1. Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi O'qituvchining kasbiy mahorati
belgilangan tartibda ro'yxatdan o‟tkaziladi. Quyidagilar
Download 460 Kb.
|
Pedagogikaning kasbiy kompetensiyalari Halollik va kasbga sadoqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- O yinning bola faoliyatidagi mohiyati va oziga xosligi 2.
belgilangan tartibda ro'yxatdan o‟tkaziladi. Quyidagilar:
davlat boshqaruv organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat korxonalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilodari davlat maktabgacha ta‟lim muassasalarining muassislari bo'lisfii mumkin Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi: - umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari; ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun); - sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun); Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi. Maktabgacha ta‟lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi belgilangan davlat me‟yorlariga va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta‟minlaydi. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasasining ish kun tartibi iva u yerda qancha vaqt bo'Iishi Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi. Maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha ta'lim muassasalariga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyotxodimlari tomonidan ta‟minlanadi, ular Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig‟i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me‟yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organlariga yuklanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta‟lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan Iozimnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi mumkin emas. Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilariDavlat maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylikkengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta‟lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi. Ota-onalar: o'z bolalari uchun ta‟lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta‟lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta‟lim- tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish; muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash; bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat‟iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli pedagogik ma‟lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta‟lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi. Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta‟lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha‟ni va qadr-qimmatini himoya qilish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish; ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajada ta‟lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta‟lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota- onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Mavzu: O‟yin bola tarbiyasining muhim vositasi Reja: 1. O 'yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o'ziga xosligi 2. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari 3. Bolalar o‟yinlarining turkumlari O'yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o'ziga xosligi O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomilla- shuv usulidir. O'yin kattalar hayotida muayyan o'rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan, U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta‟lim bilan uzviy aloqada bo'lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Bola shug'ullanadigan ko'pchilik jiddiy ishlar o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o'ylaydi. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san‟atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba‟zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. YAKomenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaf- larning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan». Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga e‟tiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyida- gilarga rioya qilishi lozim. 1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish 2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma‟lum maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o'qiydi. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling