1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Kredit pullar va ularning turlari


Download 94.13 Kb.
bet2/56
Sana20.12.2022
Hajmi94.13 Kb.
#1038993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Pul va Banklar 1-to\'plam javoblari. Moliya Hayoti

4.Kredit pullar va ularning turlari
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o‘zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog‘oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o‘zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo‘lib, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo‘lib, Mar-kaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo‘li bilan chiqariladi.
CHek veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vosita-si hisoblanib, to‘lovchining o‘z bankiga uning schyotidan mablag‘ni oluvchining schyotiga o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘idir.
Birinchi cheklar taxminan 1683 yillarda Angliyada qo‘llanila boshlagan.
5.Pulning funksiyalari
Qiymat o’lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o’zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o’lchay oladi. Tovarni qancha turishi pulda belgilanadi. Buyumlarni og’irligi, eni va bo’yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o’lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o’lchanadi
Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi.
To’lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to’lov vositasi uning muomila vositasi bilan qo’shib yuboriladi. Aslida ular o’rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari quyidagilar:
a) muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to’lov funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi.
b) muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb tushiniladi, to’lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to’lov muddatini kutilishi mumkin
Jamg’arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o’z egasi uchun kerak bo’lganda xarid etish vositasi bo’lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo’lgani uchun boylik emas, balki o’zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo’lgani uchun boylik hisoblanadi.
Jahon puli vazifasi. Bunda mamlakatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to’lovlardagi baho masshtabini har bir mamlakatning pul birligini ma’lum oltin tarkibi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSh$ = 0,88 gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo’q, chunki XVF ning 1976 yil maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig’ilishida oltin bundan buyon jahon puli vazifasini bajarmasligi e’tirof etilgan. Shu sabab hozir o’zaro hisob-kitoblarda jahon puli emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro’li pul birliklari bajaradi.

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling