1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi


Download 234.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.10.2023
Hajmi234.14 Kb.
#1709271
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ona tili 10-sinf



Olimpiada topshiriqlari (III viloyat bosqichi) 
Ona tili 10 sinf 
Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 
30.11.2022 09:30-10:30 
 
 
 
 
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
1. Quyidagi topishmoqlardan qaysi birida hisob so‘z mavjud? 
A) Guli to‘rtta yarim oy, Boshginangdan olar joy. 
B) O‘zi bitta, ko‘zi mingta 
C) Bir parcha patir, Olamga tatir 
D) To‘rtdir uning oyog‘i, Temir mixli tuyog‘i. Manzilga yetishtirar, Toshdan qattiq tuyog‘i. 
2. Qaysi iboraning ma’nosi xato izohlangan? 
A) Do‘ppisi yarimta – beparvo, beg‘am B) Qo‘yi mingga yetdi – juda boyib ketdi 
C) Qulog‘idan kun ko‘rinadi – juda ozg‘in D) Og‘ziga qatiq ivitgan – gapirmaydigan 
3. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qilmaydigan so‘z ishtirok etgan? 
A) hayron bo‘lmoq, lol bo‘lmoq, anqaymoq B) gavdali, norg‘ul, barzangi 
C) bahs, munozara, mubohasa D) o‘zga, begona, yod 
4. O‘jaki biram chiroyli, katta. Ertaga o‘viz pishiramiz. Sen o‘vizni yaxshi ko‘rasanmi? 
Ushbu parchada qaysi hudud shevasiga xos so‘zlar ishtirok etgan? 
A) Xorazm B) Namangan 
C) Andijon D) Toshkent 
5. Quyidagi qaysi gapda chakki so‘zi boshqalariga nisbatan shakldosh. 
A) Bu yerda uning turmushi chakki bo‘lmadi. 
B) Chakki yursang, dakki yeysan. 
C) Chakki o‘tgan eski tomga o‘xshayman, ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay. 
D) Bu kishini chakki umidvor qilibsiz. 
6. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga ayiruv bog‘lovchisini qo‘yish mumkin? 
A) O‘rtoqlarim . . . men uloqning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz.
B) Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo‘la sindirishga urinibdi, . . . hech biri buning uddasidan chiqa 
olmabdi.
C) O‘zi balo tog‘ining . . . ofat bulog‘ining boshida o‘ltirarmish, kun-u tun, yoz ham qish.
D) O‘ktam u yoq-bu yoqqa asta yurar, «Komila bu yerda biron ishga . . . majlisga o‘ralashib qolmasaydi», deb 
xavotirlanardi.

Download 234.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling