektron kitoblar; elektron lug‘atlar; – elektron qo‘llanmalar va boshqalar. III. Axborot targ‘ibot vositalari: ovozni yozib olish va qayta eshittirish texnika vositalari (magnitafonlar, musiqa markazlari va boshqalar) proyeksion texnika vositalari (proyektorlar, videoproyektorlar, CD-DVD proyektorlar); ovoz kuchaytiruvchi apparatlar (usilitellar); telekommunikatsion vositalar (radio, televideniye, va boshqalar); kommunikatsion vositalar (aloqa vositalari, Internet, elektron pochta va boshqalar). Axborot-kutubxona muassasalarida texnika vositalaridan foydalanib adabiyotlarni targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Adabiyotlar targ‘ibotida, avvalambor, kitobxonlarning yosh xususiyatlari, ularning qiziqishlari, talab va istaklari e’tiborga olinadi. Adabiyotlar targ‘iboti ma’lum guruh yoki keng ommaga mo‘ljallanadi. Ommaviy targ‘ibotlarda, albatta, texnik vositalaridan foydalaniladi. Axborot-kutubxonalarning o‘quv zallarida o‘tkaziladigan ommaviy targ‘ibotlarda ovoz kuchaytirgichlar, targ‘ib yo‘nalishiga qarab texnika vositalari tanlanadi. Masalan, quyi sinf o‘quvchilari (1–3), asosan, ertak kitoblarni o‘qishga qiziqadilar. Shuni hisobga olgan holda ularga ertak-diofilmlar, ertak-videofilmlar, ertak-slaydlar namoyish qilish orqali adabiyotlarni targ‘ib qilish mumkin. Faraz qilaylik, diskka yozilgan «Zumrad va Qimmat» ertagi DVD proyektor orqali namoyish etilib, shu ertak o‘zbek xalq ertaklarining 1- tomidan olinganligi, axborot-kutubxonada o‘zbek xalq ertaklarining 2- tomi va boshqa xalq ertaklari (qozoq, uyg‘ur, yapon va h. k.) mavjud ekanligini aytib, ko‘rsatib, ertak kitoblarni targ‘ib qilish mumkin. Yoki yuqori sinf o‘quvchilariga, katta yoshdagi kitobxonlarga yozuvchi A. Qodiriyning axborot-kutubxonadagi «O‘tkan kunlar» romani videofilmini namoyish qilish orqali, axborot-kutubxona fondidagi A. Qodiriy asarlari haqida og‘zaki tavsif berib, boshqa asarlarini yoki yozuvchi G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarini namoyish qilish orqali, shu asarning va yozuvchining axborot-kutubxonada mavjud bo‘lgan boshqa asarlarini targ‘ib qilish mumkin. Adabiyotlarni texnik vositalar orqali targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyati va ahamiyati shundaki:
Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling