1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish kanallari va yoʻllari


Download 50.5 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1506766
  1   2   3   4
Bog'liq
Mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish usullari.


Mahsulotlarni sotish va yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish usullari.

Reja:



1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish kanallari va yoʻllari.
2. Davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulot sotish mexanizmi.
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini erkin sotish mexanizmi.
4. Yordamchi tarmoqlar faoliyatini tashkil etish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish kanallari va yoʻllari

Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq xoʻjaligida turli mulkchilikka asoslangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuzaga kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xoʻjaliklarining miqdori va ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, isteʼmol bozorini kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan taʼminlashda ularning hissasi juda kattadir.


Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarishida yirik tovar xoʻjaliklari qatorida koʻp sonli aholi, dehqon va fermer xoʻjaliklarining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi bu sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishga undamoqda.
Chunki qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni tayyorlash, saqlash, qadoqlash va isteʼmolchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay boʻlgan mahsulotlarning qishloq xoʻjaligida yetishtirilishi mahsulot bozoriga xizmat koʻrsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tayyorlov va sotuv kanallari quyidagilardir:
1.Ishlab chiqaruvchilar – Davlat – Isteʼmolchilar;
2. Ishlab chiqaruvchilar – Dehqon bozori – Isteʼmolchilar;
3. Ishlab chiqaruvchilar – Xususiy tadbirkorlar – Dehqon bozori – Isteʼmolchilar;
4. Ishlab chiqaruvchilar – Vositachilar – Tovar xom ashyo birjalari – Ulgurji (xususiy) tayyorlov tashkilotlari – Chakana savdo – Isteʼmolchilar;
5. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Ulgurji savdo korxonalari – Chakana savdo – Isteʼmolchilar;
6. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Chakana savdo – Isteʼmolchilar.
Dehqon bozorlarida xaridor va sotuvchilarning erkinliklarini taʼminlagan holda, oʻz moddiy-texnika bazasiga (shu jumladan oʻz transporti, saqlash omborxonalari, muzlatgichlari, yopiq vitrinalari) ega boʻlgan tayyorlov guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bu qilinadigan xarajatlar tez orada oʻzini qoplaydi. Chunki ayni paytda koʻpchilik savdogarlar mahsulot qoldiqlarini kun yakunida uylariga olib borib, ertangi kunda qaytib bozorga olib keladilar. Yirik shaharlarda toʻla infratuzilma xizmatlari majmuiga ega boʻlgan ulgurji qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bozorini tashkil etilishi va ularning oʻzlari mahsulot tayyorlash, saqlash hamda ulgurji (yoki chakana) savdo bilash shugʻullanishlari yuqori samara berishi mumkin. Bunday bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qadoqlash, navlarga ajratish va nostandart tovarlarni qayta ishlashini yoʻlga qoʻyishi ularning samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhim qadoqlash natijasida mahsulotning qayta ishlash va saqlanishi qulaylashadi. Mazkur bozordagi mahsulotni qayta ishlash va boshqa chiqindilarni chorvachilik fermerlariga sotish yoki bozorning yonida oʻz chorvachilik yordamchi xoʻjaliklarini tashkil qilish ham ijobiy samara berishi muqarrardir.
Dunyo mamlakatlarining ilgʻor tajribasi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining realizatsiyasini ulgurji savdo birlarida tuziladigan fyuchers va boshqa shartnomalar orqali amalga oshirilishi samaraliroqligini koʻrsatmoqda. Bizning mamlakatimizda tovar xom ashyo birjalarida tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotuv hajmlari yil sayin oʻsib bormoqda.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling