1. Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari Populyatsiyaning guruhlik xislati Populyatsiya klassifikatsiyasi
Siklik gullar (sabzida). 2. Asiklik gullar (magnoliya). 3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda)
Download 145 Kb.
|
populyatsiyalar 12 mavzu
1. Siklik gullar (sabzida). 2. Asiklik gullar (magnoliya). 3.Gemosiklik gullar (ayiqtovonlarda).
Siklik gulda gul a`zolari doira bo`lib joylashadi. Bu xolat o`rik, g`o`za, pomidor, zig`ir, limon, ko`pchilik yopiq urug`li o`simliklar vakillarida ko`rishimiz mumkin. Gulda, gul a`zolari spiral holda joylashsa, bunday gullar asiklik gullar deyiladi. Misol uchun: magnoliya o`simligida. Gemosiklik gullar yarim doiraviy gullar, ularning bir qismi spiral, ikkinchi qismi esa doira shaklida joylashadi. Masalan uchma o`t, ayiqtovon o`simliklarida shunday gullar mavjud. Gul o`rami bir yoki qo`sh o`ramli bo`ladi. Gul o`ramini hosil qilgan bir xil rangli barglar necha qator bo`lib joylashishidan qat`iy nazar bir o`ramli gul deyiladi. Masalan; lavlagi (Beta vulgaris), otquloq (Rumux), izen` (Kochia prostrata) va boshqalarni keltirish mumkin. Gul kosa barglari gulni g`uncha vaqtida tashqi tomonini o`rab turadi gultoji barglari tiniq rangli bo`lib, xashorotlarni o`ziga jalb qiladi. Gulkosa va gultoji barglari o`zaro birikkan yoki birikmagan bo`lishi mumkin. Karamning gulida gul barglari erkin. Pechakni gulida gulkosa va gultoji barglar birikib o`sib qo`ng`iroqsimon gultoji barglarni hosil qilgan. Gul qismlari gul o`rnida joylashishiga ko`ra, gullar aktinamorf (to`g`ri ), zigamorf (noto`g`ri) assimetrik gullarga bo`linadi. Aktinomorf gulda uning yuzasidan bir nechta simmetriya o`tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simetriya o`tkazish mumkin. Assimetrik gullar yuzasidan birorta simmetriya o`tkazish mumkin emas. O`zida gul o`rami, changchi va urug`chisi bo`lgan gullar to`liq gullar deyiladi, faqat changchisi yoki urug`chisi bo`lgan gullar yalong`och gullar deyiladi. Guldagi changchilarning to`plami androsey deb ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o`sadi. Gulning o`rtasida mevabargchalar o`rnashgan bo`lib ular, megasporabargchalar hisoblanadiyoki urug`chi deyiladi. Urug`chilar-ning to`plamiga genesey deb ataladi. Geneseyda urug`chilarning tumshug`i, ustunchasi va tugunchasi mavjud. Tumshuqchasi chang hujayrasini qabul qilib oladi va changlanish jarayoni o`tadi. Ko`pchilik o`simliklarda gullari to`p-to`p bo`ladi va ular to`pgullar deyiladi. To`pgullar shoxlanishiga ko`ra, monopodial va sipodial to`pgullarga bo`linadi. Monopodial to`pgullarda gullar to`pgulning birinchi tartibida joylashgan bo`lsa, oddiy monapodial to`pgul, aksincha gullar 2 - 3 tartibli shoxlarda joylashgan bo`lsa murakkab to`pgul deyiladi. Monopodial to`pgulda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarning soni aniq bo`lmaydi. Gullar, to`pgulning asosidan uchiga qarab doimiy ravishda ochilib boradi. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullarning o`sishi cheklangan bo`lib, har bir oilaga kiruvchi o`simlik turlaridan farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli to`pgulning uchidan asosiga qarab ochilib boradi. Oddiy monopodial to`pgullarga boshoq, zubtrumda, kuchalayong`oqda, so`ta makkajo`xorida, shingil karamdoshlarda, qalqoncha nokda, boshcha sebargada, soyabon ziradoshlarda, savatcha kungaboqarda. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling