Obyektivlik prinsipi. Ushbu umumilmiy prinsip bilish jarayonini dialektik
materialistik talqin qilish bilan bog'liqdir. Obyektiv mavjud bo'lgan borliqni to'g'ri yoki
taxminan to'g'ri aks ettiruvchi ilmiy bilimning obyektivligini tan olish uning o'zagini tashkil
etadi. Haqiqat bilimlarning mohiyatidan iboratdir, ular bilimni anglovchi kishining irodasi
va istaklariga bog'liq bo'lmaydi. Ammo ayni vaqtda obyektiv sifatlar, aloqalar va tashqi
dunyoning munosabatlari bilim subyektining ongida in'ikos etib, uning bilish predmetiga
aylanadi, undan muayyan xulosalar chiqariladi, u yoki bu munosabat shakllantiriladi.
Ushbu subyektiv holatlar ta'lim jarayoni sifatini boshqaruvchi maktabgacha ta'lim
muassasasi pedagogik va boshqaruv xodimlarining yaxshi nazariy tayyorgarligi sharoitida
obyektiv mazmun bilan mos keladi.
Modomiki, maktabgacha ta'lim sifatini boshqarish jarayoni hamisha, eng awalo,
baholash ko'rsatkichlarini tanlash, tegishli baholash mezonlaridan foydalanish, olingan
ma'lumotlarni ekspert baholashi mobaynida talqin qilishning to'g'riligi va hokazolar bilan
bog'liq yetarlicha miqdordagi subyektiv omillarni o'ziga qamrab olar ekan, bunda uning
subyektlari uchun olingan ma'lumot va uning bahosining xolisligiga va aniqligiga erishishga
intilish o'ta muhimdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini
takomillashtirishga nisbatan bu prinsipni amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi:
ta'lim jarayoni sifatini belgilovchi muhim xususiyatlarni muvaqqat omillar tufayli
paydo bo'ladigan nomuhim xususiyatlardan ajratish va buning natijasi sifatida
boshqaruv ta'sirlarining to'g'ri yo'nalishini tanlash;
ta'lim jarayonini uning miqdoriy va sifat tavsiflari birligida tadqiq qilish;
ta'lim jarayoni sifati va uning natijalarini ularni keltirib chiqargan aniq tashqi va ichki
holatlar kontekstida ко'rib chiqish;
informativlik, obyektivlik va ishonchlilik talablariga javob beruvchi nazorat-baholash
vositalaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |