1. Qaysi javobda bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan ? A g‘ayratlining yuragi qaynar, g‘ayratsizning yuragi o‘ynar


Download 16.04 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi16.04 Kb.
#1328511
Bog'liq
9-sinf 3-chorak


9-sinf ona tili fanidan 3-chorak uchun test
1. Qaysi javobda bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan ?
A) G‘ayratlining yuragi qaynar, g‘ayratsizning yuragi o‘ynar.
B) Goh kechalari shamol bo‘riday uvullab chiqardi, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi.
C) Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar.
D) So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni o‘ldiradi.
2.Quyidagi qaysi bogʻlovchisiz gap qismlari orasiga tire ishlatiladi ?
A)Chiroq oʻchdi hamma uyiga ketdi B)Xushxabar olib keldim ertaga sayohatga joʻnaymiz
C)Nomarddan yordam soʻrama yuzingga soladi D)Havo bulut boʻldi yomgʻir yogʻmadi
3.Quyidagi qaysi bogʻlovchisiz gap qismlari orasiga vergul ishlatiladi ?
A)Chiroq oʻchdi hamma uyiga ketdi B)Xushxabar olib keldim ertaga sayohatga joʻnaymiz
C)Nomarddan yordam soʻrama yuzingga soladi D)Havo bulut boʻldi yomgʻir yogʻmadi
4. Qaysi javobda bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan ?
A) G‘ayratlining yuragi qaynar, g‘ayratsizning yuragi o‘ynar.
B) Goh kechalari shamol bo‘riday uvullab chiqardi, goh sharros yomg‘ir quyib qolardi.
C) Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar.
D) So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, so‘zning qattig‘i esa odamni o‘ldiradi.
5. Kesimlari sodda tub so‘zlar bilan ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gap qaysi javobda berilgan ?
A) Otalar so'zi - aqlning ko'zi. B) Rostgo'y odamning bitta ojizligi bo'ladi: uni aldash oson.
C) Suv keldi - cho'llarda hayot boshlandi. D) Har qanday donolikning cheki bor, nodonlik esa chegara bilmaydi.
6.Birovning aynan keltirilgan gapi nima deb ataladi ?
A)Muallif gapi B)Koʻchirma gap C)Oʻzlashtirma gap D)Oʻzlashma gap
7.Koʻchirma gapli qoʻshma gaplardagi muallif gapi bu–?
A)Birovning aynan keltirilgan gapi B)Tinglovchining gapi
C)Soʻzlovchining gapi D)Shakli oʻzgartirilib,faqat mazmuni berilgan gap
8. Koʻchirma gapli qoʻshma gaplardagi shakli oʻzgartirilgan oʻzganing gapi bu–?
A)Muallif gapi B)Koʻchirma gap C)Oʻzlashtirma gap D)Oʻzlashma soʻz
9. Quyidagi qolipga mos gap qaysi javobda berilgan ? M:ʻʻK”.
A)Ertaga ota onalar majlisi boʻladi dedi sinf rahbarimiz
B)Maktab direktori dedi Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinglar
C)Salima Taʻtilda qanday kitob oʻqimoqchisan ? deb soʻradi
D)Soat necha boʻldi ?deb soʻradi Rustam
10. Quyidagi qolipga mos gap qaysi javobda berilgan ? M:ʻʻK”,–m
A)Ertaga ota onalar majlisi boʻladi dedi sinf rahbarimiz
B)Maktab direktori dedi Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinglar!
C)Salima Taʻtilda qanday kitob oʻqimoqchisan ? deb soʻradi
D)Soat necha boʻldi ?deb soʻradi Rustam
11. Quyidagi qolipga mos gap qaysi javobda berilgan ? ʻʻK”,–m
A)Ertaga ota onalar majlisi boʻladi dedi sinf rahbarimiz
B)Maktab direktori dedi Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinglar
C)Salima Taʻtilda qanday kitob oʻqimoqchisan ? deb soʻradi
D) Maktab direktori Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinglar ! dedi
12.Bir gapda,maqsadda,maslakda mustahkam turadigan,ogʻishmaydigan inson soʻzi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatigan ?
A)Sofdil B)Sobitqadam C)Xayrixoh D)Xushfeʻl
13.Agar ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilsa, ko’chirma gapdagi qaysi sintaktik birlik qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi?
A)To‘ldiruvchi B)Aniqlovchi C)Undalma D)Ega
14. Qaysi javobda koʻchirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirganda yuz beradigan oʻzgarish xato izohlangan?
A) Muallif gapining egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi.
B) Ko’chirma gap tarkibidagi kirishlar tushib qoladi .
C) Muallif gapinig kesimi vazifasidagi dedi so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi.
D) So’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar darak gapga aylantiriladi.
15. Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida o'xshatish munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.
Berilgan qoidaga quyidagi maqollardan qaysi biri mos keladi?
A) Vataning tinch - sen tinch. B) Suv keldi - nur keldi.
C) Bulbul chamanni sevar,Odam — Vatanni D) Aytilgan so'z - otilgan o'q.
16.Qanday gaplar bogʻlovchisiz qoʻshma gap deyiladi ?
17.Qoʻshma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir boʻladigan voqea hodisalarni ifodalasa,ular orasida qanday tinish belgisi qoʻllaniladi ?
18.Odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik;saxovat,himmat bu–?
19. Koʻchirma gapli qoʻshma gaplar necha qismdan iborat boʻladi ?
20. Bularning bari tush bo‘lsa kerak: nima bo‘lganini anglay olmay qoldim.
Ushbu gap qanday gap hisoblanadi ?

TAYYORLADI:SABUROVA KOMILA
Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling