17. Aniq nisbatdagi fe’llar qatori berilgan javobni aniqlang.
A) ko‘rsatmoq, bildirmoq
B) unutmoq, o‘qimoq
C) kiyinmoq, bilinmoq
D) gaplashmoq, oqizmoq
18. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan?
A) Ayrilganning ayiq yer,
Bo‘linganning bo‘ri yer.
B) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi.
C) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
D) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga.
19. Berilganlardan urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ajratib ko`rsatilgan javobni belgilang.
1) gazeta 2) traktor 3) o`rikzor 4) paxtakor 5) respublika
A) 1,2,5 B) 2,3,4,5 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4
20. Yaxshi tarbiya ko`rgan odam
xislatlari
biri shuki, u sheriklari
yordam qo`li
uzatadi, safi
kengaytirib, yangi g`alaba
ko`zlaydi.
Ushbu gapda so`zdagi nuqtalar o`rniga nechta tushum kelishigi qo`shimchasi qo`yiladi?
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
II variant
1. Berilganlardan urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ajratib ko`rsatilgan javobni belgilang.
1) gazeta 2) traktor 3) o`rikzor 4) paxtakor 5) respublika
A) 1,2,5 B) 2,3,4,5 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so`z uchraydi?
A) Sarvar juda qo`rqib ketganidan voqeaning tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi.
B) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi.
C) Universitet faoliyati to`g`risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik.
D) Bugungi ko`rik-tanlovda qatnashish uchun litsey tomonidan uchta o`quvchi tavsiya etilgan.
3. Qaysi gapda ega vazifasidagi so`z imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) Solih maxdum xa`sis, ta`magir, har holda, uni yaxshilar qatoriga qo`shib bo`lmaydi.
B) Kongress ishida faqat tibbiyot xodimlarigina emas, boshqa soha vakillari ham ishtirok etmoqda.
C) Yosh san`atkor qo`shig`ini olqishlab tamoshabinlar qarsak chaldilar.
D) Kimki ulig`roq unga xizmat kerak, Kimki kuchikroq unga shafqat kerak.
4. Qaysi gapda ma`nosi metonimiya usulida ko`chgan so`z o`rin holi vazifasida kelgan?
A) O`lkamizda tun o`z o`rnini tongga bo`shatib berdi.
B) Yakshanba kuni Boburga aylangani boramiz.
C) Orzu kemalari xayol dengizi tomon yo`l oldi.
D) Men Gulliverning sayohatlariga juda qiziqib qoldim.
5. Qaysi javobda o`z paronimi bilan o`zaro bir xil so`z turkumiga mansub bo`la oladigan so`z berilgan?
A) sud B) a`yon C) xiyla D) abzal
6. Qaysi javobdagi so`zlar shakldoshiga ega?
A) adil, a`yon B) asr, asir
C) bo`shamoq, bo`lmoq D) ortmoq, arimoq
7. Qaysi gap tarkibida o`z paromnimi bilan turli turkumga mansub bo`la oladigan so`z qatnashgan?
A) Zaruriy muolajalar qilingandan keyin bemorning sog`lig`i xiyla yaxshilandi.
B) Xira ko`zlar bilan suratga boqdi,
U hamon o`shanday, sukutda hamon.
C) Xalq ganjin yulmoqqa cho`zilgan qo`lga
Bir alvon guldasta tutibmiz faqat.
D) Shoh bolasiga yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak.
8. Yaxshi tarbiya ko`rgan odam
xislatlari
biri shuki, u sheriklari
yordam qo`li
uzatadi, safi
kengaytirib, yangi g`alaba
ko`zlaydi.
Ushbu gapda so`zdagi nuqtalar o`rniga nechta tushum kelishigi qo`shimchasi qo`yiladi?
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
9. Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi qo`shimchalar o`zaro omonimlik hosil qilgan?
A) to`lin to`kin
B) kelinchak kuyunchak
C) supurgi kuzgi
D) qarsak o`ksik
10. Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan?
A) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi.
B) Uning sovuqdan lablari ko`karib ketgan.
C) Farovonlik istasang, baxtli bo`lganingda ham do`st-yor orttir.
D) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
11. Yasalish asosi fe`l bo`lgan faoliyat-jarayon otlari berilgan javobni aniqlang.
A) suvoqchilik, bosqinchilik
B) ezmalik, terimchilik
C) chopiq, intiqlik
D) terim, ko`rik
12. O`zing o`yla,
Gunoh kimda?
Kimdan oldim tarbiyat?
Sen uyg`otding yuragimda
Toj-u taxtga muhabbat.
Ushbu she`riy parchadagi olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang.
A) Vositasiz to`ldiruvchi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan.
B) Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra ikki turi qatnashgan
C) Ega vazifasini bajargan olmoshlar qatnashgan
D) Olmoshlarning ma`nosiga ko`ra ikki turi qatnashgan
13. Qaysi gapda qo`shma fe`llar mavjud?
A) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o`zini ko`rsata oladigan yoshlar qo`lida.
B) Shubhasiz, Vatanimizning kelajagi yorug` va ertasi porloq.
C) Bilim kaliti yordamida yo`llarida uchraydigan muammolarni yechib ketaveradilar.
D) Xalqimiz farzandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan bilim dargohlarida ta`lim olib kelmoqdalar.
14.Qaysi javobda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro ko‘p ma’noli sanaladi?
A) Talabalik – oltin davrim.
O‘zbekistonda oltin qazib olish yildan yilga rivojlanmoqda.
B) Qatiq inson salomatligi uchun juda foydali mahsulot sanaladi.
Qattiq nonlarni tashlab yubormang.
C) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un,
Behuda chiqarma sado hamda un…
D) Hech bo‘lmagandan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi.
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
|
15. Qaysi so‘zlar o‘zaro sinonim sanaladi?
A) ganch, xazina
B) makr, hiyla
C) xiyol, ancha
D) husn, chiroyli
|
16. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan?
A) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi.
B) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan.
C) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi,
Chechak ochsa, turfa gullari.
D) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi.
|
17.Qaysi javobda iboraning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan?
A) Og‘ziga talqon solgan – kamsuqum
B) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – lapashang
C) Yerga ursang, ko‘kka sapchiydi – sho‘x
D) Kapalagi uchib ketdi – hayron bo‘ldi
18. Yasama sifatlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) U men bilan do‘stlarcha xayrlashib, yo‘lga tushdi.
B) Yozgi mehnat – qishki rohat.
C) Hulkarning yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi.
D) Elim deb, yurtim deb yashaganlar nomi mangudir.
|
19. Qaysi gapdagi fe’lning tarkibida nisbat qo‘shimchasi ishtirok etgan?
A) Men uni hammadan ham ko‘proq qizg‘anar edim.
B) Osmondagi yulduzga boqib, hayot chashmasini qidiraman.
C) Onasi o‘g‘lining ko‘ziga dorini ehtiyotkorlik bilan tomizdi.
D) Alisher Navoiy o‘zbek tili mavqeyini yuksaklikka ko‘tardi.
20. Bunda na g‘am bor, na azob, unda yashash
quvonchi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu
va qudrat bor edi.
Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor?
A) 6ta B) 4ta C) 5ta D) 1ta
|
|
|