1. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi
Download 23.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqbiznesss
4. Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi
Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga alohida ahamiyat berilgan. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va unga keng yo’l ochib berish aholi bandligini samarali ta’minlash va bu orqali aholi farovonligini oshirishning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo’lib, bu tizim iqtisodiyotning globallashuvi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta’minlaydi. Bu holat esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmining to’la darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbalardan hisoblansada, biroq innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajadagi o’rinni egallaydi. Uning ulushi ko’pchilik rivojlangan davlatlarda xususiy sektorga nisbatan 1.3-2.5 marta kam. Jahon tajribasida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, bu rivojlangan mamlakatlarda turlichadir (2-jadval). Ko’pgina mamlakatlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish hamda muvofiqlashtirish yetarli resurs imkoniyatlariga va boshqaruv vakolatiga ega bo’lgan maxsus davlat organlari zimmasiga yuklatilgan. Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan “Kichik biznes ma’muriyati” deb nomlangan maxsus tashkilot tuzilgan bo’lib, u xususiy sektorga ko’maklashish, uni moliyalash hamda kreditlash, innovatsion faoliyatini rag’batlantirish ishlarini samarali yo’lga qo’ygan. Kichik biznes ma’muriyatining 90 dan ziyod mintaqaviy va hududiy bo’limlari tuzilgan bo’lib, ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug’iladigan har qanday muammolarni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan. 5. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirib borishi jarayonidagi turli mulk va xo’jalik yuritish shakllarining keng taraqqiyoti ular moliyaviy faoliyatini ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish maqsadlarida takomillashtirishning muhim, dolzarb muammo ekanligini isbotlamoqda. Yurtimizning istiqboli bozor xizmat tarmoqlarini shakllantirish bilan, kelgusida mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish, yakkahokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish, raqobat muhitini vujudga keltirish bilan uzviy bog’liqdirki, bozor munosabatlarini shakllantirish yuzasidan iqtisodiy islohotlar mazkur vazifalarining ijobiy hal etilishi korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil etishning bozor talablariga javob beruvchi holatidan ham kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kichik biznes va turli tadbirkorlik shakllarining taraqqiyotida ular moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari, tarkibi va rivojlanish asoslarini o’rganish muhimdir. Kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim etish mexanizmlarisezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi. 6. Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling