1. Qaror qabul qilishning klassik usullari va ularning tahlili
Download 46.4 Kb.
|
Boshqarishning intelektual tizimlari va qarqabul qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol Intellektual tizimlar
1. Qaror qabul qilishning klassik usullari va ularning tahlili. 2. Intelektual tizimlarni qo’llanilish sohalari. Boshqarishning intelektual tizimlari va qaror qabul qilishni kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati, sohalarida qo’llanilishiga misollar. 3. Turli xil noravshanliklarni(noaniqliklarni) tavsiflash uchun noravshan(noaniq) to’plamlar nazariyasi va intervalli tahlilning qo’llanilish imkoniyatlari. 2-savol Intellektual tizimlar— inson aql-zakovatining ayrim xususiyatlarini amalga oshiruvchi, real vaqt rejimida odam hal qila olmaydigan murakkab vazifalarni oʻzlashtirish imkonini beruvchi texnik yoki dasturiy tizimlar. Intellektual tizimning tuzilishi uchta asosiy blokni o'z ichiga oladi - bilimlar bazasi, qaror qabul qilish mexanizmi va aqlli interfeys So‘nggi yillarda dinamik tizimlarning keng sinfini avtomatik boshqarishda, ayniqsa murakkab kimyo-texnologik jarayonlarni boshqarishda tizimlarning sifatli yangi sinfi bo‘lgan intellektual boshqarish tizimlari muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bu tizimlardan determinantlangan va stoxastik kontrollerlarni qo‘llab bo‘lmaydigan, nochiziqli, aniqlanmagan dinamik obyektlar ko‘rinishidagi yomon shakllantirilgan, murakkab texnik tizimlarni boshqarish uchun foydalaniladi. Avtomatik boshqarishning intellektual tizimlari (ABIT) - bu boshqarish obyektining xulqi, uni boshqarish tizimi va tashqi ta’sirlar to‘g‘risidagi axborotlarni saqlab qolish va tahlil qilish hisobiga o‘rganish, moslashish yoki sozlanish imkonini beradigan tizimlardir. Ushbu sinfdagi tizimlarning muhim jihatlari ma’lumotlar bazasi, mantiqiy xulosa mashinalari, tushuntirishlarga oid osttizimlar va boshqalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqarishning intellektual tizimlari sinfiga quyidagi belgilar mos keladi: - boshqarish tizimlarining real tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’siri aloqaning axborot kanallaridan foydalanish orqali mavjudligi; - tizimlarning ochiqligi bilimlarni to‘ldirish va o‘zlashtirish uchun zarur; - tizimlar faoliyat ko‘rsatish muhitining o‘zgarishini bashoratlash mexanizmlarining mavjudligi; - boshqarish obyekti (BO) to‘g‘risidagi axborotlarning aniq emasligini boshqarish algoritmini intellekutallashtirish darajasini oshirish hisobiga to‘ldirilishi mumkin; - aloqalar uzilib qolganda faoliyat ko‘rsatishni saqlab qolish. Boshqarishning intellektual tizimlari orasida eng keng tarqalganlari, professor L.Zoda tomonidan noaniq mantiq (fuzzy logic) ni ishlab chiqqanidan so‘ng paydo bo‘lgan noaniq boshqarish tizimlari deb ataluvchi tizimlar bo‘ldi Bioks jarayonlarini boshqarish 1-savol To'g'ri qaror qabul qilish uchun noaniqlik sharoitida turli omillarning ta’sirlarini e’tiborga olish lozim. Qaror qabul qilish fikrlashning qat’iy tili sifatida matematik modellarga tayaniladi. Bu qaror qabul qilish masalasining tarkibiy ifodalanishini talab etadi. Mavjud axborotlardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishning turli tipik masalalaridan foydalaniladi. Bu sinfdagi barcha masalalar asosiy elementlari bilan aks ettrilgan umumiy kelib chiqishga ega. Download 46.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling