1. Qadimgi Hindistonning tabiati va aholisi
Miloddan avvalgi XVI–XIII asrlar orasida
Download 15.76 Kb.
|
2.2 (2)
Miloddan avvalgi XVI–XIII asrlar orasida Xarappa va Moxenjo-Doro shaharlari xarobazorga aylanib inqirozga yuz tutgan. Xarappa va Moxenjo-Doro shaharlari shimoli-g`arbiy Hindistondagi qadimgi davlatlarning poytaxti bo`lgan bo`lsa kerak.
3. Eng Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va xo`jaligi. Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati edi. Eng Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo`shinga tayanib ish olib borgan. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o`rtahol dehqdn va ziyolilardan iborat o`rta tabaqaga hamda kambag`allar, qashshqqlar va qullarga bo`lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar vohadagi unumdor yerlarni o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqqnlar datalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za – paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`uilanganlar. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan qilingan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shu-g`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan. Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari va do`konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu, Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan. Download 15.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling