1. Pul massasi va foiz stavkalari. Reja: Markaziy bank va monetar siyosat Pul massasni hisoblash formulasi


Pul massasini targetlashga muqobil ravishda infliyatsiya,foiz stavkasini targetlash mezanizmi


Download 31.46 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi31.46 Kb.
#1153539
1   2   3
Bog'liq
Pul massasi va foiz stavkalari

4.Pul massasini targetlashga muqobil ravishda infliyatsiya,foiz stavkasini targetlash mezanizmi
Foiz stavkasini targetlashdan XX asrning 50-60 yillarida bozor iqtisodiyotidagi davlatlar foydalangan bo‘lsa, pul massasining o‘sishini targetlashdan birinchilardan bo‘lib, Germaniya va AQSh davlatlari markaziy banklari o‘tgan asrning 70 yillarida foydalangan. 1971 yilda Bretton Vuds jahon valyuta tizimining bekor bo‘lishi fiksirlangan valyuta kursini saqlashning iloji qolmaganligi hamda mamlakatlarda milliy valyuta kursini tartibga solish kabi muammolarni vujudga keltirdi. Bu markaziy banklar oldiga yana bir murakkab masalani, ya’ni milliy valyuta almashinuv kursini tartibga solish masalasini paydo qildi. Buning natijasida rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari valyuta kursini targetlash kabi oraliq maqsadlarni ham yuritishga majbur bo‘ldi1990 yil birinchilardan bo‘lib, Yangi Zelandiya Markaziy banki to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha qisqa davrda ko‘pgina rivojlangan davlatlar markaziy banklari ham inflyasion tergetlash rejimiga o‘tishgan. Ammo biz kabi rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari mamlakatda narx darajasi bilan birga milliy valyuta almashinuv kursining barqarorligini ta’minlash ham muhim iqtisodiy vazifa sifatida qaralgan. Rivojlangan davlatlardan farqli ravishda xalqaro savdoni milliy valyutada olib borishning iloji yo‘qligi hamda mamlakatda valyuta zaxirasining bo‘lishligi kabi sabablar milliy valyuta kursining tebranishini e’tibordan qochirmaslikka to‘g‘ri keldi.
Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling