1. Polimer so'zining ma‘nosi? A poli-ko‘p meros-o‘lcham


Download 29.06 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi29.06 Kb.
#1204680
Bog'liq
Polimerlar kimy-WPS Office


Polimerlar kimyosi
Test
1. Polimer so'zining ma‘nosi?
A)poli-ko‘p meros-o‘lcham
B) poli- ko‘p meros-qism
C) poli-oz meros-qism
D) A va B javoblar to‘g‘ri
2. Polimerlarning molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo'lganligi uchun
........... deb ataladi. Nuqtalar o‘rniga kerakli so'zni so'zni qo‘yib javobni toping?
A) mikromolekulalar
B)polimolekulalar
C) yuqori molekulali birikmalar (YuMB)
D) makromolekulalar
3. Polimer molekulasining tarkibiga kirgan va uning ko‘p marta qaytariluvchi atomlar
guruhini tashkil qilgan bo‘g‘ini nima deyiladi?
A) monomer
B) brutto
C)oddiy bo‘g‘in
D) A va C javoblar to‘g‘ri
4. Makromolekulalarning bo‘g‘inlar soni qaysi harf bilan belgilanadi?
A)k B)p C) t D)n
5. Odatda makromolekulalarning polimerlanish darajasi nechaga teng bo‘ladi?
A)10
B)100
C)1000 .......
D)Barcha javoblar to‘g‘ri
6. Polimer makromolekulasining eng muhim xususiyati qaysi?
A)zanjirsimon tuzilganligi
B)molekulani chiziqli uzunligining ko'ndalang o'lchamidan ko‘p marta kattaligi
C) polimerlarning molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo'lganligi
D) A va B javoblar to‘g‘ri
7. Eng katta DNK uzunligi qancha
A)20metr B) 60metr C) 80metr D) 40metr
8. Polimer moddalar qanday holda eriydi
A) to‘g‘ridan to‘gri eriydi
B) avval eriydi, so‘ngra bo‘kadi
C) erimaydi
D) avval bo‘kadi, so'ngra eriydi
9. Polimerlarning eritmasining qovushqoqligi benihoya katta bo'lib, necha foizli eritmasi gelga aylanadi?
A) 2-4%li B) 4-5%li C)2-3%li D)1-2%li
10. Polimerlarning aniq ilmiy nomi nima?
A) mikromolekulalar
B) polimer
C) A va B javoblar to‘g‘ri
D) yuqori molekulali birikmalar
11. Qachon O'zR FA kimyo institutida polimerlar laboratoriyasi
tashkil etilgan?
A) 1959-yil B) 1956-yil C) 1960-yil D) 1950-yil
12. Kimyo institutida tashkil etilgan labaratoriyaga kimni mudir etib tayinlagan?
A) V.A Kargin B)M.A Asqarov C) T. Abdurashidov D) H.U Usmonov
13. Moskva Davlat Universitetida birinchi "Yuqori molekulali birikmalar "kafedrasida birinchi kim
ma‘ruza o‘qiy boshlagan?
A) H.U Usmonov B) A. Yulchiboyev C) M.A.Asqarov D) V.A Kargin
14. Qachon O‘zR FA tarkibida Polimerlar kimyosi instituti tashkil etilgan?
A)1950-yil B)1963-yil C)1957-yil D) 1959-yil
15. Polimerlar kimyosi fani qaysi fanlar bilan bog‘liq?
A)analitik kimyo , organik kimyo
B)fizik va kalloid kimyo, eksprimental biologiya
C)genetika, fizika, qishloq xo'jalik
D) barcha javoblar to‘g‘ri
16. O‘tgan asrning 40-yillar oxirlarida polimer eritmalarning fizik kimyoviy xossalarini o‘rganib fanga asos solgan olimlarni toping?
A)O‘.N.Musayev, H.U.Usmonov
B) H.U.Usmonov, T.M.Mirkomilov
C) K.S.Ahmedov, O‘.N.Musayev
D) H.U.Usmonov, K.S.Ahmedov
17. Qaysi olim O‘rta Osiyo Davlat Universitetining "Fizikaviy kimyo" kafedrasida polimerlar kimyosidan maxsus kurs o'qib mutaxassislar tayyorlagan
A) K.S.Ahmedov
B)O‘.N.Musayev
C) M.A.Asqarov
D) H.U.Usmonov
18. Polimerlar kimyo va fizikasi institutining asoschisi va rahbari kim?
A) H.U.Usmonov
B) M.A.Asqarov
C) O‘.N.Musayev
D)S.Sh.Rashidova
19. Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1978-yil B)1987-yil C)1969-yil D)1979-yil
20. O‘zbekistonda Polimerlar kimyosi fani rivojlanishiga o'z hissasini qo'shgan professorlarni toping?
A) A.Yulchiboyev, T. Abdurashidov, M.A.Asqarov
B) M.A.Asqarov, T. Abdurashidov, T.M.Mirkomilov
C) A.Yulchiboyev, T.M.Mirkomilov, T. Abdurashidov
D) A.Yulchiboyev, T. Abdurashidov, O‘.N. Musayev
21. Zanjirli kimyoviy jarayon bo'lib, unda monomer molekulasining o‘sayotgan zanjirida bog‘lanishi getrolitik yo‘l bilan amalga oshishiga nima deyiladi?
A)kationli polimerlanish
B)Anionli polimerlanish
C)radikal polimerlanish
D)Ion polimerlanish
22. Ionli polimerlanish reaksiyalari qaysi reaksiyalari asosida sodir bo‘ladi?
A)kationli polimerlanish reaksiyalari
B)Anionli polimerlanish reaksiyalari
C) A va B javoblar to‘g‘ri
D) radikal polimerlanish reaksiyalari
23. Sokatalizatorlar qaysi reagent ishtirokida ishlaydi?
A) platina
B) Temir
C) qo‘rg‘oshin
D) suv
24. Nechanchi yildan boshlab natriy metali katalizatori ishtirokida izoprenni polimerladi va sintetik kauchuk ishlab chiqarila boshladi?
A) 1923-yildan B) 1930-yildan C) 1925-yildan D) 1932-yildan
25. Ionli polimerlanish reaksiyalarida faol markaz rolini ............ yoki ......... bajaradi?
A)Tabiiy va Sun'iy
B) Kationlar va radikallar
C)Anion va radikallar
D) kation va anionlar
26. Anionli polimerlanish reaksiyalarining monomerlari qaysilar?
A)CH2=CXY turidagi to‘yinmagan birikmalar
B)geterosiklik birikmalar
C)karbonil guruh saqlovchi birikmalar
D) barcha javoblar to‘g‘ri
27. Geterosiklik birikmalarga qaysi birikmalar kiradi?
A)oksidlar, tioksidlar, aldegidlar
B) oksidlar, laktonlar, laktamlar, natriy naftillar
C) tioksidlar, aldegidlar, kaliy naftilllar
D)oksidlar, tioksidlar, laktonlar, laktamlar, siloksanlar
28. Anionli polimerlanish reaksiyasi tezligi ......... va ........... konsetratsiyasining ortishi bilan oshadi?
A) harorat va katalizator
B)monomer va harorat
C) katalizator va muhit
D) monomer va katalizator
29. Anionli polimerlanish reaksiyasining tezligi va hosil bo‘lgan polimerning molekulyar massasini topish uchun qaysi tenglamadan foydalaniladi?
A)V=[M][l○]
B)V ¡n=k¡n *[/]
C) P=q*[M]/[l]
D) A va C javoblar to‘g‘ri
30. Anionli polimerlanishda asosli harakterga ega bo'lgan moddalar qaysilar?
A) silkosinlar, laktonlar
B)aldegidlar, oksidlar
C) alkogolyatlar, oksidlar
D) ishqoriy va ishqoriy yer metallarning hosilalari
31. Polizopren olishda litiyli katalizator ishlatilganda sis-1,4-zvenolar miqdori necha foiz?
A) 88% B) 68% C)78% D)94%
32. Kationli polimerlanishda o‘rinbosar saqlovchi monomer qaysi?
A)karbonil guruh
B) rekombinasiya
C) initser
D) elektronodonor
33.Protonli kislotalarga qaysi birikmalar misol bo‘ladi?
A)H2SO4, HClO, HF, HNO3, HBr, H3PO4
B) HClO3,HF, HBr, H2SO4
C)H2PO4, H2SO4, HF, HClO4
D)H2SO4,HCl, H3PO4, HIO4, HF, HBr
34. Kationli polimerlanishda qaysi moddalar monomer bo‘la oladi?
A) tarkibida elektronodonor guruhlar saqlovchi viyen va diyen monomerlar
B) karbonil guruh saqlovchi birikmalar
C)geterosiklik monomerlar
D) barcha javoblar to‘g‘ri
35. Fridel-Krafts reagentlari yana qanday nom bilan ataladi?
A)protonli kislotalar
B) Aprotonli kislotalar
C)spirtlar
D) Lyuis kislotalar
36. Aproton kislotalar ishlatilganda qaysi sokatalizatorlar kerak bo'ladi?
A)suv, spirtlar, aldegidlar, ketonlar
B)proton kislotalar, efirlar, izopren
C) formaldegid, suv, spirtlar
D) suv , spirtlar, proton kislotalar, efirlar
37. Kationli polimerlanish reaksiyasiga qaysi katalizator ishtirokida polipropilenni sintezlash mumkin?
A)formaldegid
B) xlorat kislota
C)izobutilen
D)xlorid kislota
38. 0-nitrotoluol va etanol qanday muhitda kationli polimerlanish reaksiyasiga bormaydi?
A) kislotali
B) ishqoriy
C) neytral
D)spirtli
39. Qachongacha sanoatda polimer asosan radikal polimerlanish reaksiyasi asosida olinar edi?
A) XX asrning 60- yillarigacha
B) XIX asrning 90-yillarigacha
C) XIX asrning 50-yillarigacha
D) XX asrning 50-yillarigacha
40. Hozirgi vaqtda necha foiz polimerlar ionli polimerlanish reaksiyalari yordamida olinadi?
A) 50% B)25% C)40% D)20%
41.Kation polimerlanish reaksiyalari necha gradusda õtkaziladi?
A)-60-70⁰C B)-40-60⁰C C)-80-90⁰C D)-50-70⁰C
42. Aproton kislotalarning umumiy formulasini toping?
A) CH2=CXY B)CHX C) CXY D) MeXn
43. Karbonil guruh saqlovchi birikmalar tarkibiga qaysi moddalar kiradi?
A)izopren B)izobutilen C) efirlar D)formaldegid
44. Õsayotgan zanjirning oxirgi atomidagi zaryadning ishorasiga qarab, _________ va __________ polimerlanish farqlanadi?
A)erkin va qarshi
B) qutblangan va qutblanmagan
C)õsish va uzilish
D)anionli va kationli
45. Kation polimerlanishda muhitning roli qanday?
A) Aktiv markazlar (qutblangan molekulalar, Ion juftlar yoki erkin ionlar)ni u yoki bu shakllarini stabilizasiya qilish (barqarorlashtirish)
B)Katalizator komponentlari orasidagi boğ harakteri ularning xossalariga va reaksion muhitning tabiatiga boğliq
C)Aktiv markazlarning reaksion qobiliyatini õzgartirish. Bu muhitning qutbliligi, õziga xossalarini solvatlanish, erituvchining sokatalitik ta'siriga boğliq
D) A va C javoblar to‘g‘ri
46. "Stirol-SnCl4-erituvchi" sistemada benzoldan nitrobenzolga õtilganda polimerlanish tezligi necha marta ortadi?
A)70marta B) 80marta C) 50marta D) 100marta
47. Hozirgi vaqtda qaysi birikmani olish uchun koordinasion-ionli polimerlanish keng ishlatilmoqda?
A)geterosiklik birikmalar
B) aproton kislotalar
C)proton kislotalar
D)stereoregulyar polimerlar
48. Stereogulyar polimerlar olishda ishtirok etadigan katalizatorlar nima deyiladi?
A)katalizator regenrasiya
B)protondonor
C) faol markaz
D) stereospisifek katalizatorlar
49. Stereogulyar polimerlar qanday monomerlar asosida olinadi?
A)a-olefinlar B) diyenlar C)qator qutbli D) barcha javoblar to‘g‘ri
50. Ishlab chiqarishda __________ katalizatorlaridan aluminiyalkil yoki alkilgalogenidlarning titan galogenidlari bilan aralashmalari ishlatiladi?
A) stereoregulyar
B)stereospisifek
C) geterosiklik birikmalar
D)Sigler-Natta
51. Stereospisifek katalizatorlarning keng tarqalgani organik birikmalarga nechanchi guruh
metallarini ta'sir ettirib olinadi?
A) VII-VIII guruh B)III-IV guruh C)II-IV guruh D)I-III guruh
52. Sigler-Natta katalizatori qachon ochilgan?
A) 1956-yil B) 1960-yil C) 1965-yil D)1954-yil
53. Sigler-Natta katalizatorining afzalligi nimada?
A)ularning tarkibini keng oraliqda õzgartirish mumkin
B)Aktiv markazlarning reaksion qobiliyatini õzgartirish
C)katalizatorning katalitik aktivligini va stereospisifek ta'siri keng intervalda õzgaradi?
D) A va C javoblar to‘g‘ri
54. Sigler-Natta katalizatori qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
A) qutbsiz olefinlar, diyenlarni polimerlashda
B)etilen va propilenlarni polimerlashda
C)butadiyen va izoprenlarni polimerlashda
D) barcha javoblar to‘g‘ri
55. Koordinasion-ionli polimerlanishda Al(C2H5)3-TiCl3 katalizatorida necha foizgacha stereoregulyar tuzilishli polimer hosil bõladi?
A) 89% gacha B) 90%gacha C) 85%gacha D) 96%gacha
56. Stereogulyarlik reaksion muhitda qõshimchalar bõlganda va __________ kõtarilganda kamayadi. Qoldirilgan so'zni qo‘yib javobni toping?
A) bosim B) konsentratsiya C)zichlik D) harorat
57. Halqaning ochilishi bilan boradigan polimerlanadigan birikmalarni toping?
A)siklik oddiy efirlar, siklik asetallar
B)siklik murakkab efirlar, laktonlar
C)siklik amidlar, laktamlar, siklik aminlar
D) barcha javoblar to‘g‘ri
58. Oddiy efirlarning qaysi birikmalaridan kation va anionli katalizatorlar ta'sirida chiziqli poliefirlar hosil qilib bõlmaydi ?
A)uch a'zoli B) tõrt a'zoli C)besh a'zoli D) barcha javoblar to‘g‘ri
59. Oddiy efirlarning qaysi birikmasi polimerlanmaydi?
A) ikki a'zoli B) yetti a'zoli C) sakkiz a'zoli D) olti a'zoli
60. Molekulyar massasi katta bõlgan polimerlar qanday agregat holatda bõladi?
A)suyuq B) qovushqoq va tolasimon C) kristall D)tolasimon va qattiq kristall
61. Molekulyar massasi katta bõlgan polimerlar qaysi moddalarda eruvchan bõladi?
A)suv, spirt, benzol B) xlorid kislota, suv, spirt
C) sulfat kislota, spirt, xloroform D)suv, xloroform, benzol
62. Trioksan polimerlanganda nima hosil bõladi?
A) polifarmaldegid B) dioksan
C) polipropilen D) polioksimetilen
63. Qaysi moddalar kationli insiatorlar ta'sirida polimerlanadi?
A)asetallar, izopren B) trioksan, polipropilen
C) 1,3 dioksan, aseton D) asetallar (trioksan, 1,3 dioksan), tetragidrafuran
64. Polioksimetilen yomon eriydi va shuning uchun trioksanning massada polimerlanishi nima deyiladi?
A) Initserlash B) koordinasion-ionli polimerlanish
C) Kationli polimerlanish D) geterofazali jarayon
65. __________ ortishi bilan gidroliz tezligi ortadi?
A) bosim B) tezlik C) massasi D)harorat
66. Besh a'zoli laktam anion mexanizmi bõyicha poliamid hosil qilib polimerlanadi, hosil bo‘lgan poliamid necha gradusda insiator ishtirokida yana qaytadan monomer hosil qilib depolimerlanadi?
A) 50-60⁰C B)70-80⁰C C) 70-90⁰C D)60-80⁰C
67. Makromolekulasi bir necha xil takrorlanuvchi tashkil topgan reaksiyalarga nima deyiladi?
A)sopolimerlanish reaksiyalari
B)polimerlanish reaksiyalari
C)koordinasion-ionli polimerlanish reaksiyalari
D)sopolikondensasiyalanish reaksiyalari
68. Bir xil yoki har xil funksional guruhlarining ishtirokiga kõra nechaga bõlinadi?
A)3 B)4 C)5 D)2
69. Monomerlardagi funksional guruh soniga kõra polikondensasiyalanish reaksiyasi natijasida qanday mahsulotlar hosil bõladi?
A) oddiy efirlar
B) olefinlar va spirtlar
C)fenol va polipropilen
D) chiziqli va uch õlchovli
70. Fazoviy polimerlarni hosil qiluvchi ikki kompanentdan birida nechta funksional guruh bõladi?
A)3 B) 2 C)4 D) A va C javoblar to‘g‘ri
71. Fazoviy polimerlar jumlasiga kiruvchi qaysi birikmalar xalq xõjaligining barcha tarmoqlarida ishlatilib kelinmoqda?
A) fenol-farmaldegid, spirt, anilin-formaldegid
B) melamin-formaldegid, gliftal smolalar, murakkab efirlar
C) fenol-formaldegid, spirt, suv, murakkab efirlar
D)fenol-formaldegid, anilin-formaldegid, melamin-formaldegid, gliftal-smolalar
72. Mochevina necha funksionalli birikma?
A) 2 B)4 C) 5 D)3
73. Fenolning aldegidlar bilan kondensatsiyalanishi natijasida qanday moddalar olinadi?
A)rezol, rezit, rezina
B) fenol, novalak smolalar, rezit
C)novalak smolalar, rezol, formaldegid
D) rezol, rezit, novalak smolalar
74. Fenolformaldegid smolalarining ikkinchi nomi nima?
A)aminokapron
B)aminoenant
C)laktam
D)bakelit
75. Rezol smolalar qattiq va shishaga õxshash mõrt bõlib necha gradusda oquvchan holatga õtadi?
A) 50-90⁰C B) 40-60⁰C C) 50-70⁰C D) 60-90⁰C
76. Rezol smolalar qaysi moddalarda eriydi?
A)spirt, suv, aseton B) xlorid kislota, spirt, suv
C) suv, spirt, sulfat kislota D) spirt, benzol, benzol
77. Rezol smolalar qanday mahsulotlar olishda ishlatiladi?
A) rezina, yelim, lak B) pressporoshok, lak, politilen
C) politelin, lak, pressporoshok D)pressporoshok, yelim, lak
78. Amaliyotda novalakni rezol va rezit smolalar holatiga õtkazish uchun qaysi moddadan foydalaniladi?
A) geksametilentetraamin B) urotropin C) rezit smola D) A va B javoblar to‘g‘ri
79. Novalak smolaga qaysi modda qõshilsa rezolga aylanadi?
A) fenol B) rezol C) olefin D) formaldegid
80. Novalak smolani rezol farqi nimada ?
A)novalakda barcha metal guruhlar reaksiyaga tõliq kirishgan
B) qayta qizdirilganda uch õlchamli holatga õtmaydi
C)novalak smolaga formaldegid qõshib qizdirib uni ham avval rezol sõng rezit smolaga aylantirsa bõladi
D) barcha javoblar to‘g‘ri
81. Polikondensasiyalanish ikkitadan ortiq funksional guruhlar saqlagan monomerlar ishtirok etsa reaksiya natijasida qanday polimerlar hosil bõladi?
A)fazoviy va tõrsimon
B) tarmoqlangan va chiziqli
C) parallel va tarmoqlangan
D) tarmoqlangan va tõrsimon
82. Uch õlchovli polikondensasiyalanishning õziga xos xususiyati nimada?
A)qovushqoqligi B) kristall modda hosil bõlishi
C) õziga xos xususiyatga ega emas D) gel hosil bõlishi
83. Regulyator konsetratsiyasining MMga ta'sirini qaysi formula bn topish mumkin?
- - - -
A) P = 1/1-x B) Pg=1 C) g= P D) P = 1/g
84. Polikondensasiyalanish reaksiyasi mahsotlarining molekulyar massasiga ta'sir etuvchi omilllari qaysi?
A)monomerning polimerga aylanish chuqurligi
B)Boshlang'ich monomerlar monomerlar nisbatlari
C)MMni boshqaruvchi konsentratsiyalari; sintezi sharoiti
D) barcha javoblar to‘g‘ri
85. Polikondensasiyalanish termodinamikasida necha turdagi muvozanat qarab chiqiladi?
A)5 B) 4 C)3 D)2
86. Yetarli miqdordagi kam konsetratsiyalarda asosiy mahsulot sifatida siklik birikmalar hosil bõladi. Bu qaysi olimning qonuni?
A)Sigler-Natta B) Gell-effekti C)Shtaudinger D)Sigler suyultirish
87. Sikllanish qanday reaksiyalarga kiradi?
A)monomolekulyar B) chiziqli C)biomolekulyar D) A va B javoblar to‘g‘ri
88. Poliuretanlar qanday mahsulotlar olishda ishlatiladi?
A) sintetik-tolalar, kleylar B) qoplama materiallar
C)prolon-plastiklar D) qoplama materiallar, laklar
89. Qõshimcha mahsulotlar konsentratsiyalari qaytar reaksiyalar uchun K ning qiymati nechigacha bõlishi kerak?
A)10 gacha B) 10000gacha C) 1000gacha D)100 gacha
90. Qaytmas reaksiyalar uchun Kning qiymati qancha bõlishi kerak?
A)10da katta yoki teng B) 100dan katta yoki teng
C) 10000 Dan katta yoki teng D) 1000dan katta yoki teng
91. Bir yoki ikkita formaldegid molekulasi mochevina molekulasi bilan birikib qanday moddamoddalar hosilhosil bõladi?
A)metilmochevina va trimetilmochevina
B)dimetilmochevina va trimetilmochevina
C)metilmochevina va mochevina
D) metilmochevina va dimetilmochevina
92. Polikondensasiyalanish reaksiyasida har xil monomerlar ishtirok etsa, bunday reaksiyalarga nima deyiladi?
A) monopolikondensasiyalanish
B) sopolikondensasiyalanish
C)gomopolikondensasiyalanish
D) geteropolikondensasiyalanish
93. Reaksiyada ishtirok etuvchi monomerlarning soniga kõra polikondensasiyalanish reaksiyalari nechaga bõlinadi?
A)4 B)3 C)5 D)2
94. Destruksiyalar necha sinfga bõlinadi?
A)5 B)4 C)3 D)2
95. Destruksiyalar qanday katta sinflarga bõlinadi?
A) tabiiy va sun'iy B) faol va nofaol C) polimerlanadigan va polimerlanmaydigan
D) fizikaviy va kimyoviy
96. Kimyoviy moddalar ta'sirida boradigan jarayonga nima deyiladi?
A) fizikaviy destruksiya B) mexanik destruksiya
C) mexanokimyoviy destruksiya D) kimyoviy destruksiya
97. Destruksiya deb nimaga aytiladi?
A) issiqlik, quyosh nuri, yuqori energiyali nurlanishlar va mexanik ta'sirdan boradigan jarayonga aytiladi?
B)kimyoviy moddalar ta'sirida boradigan jarayon
C)issiqlik ta'sirida boradigan jarayon
D) makromolekulalar zanjirining uzilishi yoki parchalanishi, yonidagi õrinbosarlarning uzilishi yoki parchalanishi
98. Inert atmosfera va vakuumda yuqori temperatura ta'sirida polimerlarning parchalanishiga nima deyiladi?
A)termik destruksiya B) fizikaviy destruksiya
C)piroliz D) A va C javoblar to‘g‘ri
99. Eng beqaror polimerlar necha gradusda parchalana boshlaydi?
A)500-600⁰C B) 300-400⁰C C)100-150⁰C D)150-200⁰C
100. Polimeranologik õzgarishlarning xususiyatlari nimada?
A)ikkita oddiy A va B modda reaksiyaga kirishib C modda hosil qiladi?
B) Qõshimcha D modda hosil qiladi
C) reaksion aralashmada deyarli doim ozmi kõpmi reaksiyaga kirishmay qolgan A va B moddalar bõladi
D) barcha javoblar to‘g‘ri
101. Makromolekulyar reaksiyalar paytida makromolekulasining õrtacha massasining õzgarishiga qarab necha guruhga bõlinadi?
A) 6 B) 7 C) 4 D)3
102. Polimerlar tikilishining qanday xillari mavjud?
A) tikilish, blok, parachalanish
B) bõkish, parchalanish, tikilish
C) erish, tikilish, blok
D)tikilish, blok, payvand
103. Sanoatda olinadiga kõp tonnali polimerlarga qaysi polimerlar kiradi
A)polietilen va polistirol B) polimetilakrilat va polizopren
C) polimetilakrilat va polivinilxlorid D)polivinilasetat va polivinilspirt
104. Polivinilspirtdan qanday modda olinadi?
A) polietilen B) polistirol
C) polizopren D)polivinol
105. Polivinilspirtdan qanday maqsadda ishlatiladi?
A) bõyoq olishda B) Xalq xõjaligida
C) matoni oqartirishda D)pardozlashda
106. Polivinilspirtni nima uchun noyob polimer hisoblanadi?
A)polivinilspirtni polimerlab olib bõlmaydi
B) tabiatda yõq C) olib bõlmaydi D) barcha javoblar to‘g‘ri
107. Polimeranologik õzgarishlar natijasida hosil bõlgan polimer necha bõğinli sopolimer hosil qiladi?
A) 2 B)3 C)4 D) A va B javoblar to‘g‘ri
108. Reaksiyaga kirisha olmaydiga guruh bõğinlar miqdori Florining stastistik nazariy hisobiga kõra kamida necha foiz bõladi?
A)20% B)17,5% C)15% D)13,5%
109. "Qõshni ta'sir" deb ataladigan necha xil holat bõlishi mumkin?
A) 2 B)5 C)3 D)4
110. Radikal polimerlanishda olingan polimetilmetakrilatda disproporsiyalanish va kinetik zanjirning uzilishida necha foiz makromolekula allil guruhi bilan tugaydi?
A) 70% B)85% C)65% D)50%
111. Termooksidlanish destruksiyasida zanjirsimon radikal jarayon bo'lib, qanday bosqichlardan iborat?
A) oksidlanish va parchalanish B) oksidlanish va qaytarilish
C) termooksidlanish va parchalanish C) oksidlanish va termoparchalanish
112. Norrish mexanizmi bõyicha makromolekulaning necha xil parchalanish jarayoni hosil bõladi?
A) 5 B)4 C)3 D)2
113. Fotodestruksiyadan muhofaza qilishda polietilen plyonkalari qanday maqsadda ishlatiladi?
A) parniklarni ustini yopishda B) bahorda egatlarni ustiga yopishda
C) uy tomlarini yopishda D) A va B javoblar to‘g‘ri
114. Sellyuloza va uning hosilalari necha gradusda parchalana boshlaydi?
A) 150⁰C B) 250⁰C C)140⁰C D)120⁰C
115. Sellyuloza va uning hosilalaridan qanday maqsadlarda ishlatiladi
A)shinalarda kord nomli tola sifatida
B) omixtalashda termik destruksiya mexanizmi bilishda
C) penoplast olishda xomashyo sifatida
D) barcha javoblar to‘g‘ri
116. Sellyulozaning oddiy efirlari qaysi moddalarni ishroqiy muhitda faollashtirib olinadi?
A) karboksimetil sellyuloza
B)metilsellyuloza
C) etilsellyuloza
D) barcha javoblar to‘g‘ri
117. Paxta lintidan nima olish mumkin?
A) metilsellyuloza B)tabiiy sellyuloza
C)etilsellyuloza D) paxta sellyuloza
118. Sellyuloza tolasi qanday qismlardan tashkil topgan
A) Tabiiy va Sun'iy B) qattiq va yumshoq
C) kristall va tabiiy C) amorf va kristall
119. Mikrokristall sellyulozani yana qanday sellyuloza deb qarash mumkin?
A)kristall B) fibrilla C) amorf D)kalloid
120. Mikrokristallik sellyuloza qanday maqsadlarda ishlatiladi?
A)dori tabletkalari olishda, qattiq suspenziyalarni barqarorlashtirishda
B)kosmetikada va parfumeriyada krem va eritmalarni barqarorlashtirish
C)plenkalarni tõldirish va yumshatish
D) barcha javoblar to‘g‘ri
121. Tabiatda eng kõp tarqalgan tabiiy polimer qaysi?
A) polietilen B) politelin C) plyonka D) sellyuloza
122. Daraxt va õsimliklar oğirligining necha foizi sellyulozadan iborat?
A) 95% B) 80% C)75% D)60%
123. Sanoatda sellyuloza asosan daraxtdan olinib, u nima deb ataladi?
A) mikrosellyuloza B) kristallsellyuloza C) paxtasellyuloza D) yoğoch sellyuloza
124. Daraxtdan olingan sellyulozaning tozaligi necha % atrofida bõladi?
A)80-88% B)90-92% C)90-96% D)94-98%
125. Paxta lintining tarkibida necha foizgacha sellyuloza bõladi?
A) 80% gacha B) 85%gacha C)94%gacha D) 96%gacha
126. Sellyulozadan olinadigan pardalar nima deyiladi?
A) politelin B) plyonka C) gazlama D) sellofan
127. Sellyulozani rux xlorid eritmasi bilan aralashtirib, yuqori bosimda presslansa, u nimaga aylanadi?
A) sellofan B) gazlama C) oddiy efirlar D) fibra
128. Sanoatda qayta ishlash uchun zarur bõlgan sellyulozaning tozaligi necha foizdan yuqori bõlishi kerak?
A) 80% B)86% C)90% D)94%
129. Sellyuloza qizdirilganda necha gradus atrofida yumashashga ulgurmay parchalanib ketadi?
A) 300⁰C B)250⁰C C)350⁰C D)200⁰C
130. Sellyuloza mineral kislotalar va qaysi elementlar xloridlarining tõyingan eritmalarida eriydi?
A) rux, vismut B) surma, titan C) simob, qõrğoshin D) barcha javoblar to‘g‘ri
131. Nitrosellyuloza deb nimaga aytiladi?
A) azot bilan hosil qilgan murakkab birikma
B) azot (IV) oksidi bilan hosil qilgan murakkab efirlar
C) azot (V) oksidi bilan hosil qilgan murakkab efirlar
D) nitrat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlar
132. Nitrosellyulozaning rangi qanday ?
A) sariq B) jigarrang C) oqish D) oq
133. Nitrosellyuloza qanday suyuqliklarda yaxshi eriydi?
A) suv, spirt, aseton
B) spirt, aseton, xlorid kislota
C) etilasetat, suv, spirt
D) aseton, spirt, etilasetat
134. Nitrosellyulozaning asosiy kamchiligi nimada?
A) qattiqligi B) eruvchanligi C) mõrtligi D) yonuvchanligi
135. Nitrosellyuloza tayyorlash uchun sellyulozaning tarkibida necha % nam qolguncha quritish kerak?
A) 60% B)2% C)45% D)1,5%
136. Hozirgi vaqtda nitrosellyulozadan asosan, qanday mahsulotlar olinadi?
A) plastmassalar va plyonkalari
B) lak va tutunsiz porox
C) lak va plastmassa
D) tutunsiz porox va plastmassa
137. Tutunsiz porox olish uchun efirlanish darajasi nechaga teng bõlishi kerak?
A) 200-250 B) 230-250 C) 240-270 D)250-270
138. Plastmassa tayyorlash uchun aralashmaga necha foiz sulfat kislota kerak bo'ladi?
A) 60-80% B)30-45% C)70-75% D)60-65%
139. Selyullioddan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
A)turli shakl va hajmdagi listlar, shkalalar, galanteriya buyumlari
B) tirlidiametr va uzunlikdagi trubalar, õyinchiqlar, muzika asboblari qismlari
C)õlchov asboblarida ishlatiladigan sinmaydigan oynalar, hisoblash mashinalarining mexanizmlari
D) barcha javoblar to‘g‘ri
140. Atsetilsellyuloza sellyulozaning ___________ bilan hosil qilgan murakkab efiridir?
A) xlorid kislota B) karbonat kislota
C) silikat kislota D) sirka kislota
141. Bõkish nechiga bõlinadi?
A) 5 B)3 C)4 D)2
142. Molekulyar massasi qancha bõlgan glikogen molekulalari sferik tuzilishga ega bõlganligi uchun erish davrida bõkmaydi?
A) 100000 B) 600000 C) 750000 D) 800000
143. Polimer zanjirining konfarmasiyasi haqidagi tasavvurlaŕ birinchi marta qaysi olimlar tomonidan kiritildi?
A)V.Kun, S.E.Bresler, Ye.Gut
B) Ye.Gut, G.Mark, Ya.I.Frenkel
C) S.E.Bresler, Ye.Gut, G.Mark
D)V.Kun, G.Mark, Ye.Gut
144. Bir qatorda boğlar yõnalishlari orasidagi burchak qancha?
A) 108,23⁰ B) 110⁰ C) 120⁰ D) 109,23⁰
145. Qaysi olim ikkala tetraedrning cheksiz erkin aylanish, ya'ni ikkala CH3- guruhining ularni boğlab turuvchi kimyoviy boğ atrofida aylanish mumkinligini taxmin qildi?
A) G.Mark C) Shtaudinger C) S.E.Bresler D) Vant-Goff
146. Ikki va undan ortiq monomerlarning birga polimerlanishiga nima deyiladi?
A) Polimerlanish B) Sopolikondensasiyalanish
C) Polikondensasiyalanish D) Sopolimerlanish
147. Sopolimerlanish nechta elementar jarayondan iborat?
A)2 B)5 C)6 D)4
148. Monomerlarning suyultirilgan holatida polikondensatlanish reaksiyasi necha gradusda olib boriladi?
A) 200-250⁰C B)250-260⁰C C) 230-250⁰C D)200-220⁰C
149. Polikondensatlanishda bõladigan destruksiya reaksiyalari qaysi olim tomonidan õrganildi?
A) Shtaudinger B) Vant-Goff C) Mayo-Luis D) V.Korshak
150. Destruksiya reaksiyalarining eng kõp uchraydigani __________ dir
A) Dissotsiatlanish B) Birikish C) polimerlanish D) Gidroliz
Download 29.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling