1. Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari Populyatsiyaning guruhlik xislati Populyatsiya klassifikatsiyasi


Download 145 Kb.
bet3/16
Sana15.11.2023
Hajmi145 Kb.
#1774827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
populyatsiyalar 12 mavzu

Tur mezonlari. Turga mos belgi-xossalari yig‘indisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:
Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tomonidan o‘xshashligini ifodalaydi. Qora qarg‘a va ola qarg‘a har xil turlarga mansub. Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba’zi belgi-xossalari bilan o‘zaro farq qiladi. Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiga nisbatan juda kam bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tashqi tomondan bir-biriga juda o‘xshash, lekin o‘zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chu- nonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum. Qiyofadosh turlar suvda hamda quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sutemizuvchilarda ham aniqlangan. Binobarin, morfologik mezonning o‘zigina turni farq qilish uchun yetarli emas. Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yago- na hisoblangan (54-rasm).
Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa, ko‘payishning o‘xshashligi bo‘ladi. Har xil tur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. Turlarning chatishmasligi jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko‘payish muddatlarining turlicha bo‘lishi va boshqa xossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim, masalan, kana- reyka, terak va tol, tovushqon turlar o‘zaro chatishishi va nasl berishi mumkin. Bu o‘z-o‘zidan fiziologik mezon ham turlar- ning bir-biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.
Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlar o‘zin ing kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o‘ziga xosligidadir. Organizmlarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling