1. Paleolit davri bosqichlari
Download 5.53 Kb.
|
1. Paleolit davri bosqichlari-fayllar.org
1. Paleolit davri bosqichlari 1.Paleolit davri bosqichlari 2.Yuqori paeolit davri odamlari hayotida yuz bergan buyuk o’zgarishlar va ibtidoiy jamoatchilik tarixining boshlanishi xuxusiyatlarini izohlang 1. Insoniyat taraqqiyotining eng uzoq davom etgan davri-paleolit hisoblanadi.”Paleolit” so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib, qadimgi tosh davri deganidir.Paleolit davri xronologik jihatdan 3 mln yildan 12 mingyillikgacha davom etgan va uch davrga-ilk,o’rta va so’nggi davrlarga bo’linadi. ILK PALEOLIT davri ilgari shell va ashel davrlariga bo’lingan.Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida,uni olduvay va ashel davrlariga bo’lishdi.Ilk paleolit davriga oid Abbevil yodgorligi Fransiyaning Sena daryosi qirg’oqlaridan topilgan.U yerda 1835-yilda M.Pikar dastlabki tosh qurollarini topgan.Keyinchalik Bushe de Pert tadqiqot ishlarini olib borgan.1932 yildan F.Breyl Fransiyaning ilk paleolit davrini Abbevil deb nomlagan.Bugungi kunda Yevropada ilk paleolit davri shell emas,abbevil deb atadi.Ilk paleolit davri jahon arxeologiyasida 3 mln yillik-100 mingyilliklarni o’z ichiga oladi.O’zbekistonda 1 mln-100 mingyillklarni o’z ichiga olgan edi.Ilk paleolit davri odamlari chopperlardan foydalanishgan. Ilk chopperlar Olduvay(Tanzaniya) darasidan topilgan.Bunday qurollar Koda,Gona(Efiopiya), Janubiy Afrika, Selungur (Farg’ona) dan topilgan.Ilk paleolit davri makonlari G’.Yevropa, Afrika,J.Osiyo, Armaniston ,O’rta Osiyo , Qozog’iston , Xitoy hududlaridan topilgan. Jumladan, Turkmanistonda Yangadja,Tojikistonda Onarcha,Qizilqala,Qayroqqum,Ko’hipiyoz, Qirg’izistonda Xo’jago’r,Uchqo’rg’on,Farg’onada Selengur,Ko’lbuloq. O’zbekistondagi ashel davri yodgorliklarini Islomov,Kraxmal,Qosimov,Omonqulov o’rgangan. O’RTA PALEOLIT davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi.Bu davrga oid yodgorliklar Fransiyaning Muste g’oridan topilgan.O’rta paleolit 100-40 mingyilliklarni o’z ichiga oladi.O’rta paleolit davrida neandertal odam yashagan.Bu davr odami Germaniyaning Neandertal vodisidan topligan.Xuddi shunday odam 1938-yili A.Okladnikov tomonidan Teshiktosh g’oridan topilgan.Hozirgi kunda O’rta Osiyo hududida yodgorliklarning soni 300 dan ortgan.Ularning 50 tasi keng o’rganilgan.Bu davr yodgorliklari Islomov,Kraxmal, Okladnikov,Ranov,Qosimov,Sulaymonov,Mirsoatov,Toshkenboev,Abramova tomonidan tadqiq qilingan.Toshkent vohasining o’zidan 30 dan ortiq yodgorliklar topilgan. SO’NGGI PALEOLIT Yuqori paleolit tushunchasi bilan ham ishlatiladi.Bu davr mill.avv. 40-12 mingyilliklarni o’z ichiga oladi.So’ngi paleolit davrida kramanon odami yashagan.Olimlar bu davr odamini Homo sapiens-aqlli odam deb ham ataydilar.So’nggi paleolit davri yodgorliklari O’zb hududida o’rta paleolit davridan ko’ra kam topilgan.Bunga sabab ,muzlar eriy boshlagach,odamlar vodiy bo’ylarida yashay boshlagan.Hozirgi kunda O’rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 dan oriq yodgorlik topilgan bo’lsa,ularning 10 tasi O’zb da joylashgan. Page 1 of 2 Ulardan Zarafshon vohasidan topilgan Samarqand ,Siyopcha,Xo’jamazgil makonlari yaxshi o’rganilgan,Ko’lbuloq,Bo’zsuv,Takalisoy,Tuyabo’g’iz makonlaridan ham so’nggi paleolit izlari topilgan. 2.Yuqori paleolit davri odamlari xo’jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug’u,yovvoyi ot,sirtlon,arhar,qulon va tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan.Daraxt mevalari,don va ildiz mevali o’simliklar ham ovqat sifatida ishlatilgan.Baliqchilikning dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan.Tosh qurollariga ishlov berishning retushlash usuli ixtiro qilingan.Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib,kerakli shaklga keltirishdir.Bu davrda tosh pichoqlar paydo bo’lgan.Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirgich bo’lgan.So’nggi paleolit davrida qarindosh urug’chilik munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilarning jismoniy va aqliy rivojlanishida o’zgarishlar yuz berdi.Irqlar vujudga keldi.So’nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o’zgarishlardan yana biri,bu san’atning kashf etilishidir.San’atning vujudga kelishi insonning diniy tasavvuri nilan ham bog’liqdir Page 2 of 2 http://fayllar.org Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling