1. Qaysi qatorda vositasiz to`ldiruvchi bo`lib kelgan so`z imloviy jihatdan xato yozilgan? A kutubxonachi yangi kitoplardan gapira boshladi. B kechada o`tmish voqealarini ham eslab baxs qilishdi. C jonajon O`zbekistonimizni asrab
Download 126.24 Kb. Pdf ko'rish
|
9 t
1. Qaysi qatorda vositasiz to`ldiruvchi bo`lib kelgan so`z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Kutubxonachi yangi kitoplardan gapira boshladi. B) Kechada o`tmish voqealarini ham eslab baxs qilishdi. C) Jonajon O`zbekistonimizni asrab avaylaylik! D) Siz ertaga mufassal xisobot topshirishingiz kerak. 2. Qaysi qatorda jarangli juftiga ega bo`lmagan shovqinli tovush so`z yasovchi bo`lib kelgan? A) to`plam B) qisqartirmoq C) tinchitmoq D) qoraytirmoq 3. ovqat, taom, ne’mat, tomoq, oziq. Berilgan so`zlardan qaysi biri badiiy uslubga xos? A) taom B) ovqat C) ne’mat D) tomoq 4. Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor. Ajratib ko`rsatilgan so`zda ma’no ko`chishning qaysi turi sodir bo`lgan? A) metonimiya B) sinekdoxa C) metafora D) vazifadoshlik 5. Zamonaviy bilimga ega, odobli, iste’dodli, bilimdon, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar haqida qaysi ma’lumot to`g`ri emas? A) fe’ldan ot yasalgan B) yasama otdan sifat yasalgan C) yasama so`z kesim vazifasida kelmagan D) yasama so`zning tub so`zga tobelanishi kuzatiladi 6. Tarkibida tor va keng lablanmagan unli qatnashgan so`zni aniqlang. A) ko`rik B) bilak C) okean D) ko`krak 7. Tobe so`z tarkibidagi qo`shimcha bilan hokim so`z tarkibidagi qo`shimcha omonim bo`lgan so`z birikmani toping? A) ishlashni o`ylamoq B) bolangni ko`rdingmi? C) sening vataning D) qovunimning tilimi 8. Shaharga borish uchun, ya’ni o`g`lini ko`rish uchun, ulov qidirdi. Ushbu gapda qaysi gap bo`lagi ajratilgan? A) ajratilgan aniqlovchi B) ajratilgan to`ldiruvchi C) ajratilgan hol D) ajratilgan izohlovchi 9. ~~~~~~ --------- ……… ======= berilgan shartli belgilarga mos keladigan egasi yashiringan gapning shaxsi ma’lum gap turini aniqlang? A) Bu masalani odillik bilan hal etamiz. B) Kecha shaftolizor bog`larni ko`rgani bordik. C) Berilgan topshiriqni bajarish vaqtida kerak. D) Urush… Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. Download 126.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling