1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi


Download 29.84 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi29.84 Kb.
#1763376
Bog'liq
Olimpiada tarix 10-sinf



1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi.
1.Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan?
1)Amir Temur davlati ;2)Turkiya;3)Oltin o’rda;4)Xitoy;5)Iroq;6)Sivas
A)1,2,3,6 B)2,3,5 C)1,4,6 D)2,3,6
2. Quyidagilardan qaysi biri Rimdagi Xalq majlisi vakolatlariga kirmaydi?
A) Barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlash B) Yangi qonunlarni tasdiqlash
C) Sulh tuzish D) Armiyaga, inshootlarga mablag‘ ajratish
3.Hindistonda Boburiylar davridda qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketgan?
A)Matematika,tibbiyot B)Astronomiya,matematika
C)Tibbiyot,astronomiya D)Matematika,geografiya
4. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari, ta’lim muassasalarini kimlar boshqargan edi?
A) Qozilar B) Raislar C) Ruhoniylar D) Muftiylar
5. Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping.
A) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi
B) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi
C) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi.
D) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng
6. Quyidagi qaysi tarixiy voqelik O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanishiga asos bo‘lgan?
A) «Turkiston viloyatining gazetasi» chiqa boshlashi
B) «Taraqqiy» gazetasining birinchi soni chiqishi
C) Ilk bosma to‘plam «Taqvim»ning chop etilishi
D) «Tarjimon» jurnalining chop etilishi
7. Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping.
A) demobilizatsiya B) anneksiya C) irredentizm D) ekspansiya
8. Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘lgan siyosiy vaziyatni aniqlang.
A) Turk xoqonligining ikkiga bo‘linib ketishi
B) Eftallar bilan to‘qnashuvning muqarrarligi
C) Sosoniylar va Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarining manfaatliligi
D) Bu davlatlar o‘rtasida diniy yaqinlikning mavjudligi
9. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon qilingan?
A) 12 yil B) 8 yil C) 10 yil D) 11 yil
10. Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang.
A) Burhoniddin al-Marg‘inoniy B) Imom al-Buxoriy
C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy

2-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi

11. Noto’g’ri hukmni aniqlang:


A)Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi pokiston hududiga ko’chiriladi;
B)Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko’chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi;
C)Miloddan avvalgi 71-yilning kuzida ro’y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi,uning o’zi esa asr olindi;
D)Xitoyda qog’oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo’shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylanadilar.
12.Saljuqiylarda feudal davlat uzil-kesil shakllangan davrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A)Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabtlari buzildi;
B)Oltin o’rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishdi;
C)Silla qirolligining oltin davri boshlandi;
D)Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati o’rnatildi.
13. Qayerda qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham o‘lim jazosi belgilagan (a), qayerda sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilar edi? (b)
A) a-Afina, b-Xiva xonligi B) a-Afina, b-Buxoro amirligi
C) a-Sparta, b-Xiva xonligi D) a-Afina, b-Qo‘qon xonligi
14….da nashr qilingan antic davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a),va mashhur rassomlar,haykaltaroshlar,memorlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b).
A)a-venetsiya,b-florensiya B)a-neapol,b-venetsiya
C)a-florensiya,b-venetsiya D)a-seviliya,b-venetsiya.
15. To’g’ri hukmlarni aniqlang:
1)Panteon ibodatxonasining shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan;2)Panteon so’zi lotinchadan”barcha Xudolar ibodatxonasi”degan ma’noni anglatadi;3)Panteon ibodatxonasi yorug’lik tushishiga qarab u o’z rangini oltin rangidan havorang yoki kulrangacha o’zgartirib,tuslanib turgan;4)Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri Kolizey bo’lgan.
A)2,4 B)1,2,4 C)2,3,4 D)1,4
16. O‘rta Yunonistoning ………… qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. 2-ming yillikda Attikaning …………. qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan
qal’a quradilar. A) janubi-sharqiy, shimoliy B) shimoli-sharqiy, g‘arbiy C) janubi-sharqiy, g‘arbiy D) janubi-g‘arbiy, sharqiy
17. “ Muhojirlar tarixi”, “Inson matonati” asarlarining muallifi kim?
A) So’fi Olloyor
B) Sa’diy Sheroziy
C) Dilshod Otin
D) Uvaysiy
18.Quyidagi qaysi davlatda qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun 5 ulug' ulamo tayinlanadigan bo’ldi?
A) Afg’oniston
B) Usmonlilar davlati
C) Eron
D) Xitoy
D)vazirlar,bosh kotiblar,devon munshiylari
19. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar
o‘qib turgan? A) Amir Muzaffar B) Doniyolbiy C) Amir Haydar D) Abdulahad
20. Qaysi davlatda parlament Kortes deb atalgan? A) Irlandiyada B) Italiyada C) Ispaniyada D) Gruziyada

3-qism: Har bir topshiriq 2,6 balldan baholanadi


21. Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining
oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: “… har tamonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush
tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?” Ushbu jumlalar qayerdan olingan?
A) Birinchi prezidentimizning 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida aytilgan gaplaridan
B) Birinchi prezidentimizning “Yuksak manaviyat – yengilmas kuch” asaridan
C) Birinchi prezidentimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asaridan
D) “O‘tkan kunlar” asaridan
22. “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Mulla Ali qori Qunduziy B) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy D) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon
23. O’tmishda hayvon terisidan kiyim o’rnida foydalanishga va go’shtini olovda pishirib yeyishga birinchi bo’lib qaysi turdagi odamlar qo’l urishgan?
A)kromanyon B)Neandertal C)Sinantrop D)Pitekantrop
24.XX asr boshida qaysi davlatda soliqlar maxsulot sifatida olinardi?
A) Italiya B) Afg’oniston C) Eron D)Yaponiya
25. Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi
B) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi C) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati D) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi
26. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko‘ra imperator qanday huquqlarni o‘ziga saqlab qoldi? 1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlatish; 3)
qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish; 5) soliqlar joriy
etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 3, 5, 6, 7 D) 2, 4, 6, 7
27. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston
o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi.
B) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar)
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi.
C) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan.
D) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llabquvvatlash aytilgan.
28. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) paxta maydonlarining kengaytirilishi B) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi
C) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi D) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi
29. Quyidagi qaysi inshoat XIX asr I choragida qurilgan?
A)Daxmayi shohon ansambli B)Xudoyorxon saroyi C)Xazrati imom majmuasi D)Xazrati kalon sohibzoda
30.Quyidagilardan qaysi asar o’zbek tiliga tarjima qilingan:
A)O’rta osiyo bo’ylab sayoxat B)Rossiyaning keying 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi
C)Esdaliklar D)Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari savdo-sotig’I va sanoati
Download 29.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling