1. O’zbekiston tarixini davrlashtirish. O’zbekistondagi poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari
Download 320.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1-семинар
madaniyati fanda O’rta Osiyoda to’rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan.
Ushbu makonlarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, neolit davriga kelib, mezolitning so’nggi bosqichlarida kashf etilgan tosh boltalar ancha keng tarqaladi. Parrakchalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoqlar, teshgichlar, parmalar, qirg’ichlar, yorma toshlar, o’roq va boshqa qurollar takomillashadi. Eng qadimgi davrning dastlabki davrida qo’lga kiritilgan barcha yutuqlar bu davrga kelib yakunlanadi. Neolit davri odamlari o’zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvchanlik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarini safarbar qilib, xo’jalikning ilg’or, unumdor shaklini - dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Geografik muhit va shart-sharoitning turli tumanligi bu davr qabilalarida mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, turar-joylar va xo’jaliklarning turlicha bo’lishiga olib keldi. Xususan, O’rta Osiyoning janubidagi neolit davri-qabilalari xo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan bo’lsa, shimoldagi qabilalar esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vaqt rivojlanishdan orqada qolgan. Neolit davrida qadimgi ajdodlarimiz loydan idishlar yasab ularni olovda pishirish yo’li bilan kulolchilikka asos soldilar. SHuningdek, ip yigirish asosida to’qimachilikni kashf etdilar. Odamlar yog’och va qamishdan qayiq yasab (qayiqsozlik) suvda suzishni ham o’zlashtirdilar. Xullas, neolit davri yutuqlarga boy bo’lib, o’zidan ilgarigi davrlarga nisbatan yuksak rivojlanish davri bo’ldi. Eneolit(mis-tosh) davri tosh va bronza davri o’rtasidagi davr bo’lib, bu davr qurollari sof misdan yasalganligi ma’lum. O’rat Osiyoda eneolit (mis-tosh) davri nisbiy tarzda mil.avv. IV ming yillikning oxiri - III ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi. Bu davrning eng asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’lgan: 1. Yerni haydab dehqonchilik qilish ancha rivojlangan edi. 2. Mis qurollar paydo bo’ldi. 3. Katta-katta jamoalarning paxsa xom g’ishtdan tiklangan katta-katta uylar paydo bo’ldi. 4. Kulolchilikda xumdonlardan foydalana boshlandi. 5. Rangdor sopol idishlar paydo bo’ldi va hakozo. Bu davrga oid O’rta Osiyodagi muhim yodgorliklar quyidagilar: Janubiy Turkmanistondagi Anov va Nomozgohtepa makoni va boshqalar.
Download 320.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling