1. pul muomilasi statistikasi


Download 308.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi308.47 Kb.
#1395959
Bog'liq
Pul-muomilasi-statistikasi (1)



PUL MUOMILASI STATISTIKASINING KO'RSATKICHLARINI 
HISOBLASH 
REJA: 
1. PUL MUOMILASI 
2. PUL MUOMILASI STATISTIKASI 
3. PUL MUOMILASI STATISTIKASINING KO'RSATKICHLARINI 
HISOBLASH 
 
 


Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi: 
1. Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi 
hisoblanadi. 
2. YAna bir omil pul mablag‘larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi. 
3. Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. 
4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning 
mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi 
va tartibga solinadi. Lekin pul muomnalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi 
pog‘onasida turuvchi tijorat banklari rol o‘ynaydi. 
Pul massasi- yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo‘lgan naqd 
va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir. 
Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o‘sib yoki kamayib 
borayotganini ko‘rsatadi. 
PM – 
pul multiplikatori
 
Pul bazasiga quyidagilar kiradi: 
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar 
Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira 
ajratmalari. 


Markaziy banklar tijorat banklari jalb qilgan resurslarning bir qismini majburiy 
tartibda olib qo‘yadi. O‘zbekistonda tijorat banklarining majburiy zaxira 
ajratmalari summasini Markaziy bank ularning balansidan olib qo‘yadi. AQSHda 
va Evropada majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining balansida 
qoladi. 
Pul agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish amaliyoti va unga ta’sir 
qiluvchi omillar. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida pul muomalasini tartibga solish va 
barqarorlashtirishda Markaziy bankning roli. 
Pul muomalasi qonuni. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish 
shakli – pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha 
ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini 
tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan 
muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori 
aniqlanadi. 
Metallik pul muomalasida muomaladagi 
pul miqdori stixiyali tarzda
, pullarning 
xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga ehtiyoj kamaysa, 
ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o‘tishi kuzatilgan yoki 
aksincha. SHunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab 
turilgan. Keyinchalik, muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar 
(oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha 


miqdori bo‘lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan 
banknotalar yoki qog‘oz pullar (xazina biletlari) 
amal qilsa
, u holda naqd pul 
muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. 
Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning nazariy 
miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz 
bermaydi. YUqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, 
shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tuzumlarda o‘z 
kuchiga ega. 
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul 
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan 
muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash 
mumkin: 
SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji 
va shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala 
uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va 
xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to‘g‘ri 
proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul 
chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning 
aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. 
Odatda, 
pul qanchalik tez aylansa
, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 
shuncha kam talab qilinadi va aksincha. 


Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular:–iste’mol kreditni rivojlantirish; 
kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak 
bo‘ladi; 
– naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
– pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi 
zarur. CHunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur 
etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi 
tovarlar 
bahosidan oshib ke-tishi
, ya’ni inflyasiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligiga 
(etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni xo‘jalikning pulga bo‘lgan 
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. 
Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu aylanmada xo‘jalikka kerak bo‘lganidan 
ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid 
qobiliyatining tushishiga olib keladi. 
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi 
ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng 
foydalaniladi: 


1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga 
chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va 
korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy 
etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim 
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda 
summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi. 
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + 
jamg‘arma sertifikati. 
5. M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ 
obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro 
fondlari paylari. 
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa 
muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul 
agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. SHuning 
uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim. 
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi 
xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, 
korxonalar
, davlat 


muassasalariga tegishli xarid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida 
ifodalaydi. 
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy 
o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini 
tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar ( 
pul agregatlari) dan foydalaniladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi: 
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi; 
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma 
qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) 
tarkib topgan

M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi 
jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat. 
AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, YAponiya va 
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi. 


Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri 
pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi 
pul agregatlari qo‘llaniladi. 
MO agregati = naqd pullar; 
M1 agregati = 
MO agregati va hisob-kitob
, joriy va boshqa schyotlar (maxsus 
schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, 
mahalliy 
byudjet schyotlari
, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa 
tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash 
fondi) dagi mablag‘lar ti-jorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi 
talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng; 
M2 agregati = M1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan 
iborat; 
M3 agregati = M2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat. 
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul 
massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism 
– jamg‘ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi. 


Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va 
jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z 
ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb 
ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi 
mumkin. 
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, 
zarurligi 
va funksiyalari
 
Pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi 
qonunlaridan kelib chiqadigan talablar

Download 308.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling