1. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta’sis etilishi


- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar


Download 201 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi201 Kb.
#1407475
1   2
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING KONSTITUSIYAVIY MAQOMI

5- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar.
Konstitusiyaning 94-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitusiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti o’z vazifalari va konstitusiyaviy vakolatlarining amalga oshirish maqsadida ko’pqirrali huquq ijodkorligi faoliyatini yuritadi.
Prezident butun O’zbekiston hududida bevosita amal qiladigan, majburiy kuchga ega bo’lgan uch xil normativ-huquqiy hujjat:

  1. farmonlar;

  2. qarorlar;

  3. farmoyishlar chiqaradi.

Farmon – aniq bo’lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo’lib, uzoq muddatga amal qiladi. Farmon – normativ-huquqiy hujjat. U huquqni ko’llash xususiyatiga ham ega bo’lishi mumkin va demakki, normativ mazmunga ega bo’lmasligi ham mumkin. Normativ mazmundagi farmonlar nashr etiladi, masalan u yoki bu shaxsni biror lavozimga tayinlash to’g’risida.
Farmoyish – individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir.
Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o’zi tomonidan mustaqil chiqariladi. Prezident chiqaradigan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar Konstitusiya va qonunlarga zid bo’lmasligi shart. Chunki ular Konstitusiya va qonunlar asosida, ularni bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident chiqargan normativ hujjatlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqligi to’g’risidagi masala, zaruriyat tug’ilganda, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tomonidan hal qilinadi (Konstitusiyaning 109-moddasi). Ko’rib chiqish natijalari bo’yicha Konstitusiyaviy sud butun hujjat yoki uning ayrim qoidalari konstitusiyaviy yohud g’ayri konstitusiyaviy ekanligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Shu tariqa Prezident aktlarining konstitusiyaviy bo’lishi kafolati ta’minlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari qonun osti hujjatlari deb atalmaydi. Lekin ular Konstitusiya va mamlakat qonunlariga zid bo’lmasligi shart (16-modda). Lekin "Konstitusiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan" deyilgan konstitusiyaviy bayon qilish, shuningdek, faqat qonun tomonidan tartibga solinadigan masalalar ro’yxatining Konstitusiyada mavjud emasligi – Prezidentning huquq ijodkorligi faoliyatini keng talqin qilishga imkon beradi. Biror masalani qonun bilan tartibga solish mavjud bo’lmagan hollarda, Prezident oldindan ushbu masala yuzasidan normativ farmon chiqarishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari "O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi" va shuningdek respublika gazetalarida rasman e’lon qilinadi.

1 Таджиханов У . ва бошқалар. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий ҳуқуқи : юридик олий ўқув юртлари учун дарслик/ У. Таджиханов , Х. Одилқориев, А. Саидов. Масъул муҳаррир акад. Ш. З. Ўразаев.- Т.: Шарқ, 2001. 562б

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1998, 3-сон, 38-модда.





Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling