1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi
Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi
Download 191.84 Kb.
|
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100. Inflyatsiyaning turlari
99. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi.
Pulning turlari. Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga ko’ra pullar ikki turga bo’linadi: – haqiqiy pullar; – haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari. Haqiqiy pullar nominal qiymatini o’zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo’lgan metall pullar bo’lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo’lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo’ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev Rusida zarb qilinganQog’oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo’lib, pulning muomala funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin. 1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan-qo’lga o’tishi natijasida emirilishi; 2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi; Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo’lgan. 3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi. birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko’rsatiladi. Lekin tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan. Qog’oz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan. 100. Inflyatsiyaning turlari Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi. Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin. Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. Download 191.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling