1. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro`yobga chiqarishiga ko‘ra turli guruhga oid bo‘lgan teng bog‘lovchilar qatnashgan?


Download 25.05 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi25.05 Kb.
#1043271
Bog'liq
#11 Blok test


#11 Blok test
1. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro`yobga chiqarishiga ko‘ra turli guruhga oid bo‘lgan teng bog‘lovchilar qatnashgan?
A) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin hosil yetkaza bilish ham san’atdir. B) Oqmoya ozg‘in va chayir, oyoqlari uzundan kelgan, qarilig-u og‘ir yukdan hali toliqmagan bebaho tuya edi. C) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi. D) Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, odam ming yil yashagan bo‘lardi.
2. Qaysi javobda aniqlovchi vazifasidagi so`z imlosida xatolikka yo`l qo`yilgan?
A)Bu ko`rsatuv tamoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi. B)Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro`yxatini yozib chiqdi. C)Bugungi farovon hayotimizning qadriga yetmog`imiz kerak. D)Do`stim, ta`magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi.
3. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi? 1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 3, 6, 7 D) 1, 2, 4, 7
4. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang. ~~~~~~ _ _ _ _ _ _ ………… ==========
A)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. B)Kecha bobomlarni ko‘rgani bordik. C)Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak. D)Shaftolizor bog‘larni shavq bilan aylandim
5. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A)Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan. B)Aniqlovchili so‘z birikmalarining barchasida hokim qism ot bilan ifodalangan. C)Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan. D)Tobe qismi ot, olmosh va fe’l bilan ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan.
6. Menga yolg’izsan , deb chimirmagil qosh,
Turfa savdolarga oshnodir bu bosh
Barcha mag’lubiyat mening do’stimdir ,
Barcha yo’qotishlar menga qarindosh . (Abdulla Oripov)
Mazkur to’rtlikda qo’llangan sifat qanday so’zga bog’langan ?
A) ot B) olmosh C) fe’l D) ravish
7. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so‘zlar sanaladi? 1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 6) chopmoq A) 1, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 6
8. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A)Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi. B)O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. C)Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. D)U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi.
9. Qaysi gap tarkibida o'z omonimi bilan o'zaro bir xil so'z turkumiga mansub bo'la oladigan so'zlar ishtirok etgan? A)"Ro'parada ko'kish tuman pardasiga burkangan Chotqol tog'Jari salobat to'kib turar edi", - deb yozgan edi adib. B)Kechki payt hujrada shoir yolg'iz edi. C)Ayniqsa, xo'jayinning katta o'g'li paxtaga juda o'ch adam edi. D)Bir yil tut ekkan kishi qirq yil mevasini teradi
10. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko'makchilar yasama so'z bilan ifodalangan gap bo'laklarini shakllantirishga xizmat qilgan? A) U do'stidan xavotirlangani uchun o'rmon tomon yurdi-yu, biroz qo'rqoqligi tufayli u yerga kirishga ikkilandi. B)"Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish kerak-da", - dedi u beg'uborlik bilan tog' tomonga qarab. C)"Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, - dedi otaxon xotirjamlik bilan, - tinchlik farovonlik tomon eltuvchi yo'ldir". D) U xuddi usta zargarlar kabi uzukni bosh dan oyoq aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani uchun uni Naziraga qaytarib berdi.
11. Qaysi javobda bog'lovchisiz qo'shma gap berilgan? A) Yer ham, ko'klam moviy rang, havoning yuzi tiniq. B) Yo biz bu ishni baja.ramiz, yo ular bilganlarini qilishadi. C)Halol mehnat ro'zg'orga qut-baraka olib kiradi, dangasalik esa yalqovlik eshigini ocha.di. D) Yigitlar suv tashirdi, qizlar hovlila.rni supurardi, keksalar esa gaplashib o'tirishardi.
12. Tumanimizda yangi inshoot barpo qildi. Ushbu gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarish to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A)Fe’lda ifodalangan mayl ma’nosi o‘zgaradi. B)O‘timli fe’lning o‘timsiz fe’lga aylanishi kuzatiladi. C)Ushbu gap shaxsi noma’lum gapga aylanadi. D)Fe’lda ifodalangan zamon ma’nosida o‘zgarish kuzatiladi.
13. Bosh gap qismida uyushgan bo‘laklar ishtirok etgan ergash gapli qo‘shma gapni toping. A)Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash’a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman. B)Bahor kelsa, boshlanar bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi. C)Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. D)Quyosh bosh ko‘tarib chiqadi-yu, uxlab yotgan dov-daraxtlar, giyohlar borliqni uyg‘otib yuboradi.
14. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A)eplamoq, uddalamoq, sarflamoq B)yalqov, ishyoqmas, tanbal C)betob, bemor, xasta D)ayyor, quv, mug‘ombir
15. Yigit boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmasin. Ushbu gapda yigit so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, qanday grammatik o‘zgarish kuzatiladi? A)Gapdagi aniqlovchi undalmaga aylanadi. B)Gapdagi ega undalmaga aylanadi. C)Gapda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘ladi. D)Gapdagi ega kirish so‘zga aylanadi
16. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan band so‘zi haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. 1. Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2. Suv kelmasdan band tashlama. 3. Shifokor hozir band, birozdan keyin xabar oling. A)Ushbu gaplarda qatnashgan band so‘zlarining barchasi o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi. B)1- va 3-gaplardagi band so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar sanaladi va ushbu so‘z 2-gapdagi band so‘ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. C)Har uchala gapdagi band so‘zi bir so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanilishidir. D)2- va 3-gapdagi band so‘zlari o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar sanaladi va ushbu so‘zlar 1-gapdagi band so‘ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
17. Qaysi so‘zlar juftligi tub va yasama so‘zlarga mansub bo‘la oladi? A)sozlar (musiqa asboblari) − sozlar (harakat bildiruvchi so‘z) B)olma(meva) − olma (harakat bildiruvchi so‘z) C)kechik (daryoning kechuv joyi) − kechik (harakat bildiruvchi so‘z) D)bo‘g‘ma (kasallik nomi) − bo‘g‘ma (belgi-xususiyat bildiruvchi so‘z)
18. Suhbatlashishga arziydigan kishi bilan gaplashmaslik kishini yo‘qotishdir. Suhbatlashishga arzimaydigan kishilar bilan gaplashish so‘zni yo‘qotishdir. Oqil odam esa kishilarni ham, so‘zni ham yo‘qotmaydi. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. A)Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar bir xil bo‘lak vazifasini bajargan. B)Ushbu parchada harakat nomi shaklida kelgan tub fe’l qatnashgan. C)Ushbu parchada birgalik nisbatdagi tub fe’l qatnashgan. D)Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar ikki xil nisbat shaklida qo‘llangan.

shart

oqibat
19.
Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A)Xonaga kirishim bilan meni ko‘rgan oyimning yuzlarida go‘zal tabassum paydo bo‘ldi, chunki mening qo‘llarimda oyimga xush yoquvchi oppoq atirgullar bor edi. B)Biz farzandlarimizni Ona Vatan va buyuk ajdodlarimizga hurmat, ulardan faxrlanish tuyg‘usi bilan tarbiyalashimiz uchun ularga tarixni mukammal o‘rgatishimiz lozim. C)Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. D)Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari katta tajriba va malaka talab qiladi, shuning uchun naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, iste’dodli qismi hisoblangan.
20. Bolalarni tarbiyachi o`z oldiga chaqirib, minnatdorchilik bildiradi. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? A) nutq sofligi B) nutq mantiqiyligi C) nutq to`g`riligi D) nutq jo`yaliligi
21. Qaysi javobdagi gapda aniqlovchi vazifasida kelgan tovushga taqlidni bildirgan so‘z qo‘llangan? A)Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. B)Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq urardi. C)Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. D)Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim.
22. “Qor yonadi” deyilsa nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? A) nutqning ifodaliligi B) nutqning jo`yaliligi C) nutqning aniqligi D) nutqning sofligi
23. Tarkibida sof ko`makchi qatnashgan gapni aniqlang. A)"Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar ishi emas", -dedi shunda otam. B)O`rtancha botir voqeani aytib, nishona uchun tasmani o`rtaga tashladi. C)Ertalabki choydan keyin biroz hangomalashgach, hammamiz yo`lga otlandik. D)Qish o`tib, yana Samarqand tomon yo`limiz tushdi.
24. Tobe qismi ko`chma ma`noda qo`llangan bitishuvli birikmalarni aniqlang. A)uyg`ongan mehr, issiq suv B)masala yechmoq, gap sotmoq C)og`ir xo`rsinmoq, o`ynoqi shabada D)yengil jarohat, siquv ostida
25. Qo‘shni xonadan gurs-gurs ovozlar uzluksiz eshitilaverardi. Qaysi javobda ushbu gap tarkibidagi barcha gap bo‘laklari shartli belgilar asosida tartib bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) aniqlovchi,hol, aniqlovchi, ega, hol, to`ldiruvch,kesim B) aniqlovchi, to`ldiruvchi, aniqlovchi, ega, hol, kesim C) aniqlovchi, hol, hol, ega, hol, kesim D) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, ega, hol, kesim
26. Qaysi qatorda imloviy jihatdan noto'g'ri yozilgan so'z mavjud? A) Kunlardan bir kuni Umarshayx a‘yonlari bilan o'tirgan ekan, bir kabutar uchib keiib ayvon peshtoqiga qo'nibdi-da, sayrayveribdi. B) Kabutarni tutib keltirib, oyog'idagi mis halqani yechib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. C) O`zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oyasi mamlakatimizda erkin va farovon hayot yaratishdir. D) Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a‘yonlariga qarab: ―Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdir, xabar qilinglar, barcha qovin sayliga otlansin‖, -debdi.
27. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo'shimchalar ishtirok etmagan? 1) qovurma (lag'mon) - qovurma (harakat inkori); 2) bog'lar (o'rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3) terim (tananing tashqi qoplamasi)-terim (faoliyat-jarayon oti); 4) ko'zlar (inson a‘zosi) - ko'zlar (harakat); 5) qaynatma (sho'rva) - qaynatma (harakat inkori) A) 2, 4 B) 2, 3, 4 С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3
28. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? 1) mukofot; 2) tayziq; 3) taxlit; 4) dafatan; 5) favqulodda; 6) har chog‘ A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6
29. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. B) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. C) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan.
30. Agarda shunga qaror qilgan boʻlsa, mazkur amaliyotni, albatta, reja asosida amalga oshirgan ma’qul. Ya’ni malakali mutaxassisga murojaat qilishi, zaruriy qon tahlillarini topshirishi, yurak faoliyatlari tekshiruvi, qon kasalliklari, sogʻlom boʻlishi zarur. Ushbu mikro matnda qaysi so`z yoki so`z birikmasi noto`g`ri qo`llangan? A) qon tahlillari B) reja asosida C) qon kasalliklari D) malakali
31-, 32-, 33- test topshiriqlari uchun matn
Bahromshohning uchta o`g`li bor ekan. U tirikligida farzandlaridan birini taxtga o`tqazib, xotirjam bo`lmoqchi bo`libdi va ularni sinash uchun shunday debdi: -O`g`illarim, dunyodagi o`ta kuchli, eng shirin, eng yoqimli va lazzatbaxsh narsani topib kelinglar. Har tomonga keltirish uchun Bahromshohni o`g`illari o`sha narsa jo`nashibdi. Birinchi o`g`li may keltiribdi, ikkinchi o`g`li esa asal keltiribdi. Kenja o`g`li otasi istagan eng shirin narsani topish uchun ancha uzoq mulohaza qilibdi, keyin esa til keltiribdi. Shoh sukut saqlab hammasini birma-bir qabul qilibdi va debdi: -Endi menga tig`dan o`tkir, zahardan kuchli, eng achchiq va ziyoni narsani olib kelinglar. Farzandlar eng achchiq narsani topib kelish uchun har tomonga … Kenja o`g`il yana til keltiribdi. Shoh Bahromga kenja o`g`li keltirgan narsa, ya`ni til juda ma`qul bo`libdi va uni taxt boshqarishga loyiq deb topibdi
31. Ushbu matnni o`qing va matnda aks etgan g`oyaga mos bo`lgan maqolni aniqlang? A) Yaxshi yaxshiga yondashtirar, Yomon yo`ldan adashtirar. B) Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga C) Yaxshi so`z- jon ozig`i, yomon so`z-jon qozig`i D) Uzun bo`yli ahmoqdan kalta bo`yli oqil yaxshi.
32. Mazmuniy va Grammatik jihatdan xato shakllangan ushbu ajratib ko`rsatilgan gap qaysi javobda matn mazmuniga mos ravishda to`gri shakllantirilgan? A) Bahromshohni o`g`illari o`sha narsani keltirish uchun har tomonga jo`nashibdi. B) Bahromshohning o`sha narsani keltirish uchun o`g`illari har tomonda jo`nashibdi. C) Bahromshohni o`g`illari keltirish uchun o`sha narsani har tomonda jo`nashibdi. D) Bahromshohning o`g`illari o`sha narsani keltirish uchun har tomonga jo`nashibdi.
33. Nuqtalar o`rniga quyidagi berilgan qaysi so`zni qo`yish uslubiy jihatdan to`g`ri sanaladi? A) Kirib borishibdi B) Tarqalib ketishibdi C) ko`payib ketibdilar D) ovoza bo`libdilar
34. Qaysi qatorda yasovchi vositasigina omonimlik xususiyatiga ega bo`lgan yasama otlar berilgan A) sezgi, paxtakor, bezak B) zargar, tikanzor, to'plam C) terim, ko'rik, ochqich D) suvdon, bezak, sezgir
35. “Ovoz” so’zinining sinonimlari orasida quyidagi ta`rifga mosini belgilang? Jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. A) Sas B) Nido C) Sado D)tovush
36. So‘z ochma boshqa bo‘stondan, menga bo‘ston shu bo‘stondir, Shu bo‘ston kaftida durdona bizning O‘zbekistondir. Ushbu parchada necha o‘rinda ot so‘z turkumiga oid so‘z ega vazifasini bajargan? A) 1 o‘rinda B) 4 o‘rinda C) 2 o‘rinda D) 3 o‘rinda
37. Quyidagi gaplarning qaysi birida ham affiksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan? A) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. B) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. C) Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. D) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi
38. Olmoshning qaysi tur(lar) i har doim turlangan holatda qo‘llanadi? A) o‘zlik B) o‘zlik va kishilik C) kishilik, ko‘rsatish, gumon D) o‘zlik va ko‘rsatish
39. Qayumxon Olimovichning uyida zo‘r tantana. Shaharning ko‘zga ko‘ringan odamlari taklif etilgan. Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta so‘rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol, stullar bilan bezatilgan. Matndagi fe’llar qaysi nisbatda? A) o‘zlik, orttirma B) majhul, orttirma C) majhul D) o‘zlik, majhul
40. Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi Inson hayvondan aql bilan farq qiladi Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) « »,— . B) :« ». C) :« — ». D) :« »,— .

Download 25.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling