1 O‘zbekistonda qadimgi davlatchilik turlari va boshqaruv shakli. Reja


Download 45.9 Kb.
bet2/7
Sana06.11.2023
Hajmi45.9 Kb.
#1751904
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi amaliy mashgulot mavzulari

V - asrning o’rtalariga kelib O’rta Osiyoda Kushan podsholigi o’rniga kelgan ikkinchi bir davlat-eftalitlar davlatining shakllanishiga yakun yasaladi. «Eftalit»degan atama qaerdan kelib chiqqan degan savol tug’iladi. «Eftalitlar»degan nom V asrda arman manbalarida paydo bo’ladi . (heptal) Tarixchi Feofan Vizantiyskiy(UG) xabar berishicha eftalitlarning dastlabki podshosi Vaxshunvar Eftalon nomi bilan yuritilgan. SHuning uchun ham u tuzgan davlat Eftalitlar davlati nomini olgan. Eftalitlar to’g’risidagi dastlabdi ma’lumotlar yozma manbalarda 457 yillardan ya’ni Eftalitlar tomonidan O’rta Osiyoni bosib olgan davrdan boshlab paydo bo’ladi. Bu ma’lumotlarda podsho Vaxshunvar tomonidan CHaganiyon, Tohariston va Badaxshonni bosib olingani haqida gapiriladi. Eftalitlar O’rta Osiyo yerlarini bosib ola boshlagach, bundan vahimaga tushgan Eron sosoniylarining podshosi Peroz (459-484 yillar) uch marta Eftalitlar bilan urush qildi. Birinchi urushda(479y) Peroz Eftalitlarga asir tushdi. Undan Vizantiya imperatori Zyonon katta tovon berib uni (Perozni) ozod etdi. Eftalitlarga qarshi ikkinchi marta urush qildi. Bu safar ham asirga tushdi. SHundan keyin endi xech qachon Eftalitlar davlati hududiga yaqin kelmaslikka va’da berib, katta tovon evaziga asrlikdan ozod bo’ladi, qizig’i shundaki tovonni to’lashga kuchi yetmay Eftalitlarga o’z o’g’li Kovodni garovga beradi.Tinib tinchimagan Peroz uchinchi marta Eftalitlarga qarshi urush boshladi. Bu urushda Peroz qo’lga tushib halok bo’ldi. Eftalitlar Eronga katta tovon yukladilar. Eronlilar bu tovondi to 563-567 yillargacha,Eftalitlar davlati tugatilgunga qadar to’lashga majbur bo’ldilar. Eftalitlar 467-470 yillarda Surdni, SHarqiy Turkistonni hamma yerlarini, bundan tashqari Kobulni, Kandaarni, SHimoliy Hindiston (Panjobni) bosib oldi. SHunday qilib Eftalitlar juda katta davlatni barpo etdilar. Bu davlat hudud jihatidan Kushon davlatidan ham katta edi. Eftalitlarning davlat tuzilishi haqida ma’lumotlar kam. Lekin Vizantiya tarixchisi Prokopiy ma’lumotlarga Karaganda davlat yagona podsho tomonidan idora etilgan, qo’ni-qo’shnilar bilan adolatli munosabatda bo’lgan. Aholining ko’pchiligi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullansada, bir qismi ko’chmanchilik asosida hayot kechirgan. Eftalitlar yarim o’troq hayot kechirganlar. SHaharlarda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Eftalitlar davrida rangli metal ishlab chiqarish va u bilan savdo qilish ko’chayadi.
SHuni alohida qayd qilish kerakki, Eftalitlar davridagi sosial-iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, bu davrda feodal munosabatlarni tashkil topishi uchun zarur shart-sharoitlar vujudga kela boshladi. Hali Kushan davrining oxirlaridan boshlab katta yeriga mulkiga ega bo’lgan amaldorlar paydo bo’la boshlaydi. Ular «dexqonlar » deb ataladi. SHuning bilan birga amaldorlar yerlarida yashab kun kechirayotgan dehqonlar ommasi ularga borliq bo’lib qoladi. YAngi tipdagi shaharlar kureonlar paydo bo’ladi. YAngi tipdagi shaharlar va kurronlarni paydo bo’lishi feodal tuzumidan dalolat berardi. Lekin Eftalitlar turmushida hali ham poliandriya (ko’p erlik) saqlanib kelayotgan edi. Eftalit qo’shinlari kuchli bo’lgan. Ular o’ta mergan bo’lganlar, ularning ko’pchiligi otliq bo’lgan. Eftalitlarning o’troq aholisida eron gruppasiga kirgan qadimgi mahalliy til surd tili saqlanib qolgan. Eftalitlarda surd yozuvidan tashqari Xorazm, Kushon-eftalit yozuvi bo’lgan. Eftalitlar zardusht diniga sig’inganlar, lekin moniylik ham bo’lgan, buddizm ham ayrim rol o’ynagan. Eftalitlar Ut xudosiga sig’inganlar. Ularda Mazdak ta’limotiga ham amal qilingan. Eftalitlarda xristianlikni bo’lgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Turk hoqonligi davlati
Eramizning V asri II yarmi VI asr boshlarida Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqi vujudga keldi. 563-567 yillarda Turk xoqonligi Eftalitlar davlatini tor-mor etadilar. Turk hoqonligi davlatining asoschilari aka-uka Bumin va Istamilar edi. Bu davlatning hududlari juda katta bo’lib. SHarqda Oltoygacha, g’arbda Vizantiya chegaralarigacha cho’zilgan edi. Albatta bunday ulkan hududlarni bir markazdan idora etish mushkul hol bo’lganligi tufayli Turk hoqonligi davlati ikki qismga - SHarqiy Turk hoqonligi va G’arbiy Turk hoqonligiga bo’linib ketadi. Hozirgi O’zbekiston hududi- G’arbiy Turk hoqonligi hududiga kirgan.Turk hoqonligi hukmdori «Hoqon» deb atalgan. Bundan tashqari «tegin», «shad» kabi nomlar ham bo’lib, bu nomlar shaxzodalar va yirik amaldorlarga berilgan. Turk hoqonligi davlati yuksalgan paytida Xitoyni ham bo’ysundirgan bo’lib, Xitoy davlati har yili Turk haqonligiga 100 ming bo’lak ipak mato to’lab turgan. Turk atamasi ham mana shu davrda keng tarqalgan bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi «jasur jangchi», «dovyurak» yoki «uylanmagan yigit» degan tushunchalardan iborat bo’lgan. Turk hoqonligi davlatida turli diniy tushunchalar mavjud bo’lib, xudo «tangri»deb atalgan va osmon tangrisiga yoki «Ko’k tangriga» e’tiqod qilingan. Turk hoqonlari hukmdorlarining eng mashhurlari Bumin, Bilga xokon, Kultagin, Qora CHo’rinlar hisoblanadi. Turk hoqonligi davdatida qadimiy turkiy yozuv qo’llanilgan. Bu yozuv fanda «Urxon-enasoy yozuvi» nomi bilan tanildi. Bu yozuvning harflari alohida yozilib, so’zlarda yuqoridan pastga va o’ngdan chapga yozilgan va harflarning soni 38 ta bo’lgan. YAna so’g’d yozuvi ham bo’lgan, u chapdan o’ngga qarab yozilgan, harflari 25ta bo’lgan. YAna Xorazm yozuvi ham bo’lgan.
Turk xoqonligining sosial- iqtisodiy tuzumi haqida to’xtalib shuni takidlash kerakki, hoqonlik aholisi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi va ko’chmanchi chorvachilik bilan band bo’lgan kishilardan iborat. Hoqon davlatning yagona boshlig’i bo’lgan. Farg’ona va So’g’dda rudalar qazish avj olgan. O’rta Osiyodagi Turk hoqonligiga kirgan hududlarda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar hoqonlikda VII-VIII asrda ko’p shaharlar bo’lib ular savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan. Turklar Kaspiy dengizi orqali ham savdo qilganlar. Ayniqsa, Buxoro savdo markazlaridan biri bo’lgan. Poykant savdogarlar shahri deb atalgan.
Lashkarlar tashkil etishda sinfiy tabaqalanish feodallashish jarayoni sezilib turgan. Otliqlar (lashkar) urug’ amaldorlaridan tashkil topgan bo’lsa, joylardagi feodal egalikning hukmdorlarining shaxsiy gvardiyasi yollama lashkarlardan va qullardan iborat bo’lgan. Turk hoqonligida ko’pchilik zardusht diniga sig’ingan shuning bilan birga moniy va xristian dinlariga sig’inuvchilar bo’lgan .G’arbiy turk hoqonligi davlati O’zbekiston hududida to arab halifaligi istilosigacha ya’ni VIII asr boshlarigacha mavjud bo’ldi. Arab halifaligining O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari arafasida G’arbiy turk hoqonligi ancha zaiflashgan va tarqoqlikka yuz tutgan edi. O’zbekiston hududidagi har bir viloyat o’z hukmdorlariga ega bo’lib, mustaqil hukmronlik qilar edilar. Tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida keltirilgan ma’lumot bo’yicha Buxoroda «Tagshodaning onasi» xukmdor bo’lgan. Demak arablar kelishi arafasida Buxoroda shahzoda Tagshoda hali yosh bo’lgani tufayli davlat ishlarini uning onasi olib borgan. Xulosa qilib aytganda, Kushon podsholigi va Turk hoqonligi davlatlari davlatchilikning rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi.

Download 45.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling