1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Download 191.84 Kb.
bet42/56
Sana14.11.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1771980
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org

85. Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi
86. Oltin standartlari
Oltin standart — mamlakatning pul va valyuta munosabatlarini oltindan pul tovari sifatida foydalanish asosida tashkil qilish shakli. Oltin standart oltin tanga, oltin yombi va oltin deviz (oltin valyuta) turlariga boʻlinadi (qarang Devizlar). Oltin tanga standart eng barqaror pul tizimi boʻlib, inflyasiyani istisno etadi, chunki ehtiyojdan ortiq oltin tangalar muomaladan olinib xazinaga aylanadi. Oltin standartni 1821-yilda Angliya banki boshlab berdi. Bu tizim huquqiy jihatdan 1867-yilda Parij konferensiyasida davlatlararo bitim bilan rasmiylashtirildi. Milliy valyuta kursi oltinga qatʼiy bogʻliq boʻlib, valyutaning oltin tarkibi orqali qatʼiy valyuta kursi boʻyicha birbiri bilan oʻzaro muvofiqlashtirilgan. Ularning oltin pariteti valyutalarda rasmiy belgilangan oltin miqdoridan kelib chiqqan holda aniklanib, valyutalar bevosita oltinga ayirboshlanar edi. Oltin tangalar cheklovlarsiz muomalada boʻlgan va zarb qilingan, qogʻoz pul oltin tangalarga erkin almashtirilgan, narxlar oltinda hisoblangan. Birinchi jahon urushi davrida deyarli barcha mamlakatlarda qogʻoz pullarga oltin almashtirish toʻxtatildi, muomaladagi oltin tangalar muomaladan chikarildi

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling