Uchinchi masalani o’qitishda talabalarning e’tiborini quyidagi jihatlarga qaratish
lozim.So’nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o’zgarishlar bo’lib
o’tadi. Xususan, odamlar g’orlardan chiqib yengil turar-joylar - chayla va yarim yerto’lalarda yashay
boshladilar. Ular endi faqat tog’li hududlarda yashab qolmay vohalar bo’ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo
va ko’llar bo’ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’linadilar. Natijada
jamiyatda juft oilalar paydo bo’ladi hamda ular ayrim urug’larni birlashtirib urug’ jamoasini tashkil
etadilar.
Urug’chilik (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida bosqichini tashkil etib, bu jarayon
ijtimoiy hayotdagi qator o’zgarishlarning paydo bo’lishiga zamin yaratdi. Lekin, dastlabki urug’chilik
tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga ko’tarilgan bo’lishiga qaramay, bu davr odamlari
ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirar edilar.
Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda odamning paydo bo’lishi jarayoni
(antropogenez) asosan tugadi. Qadimgi odamlar xo’jalik yuritishning eng oddiy yo’llaridan (terib-
termachlab) murakkabroq ko’rinishlariga (ovchilik, baliqchilik)ga o’tdilar. Olov kashf etildi. Insoniyat
to’da davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. Mehnat qurollari takomillashib, ularning turlari ko’paydi va
sifati yaxshilanib bordi.
Bu davrda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi. Teshiktoshda murdani
maxsus qabr qazib ko’milishi, uning yoniga tog’ echkisining shoxlari va tosh qurollar qo’yilishi mutlaqo
tasodifiy hol emas edi. Bu jarayon paleolit davri neandertal odamlari garchi sodda bo’lsada, ko’mish
marosimlariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |