1. Personalni boshqarishning asosiy funksiyalarini o‘zida aks ettiruvchi nechta tarkibiy qism mavjud va ular qaysilar?


Download 15.6 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1678036
Bog'liq
Test


Test
1. Personalni boshqarishning asosiy funksiyalarini o‘zida aks ettiruvchi nechta tarkibiy qism mavjud va ular qaysilar?
A. 4 ta: Personalni tanlash, personalni rivojlantirish, personalni baholash, personalni rag‘batlantirish.
B. 3 ta: Personalni rivojlantirish, personalni baholash, personalni rag‘batlantirish.
C. 4 ta: Personalni aniqlash, personalni belgilash, personalni rivojlantirish, personalni baholash.
D. 3 ta: Personalni tanlash, personalni yuksaltirish, personalni rag’batlantirish.
2. Personal so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A. Hodimlar tarkibi
B. Ishchi
C. Boshqaruvchi shaxs
D. Yetakchi shaxs.
3. Boshqaruv personali qanday asosiy toifalarga bo‘linadi?
A. Rahbarlar va mutaxassislar.
B. Boshqaruvchi va direktor.
C. Menejer va xizmatchi.
D. Rahbar va ishchi hodimlar.
4. Personalni boshqaruv funksiyasining qanday sohalari mavjud?
A. Insonlarga rahbarlik qilish (yetakchilik) va tahliliy ish.
B. Rahbarlik va xizmatchilik.
C. Menejerlik va boshqaruv.
D. Ishchi va xizmat hodimlari.
5. Personalga ega bo‘lish degani nima?
A. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
B. Personal bilan ish olib borish barcha yo‘nalishlarini belgilab olish.
C. Personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, boshqaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
D. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
6. Personalni baholash deganda nima tushuniladi?
A. Korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning
hissalarini aniqlash.
B. Hodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniqlash.
C. Personalni bevosita rahbarlar – bo‘lim rahbarlari tomonidan boshqarish.
D. Ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.
7. Personalni rejalashtirish deganda nima tushuniladi?
A. Personal bilan ish olib borish barcha yo‘nalishlarini belgilab olish.
B. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
C. Personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, boshqaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
D. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
8. Personalni rivojlantirish degani nima?
A. Personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, boshqaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
B. Personal bilan ish olib borish barcha yo‘nalishlarini belgilab olish.
C. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
D. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
9. Personalni bo‘shatish deganda nima tushuniladi?
A. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
B. Personal bilan ish olib borish barcha yo‘nalishlarini belgilab olish.
C. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
D. Personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, boshqaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
10. Personal ish sifatini baholash deganda nima tushuniladi?
A. Hodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniqlash.
B. Korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning
hissalarini aniqlash.
C. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
D. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
11. Personalga rahbarlik qilish degani nima?
A. Personalni bevosita rahbarlar – bo‘lim rahbarlari tomonidan boshqarish.
B. Korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning
hissalarini aniqlash.
C. Korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o‘z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
D. Shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq barcha tadbirlar.
12. Personalni nazorat qilish deganda nima tushuniladi?
A. Ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.
B. Korxona yoki uning bo‘linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning
hissalarini aniqlash.
C. Hodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniqlash.
D. Personalni bevosita rahbarlar – bo‘lim rahbarlari tomonidan boshqarish.
13.Ilmiy menejmentning asoschisi kim?
A. Frederik Teylor
B. Adam Smit
C. Elton Meyo
D. Anri Fayol
14. Kompaniya degani nima?
A. Iqtisodiy faoliyat olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi.
B. Manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasi.
C. Biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati.
D. Korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi.
15. Konsern nima?
A. Manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasi.
B. Iqtisodiy faoliyat olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi.
C. Biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati.
D. Korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi.
16. Korporatsiya nima?
A. Biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati.
B. Iqtisodiy faoliyat olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi.
C. Manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasi.
D. Korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi.
17. Firma nima?
A. Korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi.
B. Iqtisodiy faoliyat olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi.
C. Manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasi.
D. Biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati.
18. Affilirlangan (qo‘shilgan) firmalar deb qanday firmalarga aytiladi?
A. Filial, sho‘ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar;
B. Tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar.
C. Kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi.
D. Investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar.
19. Konsalting firmalar deb qanday firmalarga aytiladi?
A. Maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisosdashgan firmalar.
B. Muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisoslashgan firmalar.
C. Yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar.
D. Aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan firmalar.
20. Venchur firmalar deb qanday firmalarga aytiladi?
A. Kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi.
B. Muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisoslashgan firmalar.
C. Yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar.
D. Aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan firmalar.
21. Investitsion firmalar deb qanday firmalarga aytiladi?
A. Investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar.
B. Tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar.
C. Kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi.
D. Filial, sho‘ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar.
22. Rieltor firmalari qanday firmalar hisoblanadi?
A. Ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga ixtisoslashgan bo‘ladi.
B. Aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi.
C. Kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi.
D. Investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar.
23. Mulkdorlar (aksiyadorlar) kim?
A. Bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo‘lishi mumkin.
B. Ular kompaniya, uning tarkibiy bo‘linmasiga rahbarlik qiladilar.
C. Bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o‘rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.
D. Korxona mustaqil boshqarma va bo‘limlari rahbarlari hisoblanadi.
24. Tashkiliy tuzilma degani nima?
A. Boshqaruv bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘liq, o‘zaro bo‘ysunuvchi tarkibi.
B. Boshqaruv funksiyalarining rahbariyat va alohida bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
C. Hodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlari.
D. Mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifoda etadi.
25. Boshqaruv apparati deganda nima tushuniladi?
A. Boshqaruv tizimining tegishli bo‘linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
B. Muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo‘linmalaridan iboratdir.
C. Korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo‘g‘inlari (bosqich, darajalari).
D. Tashkiliy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom asosida boshqaruv bo‘g‘inining mustaqil qismi.
Download 15.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling