1. Qattiq suyuq va gazsimon yoqilg’ilar. Yonish mahsulotlarining hajmiy ulushlari. Yoqilg‘ining quyi va yuqori yonish issiqligi


-kalorimetrik bomba; 2- suvli idish; 3-termostat; 4-aralashtirgich; 5-termometr; 6-aralashtirgichning uzatma mexanizmi


Download 139.35 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi139.35 Kb.
#1769283
1   2   3   4
Bog'liq
lutfiddin aka 1

1-kalorimetrik bomba; 2- suvli idish; 3-termostat; 4-aralashtirgich; 5-termometr; 6-aralashtirgichning uzatma mexanizmi.
Qattiq yoqilg‘i. Qattiq yoqilg‘ilar jumlasiga yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar va qazib olinadigan ko‘mirlar kiradi. Har qanday qattiq yoqilg‘ining boshlang‘ich materiali yog‘ochdir.
Qazib olinadigan qattiq yoqilg‘i yonuvchan massasining tarkibi uning paydo bo‘lish sharoitlariga va geologik yoshiga bog‘liq. Geologik yoshining ortib borishi tartibida qattiq yoqilg‘ini shunday joylashtirish mumkin: yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit.
Torf suv ostida havosiz sharoitda botqoqlik o‘simliklaridan hosil bo‘ladi. U yer sirtidan unchalik chuqur bo‘lmagan joyda qalinligi 10 m gacha qatlamlar hosil qiladi.
Yonuvchan slanetslar oson o‘t oladi va uzun tutaydigan alanga hosil qilib yonadi. Ular quruq haydalganda koks, smola va qo‘shimcha mahsulotlarga parchalanadi. Yonuvchan slanetslar qimmatli mahalliy yoqilg‘i va kimyoviy hom ashyo hisoblanadi. Tabiiy qattiq yoqilg‘ining asosiy turi qazib olinadigan ko‘mirlardir. Ular uzoq toshko‘mir davrida daraxt va o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Qazib olinadigan ko‘mirlar geologik yoshiga ko‘ra qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir va antratsementga bo‘linadi. O‘zbekistonda ko‘mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. Toshkent viloyatida (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir, Surxondaryo viloyatida SHarg‘un, Boysuntog‘ toshko‘mir konlari bor. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida har yili 8 – 9 mln t ko‘mir iste’mol qilinadi.
Suyuq yoqilg‘i. Tabiiy suyuq yoqilg‘i neftdir. Lekin, u odatda tabiiy holda yoqilg‘i sifatida ishlatilmaydi. Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 – 370 0S temperaturaga qizdirishdan hosil bo‘lgan bug‘ni har xil fraktsiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun benzin, ligroin, kerosin; dizel dvigatellari uchun gazoylp va solyar moyi; reaktiv dvigatellar uchun kerosin – gazoilli fraktsiyalar olinadi. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 – 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi.

Download 139.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling