1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar


Download 188.5 Kb.
bet10/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab sistemasiga muayyan ta’sir etib, insonni vaqtinchalik faoliyatini izdan chiqaradi.
Bi-zet - oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash xarorati 4120S, suyulish xarorati 1900S. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi.
Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallyutsinatsiya va xayajonlanish.
Qaltiratuvi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar-ko‘zning xarakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini izdan chiqaradi. Bu guruhga kiruvchi moddalardan Si-es va Si-er muhim ahamiyatga ega.
Si-es - oq kristal kukun bo‘lib, suvda yomon, atseton, benzollarda yaxshi eriydi. Uning qaynash xarorati 3150S, suyulish xarorati 950S, solishtirma og‘irligi 1,0ga teng. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida. Si-esning havoda aerozol ko‘rinishidagi miqdori 5⋅10-3 mg/lda hamma odamlarni birdan izdan chiqaradi, yuqori kontsentratsiyada esa terining ochiq joylarida kuyish sodir bo‘lib, nafas organlari pallajlanadi. Zararlanish belgilari: ko‘zni, ko‘krak qafasini qizishi, og‘rishi, ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar.
Si-er qattiq kristall modda bo‘lib, zaharliligi Bi-zetdan yuqori. Si-er ham inson terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘ladi.
Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarga botunil toksini va staffilokkok enterotoksin kiradi.
Botunil toksini - o‘ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi hisoblanadi. Toza botunil toksini kristall modda. Zararlanish belgilari: bosh og‘rigi, holsizlanish, ko‘z xiralashish, qusish, pallajlanish. Yuqori miya pallajlanib, natijada odam o‘ladi.

4. Biologik qurollar va ularning talofatlari


Biologik qurollar asosan keng miqyosda odamlarni, qishloq xo‘jalik xayvonlarini, ekinlarini, o‘simliklar va ba’zi bir harbiy materiallarni zararlash uchun mo‘ljallangan. Biologik qurollar asosini biologik vositalar tashkil etib, unga kasallik tarqatuvchi viruslar, bakteriyalar, zamburuglar va rikketsinlar kiradi. Biologik aslahalar aviatsiya bombasi, kasetalar, konteynerlar, changlantiruvchi jihozlar, raketalarning jangovor qismi, chayqatuvchi jixozlar va boshqalar kiradi.
Biologik vositalar qo‘llanishi oqibatida favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar yuzaga keladi. Bular quyidagi ko‘rinishlarda kuzatiladi:

  1. alohida xavfli yuqumli kasalliklar tarqalganda;

  2. epidemiya;

  3. guruh kasallanishi oqibatida;

  4. kasallanishning va o‘limning o‘sishi natijasida;

  5. odamlarni zaharlanishida;

  6. epizootik vaziyat, ya’ni hayvonot dunyosida o‘tkir kasalliklarni tarqalishi;

  7. epifitotik vaziyat, ya’ni o‘simliklarni kasallanishi.

Biologik (bakteriologik) qurollarni, odamlarga va hayvonlarga ta’siri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ya’ni ular tirik organizmga juda kichik dozada tushsa ham yuqumli kasalliklar epidemiyasini boshlaydi. Ularning tarqalish tezligi juda yuqori, ta’sir vaqti ham uzoq, ular germetik bo‘lmagan saqlagichlarga oson kiriadi, ularning mikrobini, toksinini aniqlash juda qiyin.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling