1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar


-jadval. Buxgalteriya hisobini tashkil etish oldiga


Download 137.59 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi137.59 Kb.
#1502100
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buxgalteriya

3-jadval. Buxgalteriya hisobini tashkil etish oldiga
qo’yiladigan asosiy talablar

Fermer xo’jaliklari amaliyotida daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga to’g’ri olib borishda ayrim muommolarning mavjudligi, yakunda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobidagi analitik va sintetik hisob ma’lumotlari o’rtasida farqlar vujudga kelishi kuzatilmoqda. Bunday holat moliyaviy hisobotning ishonchligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.


Fermer xo’jaliklari odatda ko’p yillik daraxtzorlar va asosiy podani shakllantirish kabi ko’p muddat talab qiladigan xarajatlarni amalga oshiradilar. Ushbu tarmoqqa qilingan xarajatlar aksariyat fermer xo’jaliklarida joriy ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Ushbu xarajatlarni fermer xo’jaliklari kapital qo’yilma sifatida hisobda va moliyaviy hisobotda aks ettirishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Tanlanganhisobshakligako’raqo’llanadigananalitikhisobregistridagima’lumotlar, sintetikhisobregstri( odatda “Boshkitob”) ma’lumotlaribilano’zaromosliginita’minlashlarihisobningishonchliligivato’liqliginita’minlaydi.
Yuqoridagikeltirilganfikrlarhisobsiyosatiningtashkiliyjihatlarinitakomillashtirishvafermerxo’jaliklaridahisobvahisobottiziminiyaxshilishimkoniniberadidebhisoblanadi.
MHXS (Jamoatsektoriuchunmoliyaviyhisobotningxalqarostandartlari) asosidajamoatsektoriuchunbuxgalteriyahisobivahisobotitiziminitakomillashtirishO‘zbekistonbyudjettiziminiislohqilishyo‘nalishlaridanbiridir.Ushbuislohotningzarurligi, engavvalo, aynanbuxgalteriyahisobitizimlarisifatlivazamonaviyboshqaruvqarorlariniqabulqilishuchunzarurbo‘lganaxborotniaksettiradi. Buxgalteriya hisoboti standartlarini bir xillashtirishning xolisona jarayoni IFRS (International Financial Reporting Standards)ga asoslangan JS MHXSni jamoat sektorining taqqoslab bo‘ladigan va sifatli moliyaviy hisobotini tayyorlash uchun xalqaro standartlarning yagona, keng qamrovli tizimi deb e’tirof etishga ko‘maklashdi.
JSMHXSningqo‘llanilishidavlatsektorifaoliyatiningnatijalarinibaholashuchunko‘proqimkoniyatlartaqdimetganholdamoliyaviyaxborotningsifatiniyaxshilashvaochiq-oshkoraliginioshirishimkoniniberadi. Axborotningishonchliligivato‘liqliginioshirishhisobigadavlataktivlariningboshqarilishiniyaxshilash, shuningdekdavlatnnigmoliyaviyhisobotinixalqaroko‘rsatkichlarbilantaqqoslashimkoniyatiniberadi.
YuqoridaqaydetilgansabablarbilanbirqatordaJSMHXSamaliyotigao‘tishzarurligiamaldaginormativ-huquqiybazaningamaliymuammolaribilanizohlanadi.Xususan, JS MHXSni qo‘llash mezonlarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy bazaga berilgan baho uning quyidagi kamchiliklarini aniqladi:
1) Axborotni ochishning aniq asoslarining yo‘qligi
Amaldagi qonun hujjatilarida buxgalteriya hisobida operatsiyalarni aks ettirish tartibi yetarlicha aniq tartibga solinmagan. Byudjet hisobini yuritishning barcha masalalari byudjet tashkilotlarida Buxgalteriya hisobiga doir yo‘riqnomada tartibga solinishi nazarda tutilgan, biroq byudjet muassasalari moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha jihatlarini bir yo‘riqnomada jamlashning amalda imkoni bo‘lmadi.
2) Ayrim moliyaviy, byudjet va byudjetdan tashqari operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibininig yo‘qligi. Xususan, davlat tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi faoliyati, valyuta operatsiyalari va hokazolar bilan bog‘liq operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibininig yo‘qligi.
3) Buxgalteriya hisobiga doir qoidalarning ko‘pligi. Ushbu qoidalar hisob yuritish va hisobotning ayrim jihatlarini takrorlaydi.
4) Tashqi foydalanuvchilar uchun davlat moliyasining statistikasini tahlil qilishning imkoni yo‘qligi. Buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi tashqi foydalanuvchilar talablariga javob beradigan axborotni shakllantirish imkonini bermaydi.Jumladan, davlat byudjetini ijro etish to‘g‘risidagi hisobotlarning shakli 2011 yilgi Davlat moliyasi statistikasiga doir qo‘llanma talablariga muvofiq XVF tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarning shaklidan farq qiladi.
5) Davlat moliyasining barcha hisobvaraqlarini jamlash imkoni yo‘qligi. Xususan, davlat byudjetining va barcha byudjetdan tashqari fondlarning hisobi hozirgi vaqtda alohida yuritilmoqda.
Bugungi kunda JS MHXSni moslashtirish zarurligi milliy dasturlar bilan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini rivojlantirish jarayoniga berilgan xalqaro baholar bilan ham tasdiqlangan. Jumladan, 2007–2018 yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasini boshqarish islohoti strategiyasida JS MHXSga mos keladigan davlat sektorida buxgalteriya hisobining milliy standartini ishlab chiqish va joriy etish buxgalteriya hisobini isloh qilishning muhim vazifasi sifatida belgilab olingan. Bu zarurat ham BMTTDning «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» loyihasi doirasida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining loyihasida nazarda tutilgan.
JS MHXSga rioya qilish PEFA (Public Expenditure and Financial Accountability) tizimi bo‘yicha davlat moliyasini baholashning eng muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu mezonni hisobga olgan holda Jahon banki ekspertlari O‘zbekistondagi davlat moliyasini oxirgi baholash doirasida moliyaviy axborotning taqdim etilayotgan axborotning to‘liq emasligi nuqtai nazaridan hisobga olishning xalqaro standartlari talablariga qisman muvofiq kelmayotganligini qayd etdilar.
Davlat sektoriga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini puxta joriy etish uchun BMTTDning va Moliya vazirligining «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» qo‘shma loyihasi tomonidan 2013–2014 yillarda davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotining isloh qilinishiga ko‘mak berildi. Loyiha doirasida JS MHXS asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Buxgalteriya hisobining 12 ta standarti loyihasi tayyorlandi. Ushbu standartlarni mamlakat buxgalteriya hisobi amaliyotiga joriy etish mutaxassislarni ular bilan to‘g‘ri ishlashga o‘qitishni, shu jumladan byudjet sohasidagi buxgalterlar va moliya xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlashni, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta yo‘naltirishni, shuningdek tahsil oluvchilarning turli toifalari uchun mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yangilash va ular bilan ta’minlashni talab qiladi.


Download 137.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling