1. Qanday chiziqqa aylana deyiladi?
Download 13.98 Kb.
|
Документ (14)
1. Qanday chiziqqa aylana deyiladi? muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar toʻplami. Aylananing uzunligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: C = 2πR. Bu formulada π — oʻzgarmas son (konstanta), R esa aylana radiusi hisoblanadi.2. Qanday chiziqqa ellips deyiladi? 3. Qanday chiziqqa giperbola deyiladi? Giperbola (qadimgi yunoncha: ὑπερβολή – hyperbole) — ikki uzluksiz tarmoqdan iborat boʻlgan 2-tartibli egri chiziq. Doiraviy konusni uning ikki yasovchisiga parallel tekislik bilan kesishdan hosil boʻladi. Giperbola tekislikdagi M nuqtalarning geometrik oʻrni boʻlib, bu nuqtalar bilan berilgan ikki nuqta (fokus)gacha boʻlgan masofalar farqi (mutlaq qiymati boʻyicha) oʻzgarmasdir. Giperbola ikkitadan tarmoq, asimptota va direktrisaga eta boʻladi. Baʼzi fizik jarayonlar Giperbola asimptotalariga nisbatan tuzilgan u = j tenglama bilan ifodalangan qonunga muvofiq sodir boʻladi. 4. Qanday chiziqqa parabola deyiladi? Parabola (yun. Parabole) — 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan toʻgʻri chiziqqacha masofalari teng boʻladi (rasm, a). Fokusdan oʻtib, direktrisaga tik boʻlgan FN toʻgʻri chiziq Parabolaning oʻqi, oʻq bilan Parabolaning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola oʻz oʻqiga nisbatan simmetrik chiziq. Havo qarshiligi hisobga olinmasa, boshlangʻich tezligi vertikal boʻlmagan, erkin harakatlanayotgan jiyemning trayektoriyasi Parabola chizadi. Parabolani oʻz oʻqi atrofida aylantirib hosil qilingan sirt (aylanma paraboloid) parallel nurlarni bir nuqtaga yigʻadi va, aksincha, fokusidan tarqalayotgan nurlar paraboloiddan qaytib, parallel dasta hosil qiladi. Parabolaning bu xossasidan projektor va avtomobil faralari yasashda, quyosh energiyasini qoʻllash (konsentratorlar)da foydalaniladi. 6. Qanday harakatlarni bilasiz? Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — Harakatdirdir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi Harakat va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi Download 13.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling