1. Plastik va rezina materiallarini mikroorganizmlarga chidamlilik xususiyati


Download 84 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi84 Kb.
#188078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan material va buyumlar

TABIIY TERI VA TERI MAHSULOTLARI. Ma’lumki, tabiiy teri kiyim, oyoq kiyimi, kundalik hayotda qо‘llaniladigan va texnik buyumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Oshlanmagan xom teri atrof-muhit sharoitlari, birinchi navbatda, biologik faktorlar ta’sirida tez parchalanadi. Teri tirik tabiatga tegishli mahsulot bо‘lgani uchun uni mog‘or zamburug‘lari, bakteriyalar, hasharotlar va boshqa organizmlar substrat (ozuqa manbai) sifatida о‘zlashtiradi va teri biogen moddalar aylanishi jarayoniga kiritiladi. Oshlangandan va reagentlar bilan kо‘p bosqichli kimyoviy ishlov berilgandan sо‘nggina teri tovarlik sifatiga ega bо‘ladi. Ayni jarayonda uning biochidamliligi oshadi.

Biozararlanish xavfi katta bо‘lgan (tropik va subtropik iqlimlarda, ba’zi maxsus ishlab-chiqarish) sharoitlarda oddiy ishlovlar teri va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab qilinadigan biochidamlilikni ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda biozararlanishga qarshi teri va teridan tayyorlangan mahsulotlarga qо‘shimcha ishlov beriladi.



Xulosa
Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.

Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.

Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.

Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling