1. O'zbekiston va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik bo'yicha umumpartiyaviy parlament guruhi


Buyuk Britaniya parlamentlari O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda erishayotgan yutuqlari


Download 427.37 Kb.
bet3/7
Sana14.04.2023
Hajmi427.37 Kb.
#1357818
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarida

2.Buyuk Britaniya parlamentlari O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda erishayotgan yutuqlari
Buyuk Britaniya parlamentlari O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda erishayotgan yutuqlarini olqishlardilar. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarga yuqori baho berildi.Muhokama davomida britaniyalik ma’ruzachilar O‘zbekistonning o‘tgan 5 yil davomida erishgan yutuqlariga yuksak baho berdilar.
"Eurasia Conservative Friends" Prezidenti Lord Piter Lilli O‘zbekiston chuqur va ijobiy o‘zgarishlar, siyosiy va iqtisodiy liberallashtirish jarayonini ishonch bilan borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Lord Lilli o‘zbek xalqini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklar ekan, O‘zbekiston davlatchiligi tarixdan o‘zining chuqur ildizlariga ega ekanligini ta’kidladi. 1992 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar rasman o‘rnatilganligiga qaramay, bugungi kunda xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalar 600 yildan ortiq davom etib, Amir Temur va Angliya qiroli Genrix IV o‘rtasidagi yozishmalarga borib taqaladi.
APPG raisi Endryu Bridjyen Buyuk Britaniyaning ishonchli do‘sti va istiqbolli savdo hamkori hisoblangan O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Lordlar palatasi a’zosi baronessa Alison Satti ikki mamlakat Qonunchilik organlari, xususan, O‘zbekistonda parlament tizimini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berdi. Shu bilan birga, u o‘zaro tushunish va o‘zaro hurmat asosida faol parlamentlararo hamkorlikni davom ettirish, real sheriklik munosabatlarini shakllantirish zarurligi haqida gapirdi.
Lord Muhammad Shayxning ta’kidlashicha, turli sohalarda, jumladan, investitsiya, yashil energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya va turizmni jalb etish sohalarida o‘zbek-britan hamkorligini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Parlament a’zosi O‘zbekistonning buyuk madaniy merosiga ham ishora qilib, uning xalqaro maydonda faol targ‘iboti muhimligini ta’kidladi.

Download 427.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling