1. Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari Populyatsiyaning guruhlik xislati Populyatsiya klassifikatsiyasi


Download 145 Kb.
bet15/16
Sana15.11.2023
Hajmi145 Kb.
#1774827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
populyatsiyalar 12 mavzu

Populyatsiyaning tuzulishi. Populyatsiya a’zolarning jins, yosh bo’yicha, morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy holatlari, genitek xususiyatlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi populyatsiyaning tuzulishini aks ettiradi. Turning umumiy biologik xususiyatlari, muhitning abiotik va biotik omillari hamda boshqa ta’sirlar asosida populyatsiya tuzulishi kelib chiqadi va unga tur vakillarining harakatchanligi, ma’lum joyga bog’langanligi va og’ir to’siqlani oshib o’ta bilishi kabi belgilar kiradi. Masalan, shimoliy bug’ular doim fasllar bo’yicha keng hududlarda minglab kilometrlar migratsiya qiladi. Shu migratsiya davrida jo’g’rofik to’siq (daryo, ko’l, botqoq) lar, tog’ tizimlaridan o’tadi. Ularning populyatsiyalari katta, soni ko’p bo’ladi.
Populyatsiyalarning yoshga qarab tuzulishi. Populyatsiyalarning yosh bo’yicha tuzulishi uning muhim belgisi bo’lib, populyatsiyaning tug’ulishi va olishiga ta’sir qiladi. Populyatsiyadagi turli guruhlarningbir – biriga nisbati uning ko’payishini aniqlaydi. Tez ko’payotgan populyatsiyalarning asosiy qismini yosh vakillar tashkil qiladi. Soni kamayib borayotgan populyatsiyalarda qari vakillar ham uning ancha qismini tashkil qiladi.
Populyatsiyalarning yosh bo’yicha tuzulishi uning soni o’zgarmasa ham o’zgarishi mumkin. Har bir populyatsiya uchun “o’rtacha” yoki turg’un yosh bo’yicha taqsimlanishi xosdir. O’rtacha va turg’un holatning tuzulishiga ko’p tug’ulish yoki o’lish sabab bo’lishi mumkin.
YIRTQCH-O'LJA MUNOSABATINI O'RGANISH VA TAHLIL QILISH
Bu turkumga har xil tana tuzilishdagi, tana og'irligi 100gdan 1000kggacha yetadigan sutemizuvchilar kiradi. Tana uzunligi 14smdan 3mgacha yetadi. Yirtqichlarning barcha turi go'sht bilan oziqlanishga moslashgan. Yirtqichlar to'rtta tish turlariga ega sutemizuvchilardir. Kesuvchi tishlar kuchsiz, qoziq tishlar juda mustaxkam va uzun bo'ladi. Tishlarning soni va shakli yirtqichlar vakillarida turli xil. Yirtqichlar butun yer shari bo'ylab tarqalgan. Faqat Antarktida va bir qancha okean orollari bundan mustasno. Yirtqichlar qurulikda va kamdan-kam yarimsuv hayot tarzini olib boradilar. Ularning oxiri to'rtta yoki beshta barmoqlar bilan tugovchi va tirnoqlar bilan qurollangan oyoqlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Bu turkumga 240 tadan ko'proq sutemizuvchilar kiradi. O'zbekistonda 23 tasi, aniqrog'i 22 ta turi ma'lum, chunki hozirgi kunga kelib, yo'lbars yo'qolib ketgan.
Bo'ri
Bo'rilar butun O'zbekiston bo'ylab, Ustyurtdan Bobotoqqacha bo'lgan hududa keng tarqalgan. O'zbekiston hududida yashovchi bo'rilar shimolda yashovchi bo'rilardan kichikroq bo'ladi. Sibirda yashovchi bo'rilar tana uzunligi bir yarim metrga yetsa, og'irligi 80kgga yetadi. O'zbekistonda yashaydigan bo'rilar tana og'irligi 35-45kg, tana uzunligi 110-120, dumi 35-40sm bo'ladi. Yozda bo'rilar sarg'ish-kulrang tusda bo'ladilar. Yunglarining uchlari, ayniqsa tanasining yuqori qismdagilari qora rangda bo'ladi. Qishdagi yung ranggi yoznikiga qaraganda ancha kulrangroq va miqdori ko'proq bo'ladi. O'zbekistonda bo'rilar qumli va tuproqli cho'llarda, daryo to'qaylarida, tog'oldi va tog'li hududlarda yashaydi. Yil davomida juft bo'lib yashaydi. Ba'zan yakka erkak bo'rilar uchrab turadi. Yakka urg'ochi bo'rilar dearli bo'lmaydi. Har bir juftlik bo'richalar katta bo'lgunga qadar, ma'lum oilaviy hududni boshqa bo'rilardan qo'riqlaydi. Bir uya boshqa uyadan 12-20km uzoqlikda joylashadi. Bo'rilar kechki va tungi paytda ov qiladi. Oziqasi yovvoyi hayvonlar. Ustyurtda yashaydigan bo'rilar jayronlar, daryo bo'ylarida tung'izlar, Bobotog'da alqorlarni ovlaydi. Yovvoyi hayvonlar kam bo'lgan joylarda bo'rilar uy hayvonlarini (qo'ylar, otlar, echkilar va eshaklarni) ovlaydi. Bunday paytda bo'rilar yeya oladiganidan ko'proq qo'ylarni bug'izlaydi. Bo'rilar o'laksalar bilam ham oziqlanadi. Ular yana kemiruvchilar, o'rdaklar, yosh toshbaqalar, qo'ng'izlar, chigirtkalar va baliqlarni ham ovlaydi. Ba'zan itlar va tulkilarni ham ovlaydi. Bo'ri o'simliklar: tarvuz, qovun, maymunjon va yovvoyi olmalar bilan ham oziqlanadi. Mart oyi oxiri-aprel oyi boshida yopiq yoki ochiq uyalarda bo'rivachalar paydo bo'ladi. Uya chuqurligi 1-1,5, uzunligi esa 7-8m bo'ladi. Uyani bo'rilarni o'zlari qazishlari yoki tulkilar va bo'rsiqlar uyalarini kengaytirishlari ham mumkin. Yosh urg'ochi bo'rilar 3-4 ta, qarilari esa 6-8 tadan 13 tagacha ko'zi yumiq bo'rivachalarni dunyoga keltirishi mumkin. Bo'richalar 10-12 kunlikda jonlanib qoladilar. Ular 35-40 kun davomida ona suti bilan oziqlanadilar. Ammo bir oylik bo'lishgach, bo'richalar yarim hazm qilingan go'sht bilan oziqlantirila boshlanadi. Dastlabki yigirma kun ona bo'ri bolalaridan uzoqlashmaydi. Oziqani unga ota bo'ri olib keladi. Bo'richalar uch haftalik bo'lishgach, uydan chiqa boshlashadi va ona bo'ri bu payt ovga chiqadi. Bo'richalar ikki oylik bo'lishgach, ota-ona bo'ri jalajon o'ljalarni olib kelib, bo'richalarni ov qilishga o'rgata boshlaydilar. Bo'rilar ikki yildan so'ng, ba'zan uch yildan so'ng voyaga yetadilar. Bo'rilar 15 yil umr ko'radilar. Tutqinlikda 16 yil umr ko'rgan bo'ri haqida ma'lumotlar mavjud.
Chiyabo'ri
Chiyabo'ri bo'ridan ikki barobar kichik bo'ladi. Tana uzunligi 71-81, dumi 19-21sm. Og'irligi 10-12kg. Yungi sarg'ish-kulrang. Tanasining yuqori tomonidan qora chiziq o'tgan. O'zbekistonda Amudaryo to'qaylarida, Sirdaryoning, Chirchiq daryosining qo'yi va o'rta oqimlarida, Ohangaron atrofida, Qashqadaryo va Surxandaryo va ularga yaqin bo'lagan yerlarda yashaydi. Ularni Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent atrofida ham uchratish mumkin. Tog'larda 1100m balandlikgacha bo'lgan hududa uchraydi. Chiyabo'ri - tungi yirtqich bo'lib, kamdan-kam kunduzi ko'rinadi. To'qaydagi o'simliklar orasida, uyalarda, qabristonlarda, makkajo'xori yoki paxta dalalarida yashirinadi. Yerda uya quradigan qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. Ayniqsa chiyabo'ridan tustovuqlar va tuvoqlar katta talofat ko'radilar. Chiyabo'ri yana baliqlar, toshbaqalar, quyonlar, kaltakesaklar, kemiruvchilar, qurbaqalar va hasharotlarni ovlaydi. O'laksalar bilan ham oziqlanadi. Ba'zan bu yurtqich mevalar va maymunjonlar bilan oziqlanadi. Tarvuz, qovun va boshqa dala o'simliklari bilan oziqlanib, zarar keltiradi. Aprel oyida chiyabo'rilar ko'payadi. 2-3mli uya juda sodda qilib qurulgan bo'ladi. Tez-tez bo'rsiqlar va tulkilar uyalaridan ham foydalaniladi. Bir urg'ochi chiyabo'ri 4 tadan 7-9 tagacha yangi avlodni dunyoga keltiradi. Ular ikki yoshli bo'lishgach, voyaga yetgan hisoblanadilar.
Tulki
Tulki tana uzunligi 65-80, dumi 40-50sm. Erkak tulkilarning tana og'irligi 6-10, urg'ochilari esa 5-8kg. Tanasining yuqori va yon tomonlari sarg'ishroq, tanasing pastki va dumining uchi oq rangda bo'ladi. O'zbekistonda tulki tuproqli va qumli cho'llarda, tog'oldi va tog'li hududlarda uchraydi, ba'zan qishloqlarga yaqinjoylarga, hatto shaxarlar atrofiga joylashadi. Uni tez-tez Toshkent va Samarqand atrofida uchratish mumkin. Yozda tungi hayot tarzini olib boradi. Qishda esa kunduzi ham faol bo'ladi. Tulki go'sht bilan oziqlanadi. U qum sichqonlari, qushoyoqlar, sichqonlar, qo'ng'izlar va chigirtkalarga q'irg'in keltiradi. Ba'zan kaklik va boshqa qushlarni ovlaydi. Hatto yosh jayronlarga ham hujum qiladi. Qishloqlar atrofida yashaganida tovuqlarni ug'irlaydi. Bulardan tashqari tulki olcha, jiyda, o'rik, olma, nok, uzum va pista bilan ham oziqlanadi. Tulkilar yanvar oyi oxirida ko'payadilar. Bir urg'ochi tulki bir nar tulki bilan bir necha yil yashashi mumkin. Mart oyiga kelib chuqurligi 2-2,5m, uzunligi 5-6m bo'lgan uyada 4-6 ta tulkicha dunyoga keladi. 17-19-kuni tulkichalar ko'radiga va eshitadigan bo'ladilar. Bir ozdan so'ng tulkichalar uydan chiqib, uzoq vaqt quyoshda bir-birlari bilan o'ynashadi. Yoz oxiriga borib tulkichalar mustaqil hayot tarzini boshlaydilar.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling