1-Qadimgi tarix sivilizatsiyaning boshlanishi
-Eneolit va bronza asri ziroatchilari
Download 31.73 Kb.
|
Test 6-sinf Tarix 1-5-Mavzu
4-Eneolit va bronza asri ziroatchilari
1. Qaysi davrda insonlar birinchi metall-misdan foydalanishga o’tganlar? A) eneolit davrida B) neolit davri oxirida C) bronza davri boshlarida D) mezolit davri oxirida 2. Eneolit davri qaysi mingyillikga to’g’ri keladi? A) mil.avv.3-2 mingyilliklar B) mil.avv.6-4 mingyilliklar C) mil.avv.12-7 mingyilliklar D) mil.avv.4-3 mingyilliklar 3. Qadimgi Sharqda qachon ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan? A) mil.avv.6-mingyillikda B) mil.avv.2-mingyillikda C) mil.avv.4-mingyillikda D) mil.avv.12-mingyillikda 4. O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik qachon vujudga keldi? A) mil.avv.6-mingyillikda B) mil.avv.2-mingyillikda C) mil.avv.3-mingyillikda D) mil.avv.4-mingyillikda 5. O’rta Osiyoda qachon xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlangan? A) mil.avv.4-mingyillikda B) mil.avv.3-mingyillikda C) mil.avv.6-mingyillikda D) mil.avv.5-mingyillikda 6. O’rta Osiyoda qachon kulolchilik humdonlaridan foydalanishga o’tilgan? A) mil.avv.1-mingyillikda B) mil.avv.6-mingyillikda C) mil.avv.4-mingyillikda D) mil.avv.3-mingyillikda 7. O’rta Osiyoda qachondan sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi? A) mil.avv.30-25-mingyillikda B) mil.avv.4-mingyillikda C) mil.avv.40-12- mingyillikda D) mil.avv.6-mingyillikda 8. Bronza qachondan boshlab mehnat–qurollari va zeb-ziynat tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylangan? A) mil.avv.3-mingyillik o’rtalarida B) mil.avv.2-mingyillikda o’rtalarida C) mil.avv.3-mingyillik boshlarida D) mil.avv.6-mingyillik o’rtalarida 9. Qaysi davrda odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o’tdilar? A) eneolit B) temir C) neolit D) bronza 10. Patriarxat davri qachon boshlangan? A) mil.avv.3-mingyillikda B) mil.avv.5-mingyillikda C) mil.avv.6-mingyillikda D) mil.avv.4-mingyillikda 11. Patriarxal oila - bu... A) sardor tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila B) ota tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila C) urug’ oqsoqoli tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila D) ona tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila 12. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. A) mil.avv.4-mingyillik B) mil.avv.2-mingyillik C) mil.avv.1-mingyillik D) mil.avv.3-mingyillik 13. Bronza davriga oid Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? A) Buxoro viloyati Qorako’l tumani B) Farg’ona viloyati Selung’ur manzili C) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan D) Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi 14. Chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi Zamonbobo qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. A) mil.avv.1-mingyillik B) mil.avv.3-mingyillik C) mil.avv.4-mingyillik D) mil.avv.2-mingyillik 15. Qadimgi ziroatchilar manzilgohi Sopollitepa qayerdan topilgan? A) Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi B) Farg’ona viloyati Selung’ur manzili C) Buxoro viloyati Qorako’l tumani D) Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 16. Qaysi manzilgohdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan? A) Jarqo’ton manzilidan B) Selung’ur manzilidan C) Zamonbobo manzilidan D) Sopollitepa manzilidan 17. O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlari manzilgohi Sopollitepa qaysi mingyillikka oid? A) mil.avv.3-mingyillik B) mil.avv.1-mingyillik C) mil.avv.4-mingyillik D) mil.avv.2-mingyillik 18. Jarqo’ton manzilgohi qachon vujudga kelgan? A) ming yarim yil muqaddam B) ikki yarim ming yil muqaddam C) uch ming yil muqaddam D) uch yarim ming yil muqaddam 19. Jarqo’ton manzilgohi qayerda vujudga kelgan? A) Xorazm viloyati B) Surxondaryo viloyati Sherobod tumani C) Toshkent viloyati Ohangaron vodiysi D) Buxoro viloyati Qorako’l tumani 20. Qaysi manzilgoh ikki qismdan: qasr va jamoa a’zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylaridan iborat edi? A) Obishir B) Sopollitepa C) Jarqo’ton D) Zamonbobo 21. Qaysi manzilgoh qurilishida shaharning ilk alomatlari mavjud bo’lgan? A) Sopolitepa B) Obishir C) Zamonbobo D) Jarqo’ton 22. Odamlar qaysi davrda kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etganlar? A) eneolit B) temir C) bronza D) neolit 23. Qaysi manzilgohda O’zbekiston hududidagi ilk ibodatxona qoldiqlari bo’lgan? A) Jarqo’ton B) Sopollitepa C) Zamonbobo D) Zarautsoy Download 31.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling