1. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay kelishik qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l
Download 19.68 Kb.
|
ona tili 2
1. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay kelishik qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l qo’yilgan? A)Sport bilan shug’ullanish faqat inson jisminigina emas,balki uning ruhiyatini ham tetiklashtiradi. B)Uni naqadar oqko’ngil ,fidoyi,matonatli va kuchli ekanligini ravshan his qilasan. C)Kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan paxtasi bilan chig’irig’ini ko’tarib,uyga kirib keldi D)Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim. 2. Qaysi javobda quyida berilgan gap turi to`g`ri ko`rsatilgan? U yig`lamsirab turarmidi, ko`rinishi shundaymi, hech kim bilolmadi. A) bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap B) aralash turdagi murakkab qo`shma gap C) bog`langan qo`shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo`shma gap 3. Qaysi gapda uslubiy xato qo’llangan so’z qatnashgan? A)Xushbichim qomatiga kiyimlar yarashib turadi. B)Sardorning dasxati chiroyli eknligini bilmasdim C)Keksalarning chehrasidan nur yog’ilib turadi D)Qizning go’zal turqi yigitga yanada maftunkor ko’rindi 4. Harakat nomi ishtirok etmagan gapni toping. A) Boshqalarga salom berish insoniylik belgisi. B) Bilim o`qish va takrorlash mevasidir. C) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. D) Xalqning o`zingga xayrixoh bo`lishini istasang, avval o`zing xalqqa xayrixoh bo`l. 5.Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan? A)Uzumini ye, bog’ini surishtirma. B)Ona tilini unutganlar xor bo’ladi. C)U onasi pishirgan ovqatni har doim maqtab yerdi. D)U o’z xatosini tushinib yetdi. 6.Quyida berilganlardan imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan yasama otlar ajratib ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1.shavqatsizlik; 2.sermulohaza; 3.muvaffaqiyatsizlik; 4.xushmuomala; 5.mutaxassislik; 6.mukofot; A)3,5 B)1,2,6 C)1,3,5 D)4,6 7.U 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo’lgan davrda ijod qildi. Shu qisqa 6-7 yil ichida u besh ta she’rlar to’plami, ikki doston hamda to’rt drama yaratdi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A)Cho’lpon B)Abdulla Avloniy C)Usmon Nosir D)Fitrat 8.Ko’klamning sayroqi qushlari tabiat go’zalliklrini kuylamoqdalar,ko’m-ko’k ko’katlar silkininb qushlarni olqishlamoqdalar. Ushbu gapdagi gap bo’laklarining tobelik munosabatlari haqida quyidagi berilgan qaysi ma’lumotlar to’g’ri emas. 1.Qaratqich aniqlovchining egaga tobelanishi kuzatiladi; 2. Sifatlovchi aniqlovchilar egaga va to’ldiruvchiga tobelangan; 3. Qaratqich aniqlovchining to’ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi; 4. Hol to’ldiruvchiga tobelnagan; A)1,2 B)1,3 C)2,4 D)3,4 9.Charchamang, ko’zlarim, boqay to’yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko’ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) 1 o’rinda ravishdosh shaklidagi o’timsiz fe’l qatnashgan B)Fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan C)3 o’rinda sof fe’l shaklidagi o’timli fe’llar qatnashgan D)Buyruq-istak va xabar maylidagi sof fe’llar qatnshgan 10.Maktab bog’iga mevali daraxtlar: nok,olma,o’rik va shaftolilar o’tqazing. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri? A)Sifatlovchi aniqlovchiga tobelangan vositasiz to’ldiruvchi qatnashgan B)Holga tobelangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan C)Vositali to’ldiruvchiga tobelangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan D)Uyushiq egaga tobelangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan 11. qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik kuzatilmaydi? A)Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va,mayna,bulbul va boshqalar unga jo’ra bo’libdi . B)Tabiat hodisalari : shamol,qor,yomg’ir,do’l o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. C)Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar: qizlar maktab hovlisini supurdilar. D)Zorqishloq ko’chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog’larida-ko’klam namoyishi kezadi. 12.Ichi qora insonlar o’zgalarning muvaffaqiyatini ko’ra olmaydi. Mazkur gapda qatnashgan gap bo’laklarining joylashuv tartibi qaysi javobda shartrli belgilar asosida to’g’ri ko’rsatilgan? A)Aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,kesim B)Aniqlovchi,ega,to’ldiruvchi,aniqlovchi,kesim C)Hol,aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,kesi m D)Aniqlovchi,ega,aniqlovchi,to’ldiruvchi,hol,kesi m 13.So’zdan qudratliroq kuch yo’q,o’tkir dailillarning va yuksak fikrlarning ta’sirini inkor etib bo’lmaydi. Ushbu gap haqidagi berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A)Gapda hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida kelgan to’ldiruchili so’z birikmasi qatnashgan B)gapda hokim qismi to’ldiruvchi vazifasida kelgan holli so’z birikmasi qatnashgan C)Gapda hokim qismi aniqlovchi vazifasida kelgan to’ldiruvchili so’z birikmasi qatnashgan D)Gapda hokim qismi hol vzifasida kelgan aniqlovchili so’z birikmasi qatnashgan 14. quyidagi dostonlarning qaysi birida ota davozabon do’sti bilan gaplashib o’tirganida yorinin topsish uchun yo’lga chiqqan yolg’iz o’g’lini ko;rib qoladi? A)Ravshan B)Kuntug’mish C)Oygul bilan Baxtiyor D)Alpomish 15.Qaysi javobda asosi omonim bo’lgan yasama so’z berilgan? A)Qoramtir B)Bo’zarmoq C)Yashirin D)Otilmoq 16.Bag’ishlov tarzida bitilgan “Pushkinga”, “Gurjiston shoirlariga” she’rlari qaysi ijodkor qalamiga mansub? A)Sergey Yesenin B)Rasul Hamzatov C)Erkin Vohidov D)Muhammad Yusuf 17.Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A)Mumkin o’lsa ko’rmog’im, ey sarvi ra’no surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating B)Bu kun, ey do’stlar farzandi jononimni sog’indim Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim C)Fasli navbahor o’ldi ketibon zimistonlar, Do’stlar g’animatdur sayr eting gulistonlar D)Orzu qildim: “Tutarmen”,-deb visoli domanin, Pora bo’ldi hajr iligida giribon oqibat 18.Quyidagi berilganlardan qaysilari vazifadosh modal so’z bo’la oladi? 1.chamasi; 2.taxminan; 3.darhaqiqat; 4.ehtimol; 5.aftidan 6.ham A)2,3,5,6 B)1,4,6 C)3,4,5 D)1,2,4,5 19. Sifatdosh shaklidagi yasama fe’l bilan ifodalangan ega qatnashgan qo’shma gapni aniqlang. A)Mehnat bilan ko’kargan also zavol topmast. B)Arpa ekkan arpa olar, bug’doy ekkan bug’doy olr C)Sabr qilsang, g’o’radan holva bitar,besabrlar o’z oyog’idan yitar D)Shuni bilki, qimirlagan qir oshar 20.Gahi topdim falakdin notvonliq, Gahi ko’rdim zamondin kamronlig’, Base issig’,sovug’ ko’rdim zamonda Base achchiq,chuchuk totdim jahonda. Navoiy qaysi asarining kirish qismida ushbu misralarni keltiradi? A)Mahbub ul-qulub B)Mjolis-ul nafois C)Hayrat-ul abror D)Farhod va Shirin 21.Qaysi javobda berilgan so’zlar o’zaro asosdosh so’zlar sanaladi? A)sog’inmoq,sog’aymoq B)tushlik,tushkun C)kuldon,kulgi D)qondosh,qonamoq 22.Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy hayoti va ijodi haqida emas? A)U chistonnavis shoira sifatida ham o’z mahoratini namoyon etgan, uningayniqsa “Anor” chistoni juda ham mashhur. B)Uning hasbi hol tarzida yozilgan “Dog’ o’ldi, dog’ o’ldi” g’azalida shoira hayotning ayrim lavhalari,taqdiri uchun muhim bo’lgan haotiy holatlar bayon etilgan C)Uning farzandidan judo bo’lgan onaning iztiroblari,sog’inchi aks ettirilgan “Sog’indim” radifli g’azalida oddiygiuna askar o’g’lini suyib “Davlatli sultonim” deb kuztishimiz mumkin D)U turkey va forsiy tilde yozilgan 20 dan ortiq janrdagi ijodiy merosini “Taviz ul-oshiqin” deb nomlagan 23.Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azali tahlili beriulgan? A)G’zalning baytlaridan birida kuz kelib xazon sipohi yurish boshlasa, ey bog’bon, bu bog’ tomida igndan tikan qilib qo’ysang, monelik qila olmaydi” degan mazmun ifoda etiladi. Bu bilan zimdan umrning o’tkinchiligiga ishora qiladi B)G’azalda majoziy tasvir orqali ilohiy ishq kuylanadi,lirik qahramon begona baytda ishqda undan ko’ra “avvalqadam” bo’lgan “tolibi sodiq” ya’ni pir izlayotganligini ifoda etadi C)Shoir g’azalning baytlaridan birida “oy yuzli” deb ta’riflaydi, shunga mutanosib ravishda maqtada uni “siymbarim” deydi. Oyning oqligi bilan siym ya’ni kumushning oqligi o’;rtasida vobastalik (bog’liqlik) orqali chiroyli tasvir yaratadi D)Shoir g’azalning baytlarning birida “jomi jam” va Xizr payg’ambar bilan bog’liq talmeh san’atining ajoyib namunasini yaratadi 24.Yoyiq undalma qatnashgan sodda gapni aniqlang A)Tezroq kel,jon bolam,ovqating sovib qoldi B)Bu vodiyni ,o’rtoqlar,markaziy Farg’ona deydilar C)O’g’lim O’rmonjon,bola bechorani cho’chitmagin,zo’rg’a uxlatdim D)Azizxon polvon ishlaydigan joyni ko’rsatib qo’ymaysanmi,arslon yigit 25.Qaysi javobda Mirtemirning “Bu –men tug’ilgan tuproq” she’rida haqidagi ma’lumot berilgan? A)Bu she’riy asarda zolim va bosqinchi shoh Kayxusrav qancha begunohlarning qonini ham oqizib ham to’ymagani, oxir-oqibat dushmani uning boshini kesib unga qarab: “Tiriklikda to’ymading sira qon-yoshga, Mana endi to’yib ol boshing ko’mib ich”, deya atagani juda ta’sirli tasvirlangan B)Bu asarda podshoh boshida shoxi borligini saqlash uchun bir qancha sartaroshlarni o’ldirtiradi,ammo oxir-oqibat aybini butun olam biladi va xalq orasida badnom bo’ladi C)Bu she’riy asarda qahramon Kayxusrav,Chingizxon,Oqpodsho sinari zolim va bosqinchi shohlar nomini nafrat bilan tilga oladi. Lirik qahramon shre’r oxirida vataniga “kim nohas o’qraysa ham ko’;zlarini o’yaman “ deydi D)Bu asarda ota va qizning qullarga bosh bo’lib zolim xonga qarshi isyon qilish aks ettiradi. Zolim xon otani o’ldirad 26.Unda Eltarish xoqonning Tabg’achda tarbiyalangan keyinchalik Turk xalqini yig’ib “shad” unvonini olgan maslahatchisi va sarkardasining qahramonliklari aks ettirilgan? Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida? A)Qutadg’u bilig B)Qissasi Rabg’uziy C)To’nyuquq bitiktoshi D)Boburnoma 27.Men esa oshig’ing seningf eng g’arib, Tundan so’z qarz olib,tongga tutguvchi, Sening yoningda ham seni axtarib,Sening yoningda ham seni kutguvchi Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? A)Usmon Nosir B)Muhammad Yusuf C)Mirtemir D)To’ra Sulaymon 28.U 6 oydan beri biror soat mijja qoqib uxlamagan… qizidan qolgan 4 yetining kelajagini o’ylaydigan mehribon “qora buvi”. Ushbu parchada fikr yuritilgan obraz nomi qaysi? A)R oqiyabibi B)Umri xola C)Sharofat aya D)Jannat xola 29.Qaysi javobda berilgan so’zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra, ham til qismlarining harakatiga ko’ra o’zaro bir turga mansub emas? A)do’ppi-lo’ppi B)yonilg’i-yoqilg’i C)qovun-qovur D)tila-sila 30.Go’zallik insoniy tuyg’ularni: mehrmuhabbat,shodlik va erkinlikni kamol toptiradi Ushbu gapdagi soda yasama so’zlarning sintaktik vazifasini aniqlkang A)aniqlovchi,vositasiz to’ldiruvchi,kesim B)ega, aniqlovchi,vositasiz to’ldiruvchi C)ega,vositasiz to’ldiruvchi,kesim D)ega,aniqlovchi,vosutali to’ldiruvchi Download 19.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling