1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?


Ozbekistonning eng yangi tarixi va uni boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog'liqligi?


Download 126.79 Kb.
bet2/75
Sana23.01.2023
Hajmi126.79 Kb.
#1112551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Tarix imtixon javoblari.WPS Office

2.Ozbekistonning eng yangi tarixi va uni boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog'liqligi?
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar.

Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o‘rganish obyekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir.Xulosa shuki O‘zbekiston eng yangi tarixi fani ya’ni, Vatan tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevoy» lar uchun kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to‘kish evaziga jamiyatni o‘zgartirdi. Oxir oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» inqirozga uchradi. Tarixda kommunistik g‘oya o‘z isbotini topmadi. Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir tarix saboqlari – falsafasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘tmishlari qanchalik o‘zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo‘lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida, yagona konstitutsiya qabul qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to‘g‘ri anglashining hosilasidir.



Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling