1. O'zbekistonda qirqbo'g'imlarning nechta turkumi uchraydi? A 30 b 5 c 2 d 1
Download 38.59 Kb. Pdf ko'rish
|
6 sinf 43-47 mavzular
1. O'zbekistonda qirqbo'g'imlarning nechta turkumi uchraydi? A) 30 B) 5 C) 2 D) 1 2. To'g'ri ma'lumot berilgan qatorni toping. A) Generativ novda yozda o'sib chiqadi B) Vegetativ novda bahorda o'sib chiqadi C) Bahorgi novda shoxlanmagan D) Yozgi novda shoxlanmagan 3. Ra'nodoshlar oilasi vakillari qanday turdagi to'pgullar hosil qiladi? A) Soyabon, shingil, qalqon B) Soyabon, savatcha, qalqon C) Savatcha, shingil, qalqon D)Savatcha, shingil, ro'vak 4. Ra'nodoshlar oilasida barglar novdada qanday joylashgan bo'ladi? A) Qarama-qarshi B) Navbat bilan C) Halqa hosil qilib D) A va B 5. Ra'nodoshlar oilasi haqida keltirilgan noto'g'ri ma'lumotni toping. A) Ikki jinsli B) To'g'ri gul C) Shamol yordamida changlanadi D) Hasharotlar yordamida changlanadi 6. Na'matak haqida keltirilgan to'g'ri ma'lumotni toping. A) Barglari oddiy, toq patsimon B) 8-9 yaproqchali C) Gullari mayda, eni 5-9 sm D) Mevasining uzunligi 2-3 sm 7. Qurg'oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'simliklar to'g'ri berilgan qatorni toping. A) Yovvoyi olma, olcha, nok B) Olma, nok, olxo'ri C) Yovvoyi olma, behi, gilos D) Yovvoyi nok, olcha, shaftoli 8. Nok qaysi xususiyati bilan olmaga o'xshaydi? A) Guli va urug'i B) Guli va meva eti C) Guli va mevasi D) Urug'i va meva eti 9. Noto'g'ri ma'lumotni toping. A) Bir urug'pallalilar unayotganda bitta urug'pallabargi bilan chiqadi B) Ikki urug'pallalilar unayotganda ikkita urug'pallabargi bilan chiqadi C) Ra'nodoshlar magnoliyasimonlar sinfiga mansub D) Yopiq urug'li o'simliklarning 250000 dan ortiq turi ma'lum. 10. Ikki uyli o'simlik to'g'ri berilgan qatorni toping. A) Oddiy qarag'ay B) Zarafshon archasi C) Tol D) B va C 11. Qirqbo‘g‘im (1) va qirqquloq (2) da gametofit (a) . . ., sporofit (b) . . . rivojlanadi. A)1 - a - sporadan; b - zigotadan; 2 - a - sporadan; b - zigotadan B)1 - a - zigotadan; b - sporadan; 2 - a - zigotadan; b - sporadan C)1 - a - murtakdan; b - sporadan; 2 - a - sporadan; b - zigotadan D)1 - a - zigotadan; b - sporadan; 2 - a - sporadan; b - zigotadan 12. Qirqquloqlar va ochiq urug‘li o‘simliklarning o‘xshash jihatlarini aniqlang. A)tuxum hujayraning arxegoniyda yetilishi; o‘tkazuvchi sistemaning mavjudligi B)urug‘kurtakda arxegoniy yetilishi; erkaklik gametalarining anteridiylarda yetilishi C)chang donalarining shamolda tarqalishi; urug‘langan tuxum hujayradan murtakning rivojlanishi. D)o‘tkazuvchi sistemaning mavjudligi; tuxum hujayraning murtak xaltada yetilishi 13. Qiyshiq gulli , barglari qarama-qarshi joylashgan o‘simliklarni aniqlang. 1) marmarak; 2) yantoq; 3) yeryong‘oq; 4) kiyiko‘t; 5) oqquray; 6) nastarin; 7) rayhon; 8) afsonak A) 1, 6, 7 B) 2, 3, 5, 8 C) 1, 5, 7 D) 2, 4, 6, 8 14. Shakli o'zgargan novdalarni aniqlang 1) topinamburning tugunagi 2) nargis piyozi
3)lavlagi ildizmevasi 4)kartoshka tugunagi 5)sachratqi savatchasi
6) qirqbogim sporasi 7) zirk tikani A) 1,2,5 B)2,4,6 C)1,3,4 D)2,4,7 15. Zuxrasoch qirqqulog'i gametofiti uchun mos belgilarni toping? A)poya-bargli o'simlik, ko'p hujayrali jinsiy a'zoga ega B) spora hosil qiladi,ildizpoyasida oziq modda to'playdi C) zigota hosil qiladi,mustaqil oziqlanadi i D) jinsiy bo'g'in hisoblanadi,spora hosil qiladi 16. Yo'sinlarni sporofitiga mos kelmaydigan javobni belgilang? A) jinsiy bo'g'in hisoblandi, gametalar hosil qiladi B) sporangiyband va sporangiydan iborat C) zigotadan rivojlanadi va spora hosil qiladi D) zigota hosil qiladi, jinssiz bo'g'in hisoblanadi 17. Ochiq urug'lilar bo'limi (a) bir urug'pallalilar sinfi (b) ikki urug'pallalilar sinfi (c) ga mansub o'simliklarni aniqlang A) a-andiz b-olg'i c-itqovun B) a-qarag'ay b- chuchmoma c- shirach C) a-archa b-xolmon c- andiz D) a-saur b- kakra c-topinambur 18. O'simliklarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlardan noto‘g‘risini aniqlang. A) Funariyaning rizoidi sporaning, sporangiybandi zigotaning rivojlanishidan hosil bo'ladi. B)Zuhrasochning poya-barglari sporaning, rizoidi zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi C)Dala qirqbo‘g'imining ildizpoyali bo'g'ini zigotaning, erkak o ‘simtasi sporaning rivojlanishidan hosil b o ‘ladi D) Archa ikki uyli o'simlik b o ‘lib, tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi 19.Funariyaning jinsiy bo‘g‘mi uchun mos keladigan to‘g‘ri javobni aniqlang. 1) sporadan rivojlanadi; 2) sporofit hisobiga rivojlanadi; 3) har bir arxegoniyda bir necha
tuxum hujayralar yetiladi; 4) arxegoniysi ko‘p hujayrali; 5) poya-bargli o‘simlik; 6) zigota hosil qiladi; 7) spora hosil qiladi. A) 2, 4 B) 5, 7 С) 1 ,6 D) 3, 6 20.Qirqbo‘g‘imlarning gametofiti uchun mos keladigan javobni aniqlang. A) sporadan rivojlanadi, avtotrof organizm B )ildizpoyali o ‘simlik, spora hosil qiladi C)zigotadan rivojlanadi, sporofit hisobiga oziqlanadi D)yashil rangli poyasi b o ‘g ‘imlarga b o ‘lingan, zigota hosil qiladi 21.Zuhrasoch qirqqulog‘ining gametofiti uchun mos javobni belgilang. A)zigotadan rivojlanadi, mustaqil oziqlanadi B )jinsiy bo'g‘in hisoblanadi,zigota hosil qiladi C)spora hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik D)ikki jinsli, yashil, fotosintez qiladi, jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi 22.Qirqquloqlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi; 2) zigota hosil qiladi; 3) sporangiyga ega; 4) ildizpoyali o‘simlik; 5) fotosintez qiladi; 6) poya-bargli o'simlik; 7) ko‘p hujayrali anteridiyga ega. A) a-2,4; b-1,6 B) a-2,7; b-3,4 C) a-5,7; b-3,4 D) a-3,6; b-1,2 23. Yer yuzida qirqquloqlarning nechchiga yaqin turi tarqalgan? A) 20000 B) 30 C) 10000 D) 2000 24. Yer yuzida yo'sinlarning nechchiga yaqin turi tarqalgan? A) 20000 B) 30 C) 10000 D) 2000 25. Qirqbo‘g‘imlarning jinsiy bo'g'ini haqida to'g'ri ma'lumot berilgan qatorni toping. A) Anteridiylari bir xivchinli B) Anteridiylari ko'p xivchinli C) Arxegoniy anteridiydan kichikroq D) Anteridiy chetlari butun 26. Zuhrasoch qirqqulog'i haqida to'g'ri ma'lumotni toping. A) Bir yillik o't B) Bargining uzunligi 10-20 sm C) Toq patsimon D) Soruslar bargning ostki tomonida joylashgan 27. Virgin archasining vatani? A) Janubiy Amerika B) Shimoliy Amerika C) Markaziy Amerika D) Janubiy Afrika 28. O'zbekistonda archaning nechta turi uchraydi? A) 3 B) 7 C) 9 D) 10 29. Na'matak mevasi haqida berilgan to'g'ri ma'lumotni toping. A) Och pushti, etdor B) Ovalsimon C) Uzunchoq tuxumsimon D) gipovitaminoz kasalligini oldini olishda iahlatiladi 30. Ra'nodoshlar oilasiga tegishli to'g'ri ma'lumotni toping. A) Na'matak yovvoyi atirgullarning madaniy turi B) Na'matak madaniy atirgullarning yovvoyi turi C) O'zbekistonda na'matakning 10 ta turi uchraydi D) O'zbekistonda na'matakning 340 dan ortiq navi ekiladi
1. D 16. A 2. C 17. C
3. A
18. B 4. B
19. C 5. C
20. B 6. D
21. B 7. A
22. A 8. C
23. C 9. A
24. A 10. D
25. B 11. A
26. D 12. A
27. B 13. A
28. A 14. B
29. C 15. D
30. B Download 38.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling