ko’rsatilgan. Respublika Prezidenti, birinchi navbatda davlat boshlig’i sifatida davlat va jamiyat rivojlanishining asosiy
strategik yo’nalishlarini ishlab chiqadi va ularni Oliy Majlis yigilishlarida e`lon qiladi. Prezidentning bunday
dasturlarida respublika oldida turgan vazifalar ularni hal etish yo’llari, qonunchilik sohasidagi asosiy yo’nalishlar
ko’rsatib beriladi.
Respublika Prezidenti davlat rahbari sifatida qonunchilik jarayonining bevosita ishtirokchisidir. Konstitutsiyaning 82-
moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. U Oliy Majlisga
qonun loyihalarini yoki biror masala bo’yicha qonun ishlab chiqishni taklif etishi mumkin. Bu bilan Respublika
Prezidenti qonunlar yaratilishining boshlang’ich davrida ishtirok etadi. Respublika Prezidenti O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisida qonun loyihalari muhokama qilinayotganda istagan vaqtida so’z olib, o’z fikrini bildirishi mumkin.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 14-bandiga asosan, respublika Prezidenti Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni
imzolaydi. Bu holat esa Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi. Bu holat esa Oliy Majlis qabul
qilgan qonun faqat respublika Prezidenti imzosidan keyingina kuchga kirishni bildiradi. Prezident o’z e`tirozlarini ilova
etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga, tasdiqlashni kechiktirishga
haqlidir.
Agar Oliy Majlis o’zi qabul qilgan qonunni ilgarigi holatda deputatlarning uchdan ikki qismining ovozi bilan tasdiqlasa,
Prezident qonuni imzolaydi.
Prezidentning qonuniylik sohasidagi faoliyati qonuniylikni ta`minlashda ishtirok etuvchi organlarni tuzishda, ularning
faoliyatini nazorat qilib turishda o’z ifodasini topadi. Respublika Prezidenti Respublika Bosh prokurori va uning
Do'stlaringiz bilan baham: |