1. Qadimgi dunyo tarixi qachon va qanday tugagan? A 473-yil Angliya burjua inqilobi boshlanishi bilan


Download 464.77 Kb.
bet4/14
Sana17.06.2023
Hajmi464.77 Kb.
#1534113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-sinf majburiylar uchun bob test

3-§.URUG‘CHILIK JAMIYATI

1. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni qo‘llaydilar?


A) Paleolit va mezolit B) Mezolit va neolit
C) Neolit va eneolit D) Eneolit va bronza
2. Nimaning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keladi?
A) Sopol idishlar yasash B) Mikrolitlar yasash
C) Dehqonchilik va chorvachilik D) Kulolchilik va to‘quvchilik
3. Qaysi davrda urug‘ jamoalari ajralib chiqishdi?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
4. So‘nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi?
A) O‘q-yoyning kashf etilishi
B) Turar joylar qurilishi
C) Ziroatchilik paydo bo‘lishi
D) Olov ixtiro qilinishi
5. So‘ngi paleolit davrida yasalgan munchoq nimadan yasalgan?
A) Jezdan B) Mamont suyagidan
C) Rangli toshlardan D) Misdan
6. Quyidagi voqea va jarayonlardan so‘nggi poleolit davriga xos bo‘lmaganini aniqlang.
A) Insonlar munchoq, tumor va uzuklar yasay boshladilar
B) Urug‘ jamoalari vujudga kela boshladi
C) Insonlar mikrolitlar- mayda tosh qurollardan foydalana boshladi
D) Sun’iy olov kashf etildi
7. Qachondan boshlab odamlar kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisini ishlatishgan?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
8. Quyidagi insoniyat hayotidagi yangiliklarning qaysi birlari so‘nggi paleolit davriga taalluqli emas?
1) tabiiy olovdan foydalanish;
2) zeb-ziynat buyumlari yasash;
3) sun’iy boshpanalar qurish;
4) qoyatosh suratlari;
5) to‘quvchilik;
6) mikrolit qurollar yasash;
7) sun’iy olovdan foydalanish;
8) dastlabki dafn etish tartiblarining vujudga kelishi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 5, 6, 8
C) 2, 6, 7, 8 D) 1, 4, 5, 6
9. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan?
A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit
C) so‘nggi paleolit D) mezolit
10. Qachon urug‘ jamoalari ajralib chiqishdi?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
11. Tiriklayin tutib olib, yegulik zahirasi sifatida saqlab qo‘ya boshlagan hayvon turlari xato berilgan javobni toping?
A) To‘ng‘izcha B) Uloqcha
C) Qo‘zichoq D) Buzoqcha
12. Neolit davrida o‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning …
A) dastlabki su’niy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi
B) dehqonchilikka o‘tish imkoniyatini vujudga keltirdi
13. Mikrolitlar – mayda tosh qurollar qaysi davrda kashf etilgan?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
14. Qaysi davr boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
15. Inson qachondan va qaysi davrdan boshlab taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasay boshladi?
A) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
B) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
16. Mezolit davriga oid manzilgohlar?
A) Selungur, Ko‘lbuloq, Teshiktosh
B) Obishir, Qo‘shilish, Machay
C) Oltintepa, Namozgoh, Sarazm
D) Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo‘ton
17. Qachon urug‘ jamoalarining manzilgohlari shakllanib boradi?
A) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
B) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
C) Mil. avv. 6-4 ming yilliklar
D) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
18. So‘ngi paleolit davri odamlari qayerdan topilgan?
A) Samarqand B) Toshkent
C) Farg‘ona D) A, B, C
19. Qaysi davrda Old Osiyoda xo‘jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?
A) Mezolit davri boshida
B) Mezolit davri oxirida
C) Neolit davri boshida
D) Neolit davri oxirida
20. Quyidagi ixtirolardan so‘nggi paleolit davriga taalluqlilarini aniqlang?
1) tabiiy olovdan foydalanish;
2) g‘orlarda yashashning o‘zlashtirilishi;
3) zeb-ziynat buyumlari yasashning boshlanishi;
4) turar joylar qurilishi;
5) mikrolit qurollar yasash;
6) kulolchilikning ixtiro qilinishi;
7) sun’iy olovning kashf etilishi;
8) o‘q-yoyning ixtiro qilinishi;
9) kesuvchi, arralovchi va parmalovchi qurollar yasay boshlanishi;
10) paxsa uylar qurishning boshlanishi;
11) eng qadimiy dafn tartiblari vujudga kelishi;
12) qoyatosh suratlari paydo bo‘lishi.
A) 3, 4, 7, 9, 12 B) 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12
C) 4, 5, 7, 9, 10 D) 1, 3, 4, 5, 7, 9, 11
21. Odamlar qachondan va qaysi davrdan boshlab kesuvchi, arralovchi va parmalochi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan?
A) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
B) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
22.Qachonga kelib insoniyat o‘z rivojida yana bir pog‘onaga yuksaladi?
A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit
C) so‘nggi paleolit D) mezolit
23. Obishir, Qo‘shilish, Machay qaysi davrga oid?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
24. Qaysi davrda paxsa imoratlar qurish boshlandi
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
25. Mezolit davriga xos xususiyatlarni ko‘rsating.
1. muzlik davri payoniga etgan
2. iqlim ancha iligan
3. odamlar turmushida o‘zgarishlar bo‘lgan
4. diniy qarashlar vujudga keldi
5. olov kashf etilgan
6. o‘q-yoy kashf etilgan
7. kromanyon odam yashagan
8. hayvonlar qo‘lga o‘rgatila boshlandi
9. odamlar hayotida katta o‘zgarish bo‘lmagan
A) 1, 2, 3, 4, 5, 8 B) 1, 2, 4, 6, 8, 9
C) 2, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 2, 3, 6, 8
26. Nimaning kashf etilishi ibtidoiy odamlarda chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyatini beradi?
A) Nayza B) Changak
C) O‘q-yoy D) to‘r
27. Nealit davrining muhim kashfiyoti va ixtirosi nima edi?
A) Sopol idishlar yasash
B) Mikrolitlar yasash
C) Dehqonchilik va chorvachilik
D) Kulolchilik va to‘quvchilik
28. Qachondan boshlab odamlar turar joylar qura boshladilar?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
29. Qachondan boshlab odamlar sun'iy tarzda olov hosil qilishgan?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) mil. avv. 40-12 ming yilliklar
30. Bugungi kunda mezolit davriga oid qanchadan ortiq manzilgohlar ochilgan?
A) 50 ortiq B) 100 ortiq
C) 150 ortiq D) 200 ortiq
31. Qaysi davrda odamlar sun'iy tarzda olov hosil qilishgan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
32. Nealit davrida kiyim-kechaklar nimadan tayyorlangan?
A) Teri B) Tola va jun
C) Daraxt novdasi D) A va B
33. Qaysi davrda Qadimgi sharqning turli viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik- dehqonchilik va chorvachilikka o‘ta boshlaydi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
34. Qaysi davr oxirida inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
35. Yurtimizda mezolit davriga oid bo‘lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o‘rganilgan?
A) Zarautsoy B) Qo‘shilish
C) Teshiktosh D) Jarqo‘ton
36. Qaysi davrlarda odam toshga ishlov berishning silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo‘llay boshladi?
A) Paleolit va mezolit B) Mezolit va neolit
C) Neolit va eneolit D) Eneolit va bronza
37. Neolit davri boshlanishini nima bilan belgilaydilar?
A) Mis ko‘zgular kashf etilishi bilan
B) Suyakdan musiqa asboblari kashf etilishi bilan
C) G‘ildirakning kashf etilishi bilan
D) Sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan
38. Zarautsoy qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
39. Qaysi davrda aksariyat qabilalar o‘troq turmush tarziga o‘tib, doimiy turar joylar qura boshlagan?
A) Paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
40. Qaysi davrda odamlar kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisini ishlatishgan?
A) Ilk paleolit B) O‘rta paleolit
C) So‘nggi paleolit D) A, B, C
41. Nima bilan ov qilinganda o‘lja oldingisiga qaraganda mo‘l-ko‘l bo‘ldi?
A) Nayza B) To‘r
C) O‘q-yoy D Itlar
42. Mezolit davri oxirida ... xo‘jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?
A) O‘rta Osiyo B) Old Osiyo
C) Sharqiy Osiyo D) Janubiy Osiyo
43. Kulolchilik va to‘quvchilik qaysi davrda vujudga kelgan?
A) paleolit B) Mezolit
C) Neolit D) Eneolit
44. Neolit davrining eng kata ixtirosi?
A) Sopol idishlar
B) Mikrolitlar
C) Dehqonchilik va chorvachilik
D) Kulolchilik va to‘quvchilik
45. Qaysi manzilgoh Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan?
A) Teshiktosh B) Ko‘lbuloq
C) Selungur D) Zarautsoy
46. Quyidagi qaysi devrga kelib toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o‘zgaradi?
A) Mil. avv. 500-300 ming yilliklar
B) Mil. avv. 300-100 ming yilliklar
C) Mil. avv. 100-40 ming yilliklar
D) mil. avv. 40-12 ming yilliklar
47. Old Osiyoda ibtidoiy ziroatchilikka o‘tish qachon
boshlandi?
A) so‘nggi paleolitda B) mezolitda
C) neolitda D) eneolitda
48. Qachon o‘q-yoy ixtiro qilindi?
A) Mil. avv. 40-12 ming yilliklar
B) Mil. avv. 12-7 ming yilliklar
C) Mil. avv. 4-3 ming yilliklar
D) Mil. avv. 3-2 ming yilliklar
49. Mezolit davriga oid manzilgohlar qayerdan topilgan?
A) Farg`ona vodiysining tog`oldi va tog`li tumanlarida
B) Toshkent vohasida hamda O‘zbekiston janubida
C) Xorazm viloyati Amudaryo qirg`ogidan
D) A,B
50. Qachondan inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladilar?
A) Mezolit davri boshida
B) Mezolit davri oxirida
C) Neolit davri boshida
D) Neolit davri oxirida
C) kulolchilik xumdonini kashf qilinishiga sabab bo‘ldi
D) xo‘jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi
51. Ibtidoiy jamoa tuzimining qaysi davrida odamlar o‘troq hayotga o‘tdi?
A) Neolitda B) O‘rta paleolitda
C) So‘nggi paleolitda D) Mezolitda

Download 464.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling