1. Psixologiya fanining tarixi,rivojlanishi,yo’nalishlari Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari
Download 419.25 Kb.
|
1-tema Avezova Qunduz Psixologiya fanining tarixi,rivojlanishi,yo’nalishlari
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi boʻlib, obyektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos boʻlgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi obyektiv reallikka boʻlgan munosabatdan iborat.
Mazmuniga koʻra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida boʻladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega boʻladi. Inson ongining paydo boʻlishi va rivojlanishining asosiy sharti boʻlib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyatihisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va oʻzaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, soʻz bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan soʻng individual ong paydo boʻladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni oʻzlashtirish yoʻli orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv). Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, oʻzi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, oʻzlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson oʻzining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali oʻzini anglash va ongini rivojlantirish yoʻli va vositasi boʻlib hisoblanadi. Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud boʻlgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning oʻzi uchun bilish obyektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo boʻladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. Download 419.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling