1. Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni? To‘lov aylanmasing tarkibi?


Download 8.76 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi8.76 Kb.
#1395261
Bog'liq
Topshiriq 6


Topshiriq 6
1.Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni?
2.To‘lov aylanmasing tarkibi?
3.Naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibi?
4 Markaziy bankning zaxira vakillik tizimi bu?
5.Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida naqd pullarni muomalaga chiqarish deganda?
6.Naqd pul aylanmasi prinsiplari sanab bering
7.Akseptli to‘lov?

JAVOBLAR


  1. Pul aylanmasi– bu pul mablag’larining naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi uzluksiz harakatidir

Pul aylanmasi obekti - tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.



  1. To’lov aylanmasi - Pul mablag’lari va pul bozori instrumentlari harakatlarining yig’indisidir. To`lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to`lov vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to`lov vositalarining shaklidan qat`i nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag’larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellarning ko`chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to`lov aylanishining bir qismidir.Amalda pul aylanmasi to`lov aylanmasining bir qismidir, shu jumladan pul muomalasi, bu naqd pul va aylanmasi bo`lib, u ko`plab operatsiyalarda o`zgarishsiz qatnashadi, aksincha pul birligining naqd pulsiz muomalada bank hisobvarag’idagi yozuvlar ko`rinishidagi harakatidan farq qiladi. To`lov aylanmasining ikkinchi qismi pul aylanmasi deb ataladi, bu erda pul to`lov vositasi sifatida ishlaydi, shu jumladan naqd va naqd pulsiz pul harakati shaklida qatnashadi.

  2. Qog’oz pullarning emitenti davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz pullarning tabiati ularning inflyatsiyaga moyilligini ko`rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e`tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e`tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya`ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo`lgan talablariga ham bog’liq bo`ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o`zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur yetadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo`lgan ishonchi pasayadi, to`lov balansining barqarorligi yo`qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.

  3. Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo`lgan qo`shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga yetkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi “Majburiyatlar moddasi” ko`payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro” vakillik hisob raqamining qoldig’i ana shu summaga kamayadi.

  4. Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo`lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo`ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul ta`minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalenti tijorat bankining hisob raqamidan yechib oladi.

  5. 1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me`yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to`g’risidagi yo`riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo`lib hisoblanadi. 2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o`zlarining naqd puldagi mablag’larini tijorat banklarida saqlashlari shart. 3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko`zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi. 4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari

  6. Aksept – bu pul to‘lovchining tovar yetkazib beruvchining schyotini to‘lashga roziligi. Akseptli yoki to‘lov talabnomasi shakl – bu pul to‘lovchining tovar yetkazib beruvchining schyotini to‘lashga roziligi.

Aksept shaklning ma'nosi quyidagicha tushuntiriladi: tovar yetkazib beruvchi tovarni ortib bo‘lgach, to‘lov talabnomasini iste'molchiga yuboradi.
Natijada iste'molchi uning ikkinchi qismini – to‘lov topshiriqnomasini to‘lg‘izadi va bankka topshiradi. Bu bilan u bankka o‘zining schet raqamidan pulni safdan chiqarib ta'minotchi schetiga o‘tkazishni buyuradi.
Download 8.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling